Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ deb ataladi) Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻstlik” agrofirmasining 205 — 216; 381a — 388; 404 — 470 konturlardagi 500 gektar yer maydonlariga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasida erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin, qoʻshimcha 3 nafar shtat birligi ajratilsin, unga Maʼmuriy kengash ishchi organi funksiyalari yuklansin;
Oldingi tahrirga qarang.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining boshqaruv xodimlarining dastlabki soni 5 nafar boʻlgan direksiyasi tashkil etilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi toʻgʻrisidagi nizomning amal qilishi samaradorligi yuzasidan monitoring olib borsinlar hamda zarur boʻlganda “Navoiy” EIZ hududida xoʻjalik faoliyati yuritish amaliyotini hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida tezkorlik bilan takliflar kiritsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Navoiy” EIZ direksiyasi:
Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladigan yuridik shaxs hisoblanadi;
“Navoiy” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjetining bir qismi, xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Navoiy” EIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi va “Navoiy” EIZning qatnashchilari boʻlmagan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritadi;
investorlar bilan “Navoiy” EIZ hududiga investitsiya kiritish, “Navoiy” EIZ hududida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan yer uchastkalari ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzadi;
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi, natijalarini keyinchalik Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
“Navoiy” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Navoiy” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ direksiyasi deb ataladi) muassisi etib belgilansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
bir hafta muddatda — “Navoiy” EIIZ direksiyasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, uning shtatlar jadvalini hamda “Navoiy” EIIZ direksiyasini yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritsin;
ikki hafta muddatda — Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda “Navoiy” EIIