Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1889
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2019
Hujjat 03.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASINING APELLATSIYA KENGAShIGA APELLATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPShIRISh HAMDA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2003-yil 11-noyabrdagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalarni topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2003-yil 24-dekabr, roʻyxat raqami 1293) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor B.A. AMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi boshligʻining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga (bundan keyingi oʻrinlarda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Apellatsiya kengashiga topshiriladigan apellatsiyalar va arizalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Apellatsiya kengashiga quyidagi apellatsiyalar topshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (bundan keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb yuritiladi):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, seleksiya yutugʻi, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish toʻgʻrisida yoki muhofaza berishni rad etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga patent berilishiga qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilishiga qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi patentlarining haqiqiyligiga qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun guvohnomaning, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) belgini Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishiga qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun hamda tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Apellatsiya kengashiga Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi) topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 2-bandida nazarda tutilgan ariza oʻz tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb hisoblagan shaxs tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Apellatsiyalar va arizalarni topshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoidalarning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bogʻliq harakatlarni koʻrsatilgan shaxslar shaxsan oʻzlari yoki vakillari, shu jumladan Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari yoki ularning vakillari basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, apellatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bogʻliq harakatlarni, shu jumladan Apellatsiya kengashi yigʻilishlarida qatnashishni oʻz vakillari, shuningdek Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakilning, tegishli hollarda patent vakilining vakolatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan va vakolatlarning hajmi koʻrsatilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Apellatsiya yoki ariza ixtiyoriy shaklda tuziladi va umumiy qabul qilingan texnika vositalarida (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolarda) bosilgan koʻrinishda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Apellatsiya yoki arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) apellatsiya yoki ariza bergan yuridik shaxslar uchun — uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili) va boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaning raqami yoki apellatsiya oid boʻlgan obyektga berilgan muhofaza hujjatining, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan arizada tovar belgisiga guvohnomaning yoki uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan talabnomaning roʻyxat raqami koʻrsatiladi. Ariza Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgiga oid boʻlsa, arizaga “Tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2002-yil 1-noyabr, roʻyxat raqami 1184) muvofiq tayyorlangan tovar belgisi namunasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ustidan shikoyat berilgan qarorning qonunga zidligi, patent, guvohnoma berilganligi yoki huquqiy muhofaza berilganligi qonunga zidligining asosi, apellatsiya beruvchi shaxsning barcha sabab va dalillari, taklif etilgan obyektning unga qarshi quyilgan barcha obyektlar bilan taqqoslangan tahlilini (muhofaza hujjati berish rad etilganda) apellatsiya oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “g”“z” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalarga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan holda, ular patent, guvohnoma yoki huquqiy muhofaza berishni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb tan olish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan sabablarni oʻzgartirmasligi yuzasidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “i” kichik bandida keltirilgan apellatsiya va/yoki unga ilova qilingan materiallar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jugʻrofiy obyektga xos boʻlgan shartlarning yoʻqolganligi haqida va/yoki Oʻzbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarish imkoni yoʻqligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el yuridik shaxslari yoki chet el fuqarolari tomonidan tovar kelib chiqqan mamlakatda ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquq yoʻqotilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar Oʻzbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni yoʻqotganligi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan ariza va unga ilova qilinadigan materiallar tovar belgisining hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilganligini tasdiqlaydigan aniq maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak. Quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar shunday materiallar sifatida taqdim etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida keng foydalanilgani haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisidan foydalanilgan holda tovarlar realizatsiya qilingan aholi punktlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tovarlar realizatsiyasining hajmi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka va koʻrgazmalarda tovar belgisidan foydalanilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar reklamasi va taqdimotini ham hisobga olgan holda, tovar belgisidan foydalanish usuli haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar isteʼmolchilarining oʻrtacha yillik soni haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi mashhur boʻlgan mamlakatlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi belgilagan tavsiyanomalarni hisobga olgan holda, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot tomonidan tovar isteʼmolchilari orasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisidan uzoq vaqt davomida, uzluksiz, keng va katta hajmda foydalanilganligi isboti sifatida mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va jamiyatlarning xulosalari (maʼlumotnomalari), deklaratsiyalar, sifat sertifikatlari va shu kabi hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada tovar belgisidan foydalanish qaysi sanadan boshlangani va ariza bergan shaxs qaysi sanadan boshlab oʻz tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi sifatida eʼtirof etganligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning apellatsiya yoki ariza mohiyati boʻyicha aniq bayon qilingan talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya yoki ariza apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoxud uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan apellatsiya yoki ariza tashkilot rahbari yoki belgilangan tartibda vakolatga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi, imzo yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo chekayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Apellatsiya bitta ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga talabnoma yoki tovar belgisiga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaga yoxud bitta muhofazalanadigan obyekt — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻiga, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 2-bandida koʻzda tutilgan ariza ham bitta tovar belgisiga taalluqli boʻlishi kerak. Apellatsiya materiallari ikki nusxada topshiriladi, faqat ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan apellatsiyalar va 2-bandida koʻzda tutilgan arizalar bundan mustasno ravishda bir nusxada topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qoidalarning 1-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan apellatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda), “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda), “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda), “Integral mikrosxemalar topologiyasining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 87-modda) qonunlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Apellatsiya yoki arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 151-modda) muvofiq belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinmagan taqdirda, apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Apellatsiya yoki ariza oʻzbek yoki rus tillarida topshiriladi. Barcha qoʻshimcha materiallar, shu jumladan texnik hujjatlar oʻzbek yoki rus tillarida ikki nusxada topshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar boshqa tilda topshirilgan boʻlsa, apellatsiya yoki ariza bergan shaxs uch oy muddat ichida ushbu materiallarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasini taqdim etishi lozim. Tarjima taqdim qilinmagan taqdirda, ushbu materiallar apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Apellatsiyalar va arizalarni roʻyxatga olish hamda qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Patent idorasiga kelib tushgan apellatsiya roʻyxatga olinadi va unga roʻyxat raqami beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar apellatsiya ushbu Qoidalarning 2-boʻlimida nazarda tutilgan shartlarga javob bersa, Apellatsiya kengashiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran un kunlik muddat ichida apellatsiya bergan shaxsga apellatsiya koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarning 1-bandi “b”“i” kichik bandlarida koʻzda tutilgan apellatsiyalar Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkazilgunga qadar oʻz mulohazalarini taqdim etishi haqidagi taklif bilan apellatsiya bergan shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar apellatsiya mazkur Qoidalarning 2-boʻlimida belgilangan shartlar inobatga olinmasdan topshirilgan boʻlsa, apellatsiya bergan shaxsga apellatsiyani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni uch oy muddat ichida taqdim etish taklifi bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada talab qilingan maʼlumotlar koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa, apellatsiya boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqda apellatsiya bergan shaxsga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Apellatsiya bergan shaxs koʻrib chiqishning istalgan bosqichida apellatsiyani chaqirib olishi mumkin. Bu holda, apellatsiya boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻilishdan oʻn kun avval tomonlarga Apellatsiya kengashi yigʻilishining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqidagi bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Qoidalarning 12—16-bandlarida belgilangan tartib Apellatsiya kengashiga topshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarga nisbatan ham qoʻllaniladi, 14-bandning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Apellatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellatsiyalar quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran ikki oy mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining foydali modelga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining seleksiya yutugʻiga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar, agar qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish zarurati tugʻilmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran toʻrt oy mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisidagi yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish toʻgʻrisidagi yoki muhofaza berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalar topologiyasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi uchun guvohnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib chiqqan joy nomlari roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kelib tushgan sanasidan eʼtiboran olti oy mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻiga patent berilishiga qarshi apellatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar, agar qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish zaruriyati tugʻilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarining Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar Apellatsiya kengashi tomonidan ushbu arizalar kelib tushgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Apellatsiya kengashi yigʻilishini oʻtkazish sanasi tayinlanganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan tomonlar yigʻilish sanasini olti oydan oshmagan muddatga koʻchirish haqida asoslangan rasmiy iltimosnoma bilan Apellatsiya kengashiga murojaat etishlari mumkin. Bu holda, apellatsiyani koʻrib chiqishning belgilangan muddatlari oʻtishi Apellatsiya kengashi yigʻilishini oʻtkazishning yangi sanasigacha toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muddatlar yigʻilish oʻtkazishning aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatilishi bilan barcha oʻtib ketmagan muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatiladi. Ish boʻyicha ish yuritish barcha zarur maʼlumotlar va/yoki materiallar olinmagunga qadar, shuningdek ularsiz apellatsiya toʻliq va obyektiv koʻrilishi mumkin boʻlmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar toʻxtatib turiladi. Ish boʻyicha ish yuritish tiklangan kundan boshlab muddatlarning oʻtishi davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Apellatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish tarkibida kamida uchta aʼzosi, jumladan raislik qiluvchisi boʻlgan Apellatsiya kengashi yigʻilishida amalga oshiriladi. Zarur hollarda, Apellatsiya kengashiga mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqishda apellatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoxud jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqishda qatnashish huquqi boʻlgan va Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va joyi haqida xabardor qilingan istalgan shaxsning kelmay qolishi ishni koʻrib chiqishga toʻsiq boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi ishni koʻrib chiqishda qatnashish huquqi boʻlgan shaxslardan birortasi kelmaganligi oqibatida ushbu yigʻilishda ishni koʻrib chiqish imkoniyati yoʻqligini inobatga olib, kengash yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani boshqa kunga koʻchirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar Apellatsiya kengashining istalgan aʼzosiga yoki butun tarkibiga nisbatan asoslangan raddiya berishi mumkin. Raddiya ishning mohiyatini koʻrib chiqish boshlangunga qadar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raddiya Apellatsiya kengashi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Agar raddiya qanoatlantirilsa, apellatsiya yoki ariza boshqa tarkibda koʻrib chiqiladi. Ishni koʻrib chiqishda qatnashadigan shaxslar yigʻilishning yangi sanasi va vaqti haqida ushbu Qoidalarning 16-bandida belgilangan tartibda xabardor etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellatsiya kengashi bir shaxs yoki bir necha shaxsning bitta obyektga — muhofazalanayotgan yoki talabnoma berilgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bir necha apellatsiyalari koʻrib chiqishda ekanligini aniqlasa, tomonlarning roziligini olgan holda, bu apellatsiyalarni koʻrib chiqishni bitta yigʻilishda birlashtirishi mumkin. Apellatsiya kengashining qarori har bir ish boʻyicha alohida chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arizalar bir yoki bir necha shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa hamda ularda bitta tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi sifatida eʼtirof etish soʻralayotgan boʻlsa, Apellatsiya kengashi bir necha arizalarning koʻrib chiqilishini birlashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tomonlardan biri mazkur ish yurituvdan chiqib ketganda (apellatsiya yoki ariza bergan shaxsning vafot etishi, yuridik shaxsning tugatilishi, qayta tashkil etilishi va shu kabilar), Apellatsiya kengashi asoslangan ariza boʻyicha ushbu tomonni merosxoʻri yoki huquqiy vorislari bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik apellatsiya jarayonining istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishning mohiyatidan kelib chiqib, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar taqdim etishning zarurati paydo boʻlsa, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar uch oy ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar taqdim etuvchi tomonning rasmiy iltimosnomasiga koʻra, qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni taqdim etish muddati Apellatsiya kengashi tomonidan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Rasmiy iltimosnoma bilan soʻralgan maʼlumotlarga javob berish muddatini uzaytirish uchun uzaytirishning har bir oyi uchun belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Bu holda, apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish muddatlarining oʻtishi uzaytirish muddati davomida toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, rasmiy iltimosnoma berilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apellatsiya kengashi aʼzolari ish koʻrib chiqilishida va qaror qabul qilishda mustaqildirlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlari muhofazasi sohasidagi xalqaro shartnomalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisida”gi nizomga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqishda tijorat va xizmat sirlari oshkor etilishini oldini olish maqsadida, kengash ishtirokchilari istalgan birining rasmiy iltimosnomasi boʻyicha ishni koʻrib chiqish maxfiyligi haqida ajrim chiqaradi. Bu holda, kengash yigʻilishiga kiritilgan ishtirokchilarning hammasi Apellatsiya kengashida ishni koʻrib chiqish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻladigan tijorat va xizmat sirlaridan iborat boʻlgan aniq maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash haqida majburiyatni oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellatsiya kengashida ishni yuritish oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Ish yuritish olib boriladigan tilni tushunmaydigan shaxslarga materiallar bilan tarjimon orqali tanishish va Apellatsiya kengashi ishida qatnashish, shuningdek kengash yigʻilishida oʻzbek yoki rus tillarida soʻzga chiqish huquqi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi yigʻilishida yozib olish apparaturalaridan foydalanish kengash aʼzolarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqish raislik qiluvchining ishning mohiyatini bayon qiladigan maʼruzasi bilan boshlanadi. Ishni koʻrishning keyingi bosqichlari odatda quyidagilardan iborat boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs va/yoki uning vakili, shu jumladan patent vakilining soʻzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib ishga jalb qilingan ekspertning soʻzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning Apellatsiya kengashi aʼzolari va yigʻilish ishtirokchilarining savollariga javoblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldingi soʻzlangan nutqlarning toʻldirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellatsiya kengashi yigʻilishining bayonnomasi ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi yigʻilishining bayonnomasi raislik qiluvchi va Apellatsiya kengashi kotibi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ishni koʻrib chiqishda har bir tomon oʻz talablarining asosi sifatida keltirgan dalillarni isbotlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiyani koʻrib chiqishda isbot va dalillar tomonlar va boshqa ishtirokchilar tarafidan yozma ravishda taqdim qilinadi hamda nusxasi barcha ishtirokchilarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim qilingan isbotlar yetarli boʻlmasa, Apellatsiya kengashi tomonlar va apellatsiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga qoʻshimcha isbotlar taqdim etishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tomonlardan biri boshqa tomonning nuqtai nazari asosli va qonuniyligini yozma ravishda tan olgan hamda nizodan voz kechgan holda, Apellatsiya kengashi apellatsiya boʻyicha ish yuritishni toʻxtatadi. Apellatsiya kengashiga xuddi oʻsha tomonlar orasidagi oʻsha ish va oʻsha asoslar boʻyicha takroriy murojaat etish ushbu ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yangidan paydo boʻlgan holatlar aniqlanganda mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellatsiya kengashi apellatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellatsiyani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisida yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan holda, Apellatsiya kengashi bir vaqtning oʻzida ushbu roʻyxatdan oʻtkazilish bilan bogʻliq tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni muddatidan avval toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Apellatsiya kengashining qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza mohiyatini koʻrib chiqish tugagandan soʻng kengash aʼzolarining yopiq yigʻilishi natijasi boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Apellatsiya kengashining qarori raislik qiluvchi va nizoni koʻrib chiqishda qatnashgan Apellatsiya kengashining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tasdiqlangan sanadan eʼtiboran qabul qilingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qatnashgan shaxslar va Apellatsiya kengashi aʼzolari kengash yigʻilishida yoki Apellatsiya kengashi yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida yozma ravishda oʻzlarining alohida fikr-mulohazalarini bildirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Apellatsiya kengashi qarorining xulosa chiqarilgan qismini apellatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qatnashganlarga oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellatsiya kengashining qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda kirish, tavsiflash, asoslash va xulosa qismlaridan iborat boʻlib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kirish qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish raqami (roʻyxatga olish raqami) va apellatsiya yoki ariza topshirilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashining tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya yoki ariza topshirgan shaxsning va/yoki uning vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni koʻrib chiqishda qatnashgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tavsiflash qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs talablarining qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs mulohazasining qisqacha bayoni yoki davlat ekspertizasi vakilining tushuntirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiyada ishtirok etayotgan tomonlar va/yoki ularning vakillari tushuntirishlarining qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) asoslash qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoning Apellatsiya kengashi tomonidan aniqlangan jihatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning iltimosnomalari va isbotlarini Apellatsiya kengashi qabul qilishiga yoki rad etishiga sabab boʻlgan dalillar va faktlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xulosa qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan talablar boʻyicha ularni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida, qabul qilingan qaror ustidan shikoyatnoma berish muddatlari va tartibi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza boʻyicha ish jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida apellatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining qaroriga qarshi apellatsiyalarni topshirish uchun toʻlangan patent bojlari Apellatsiya kengashi tomonidan apellatsiya beruvchi foydasiga qaror chiqarilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent bojlari toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan tartibda ushbu shaxsga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.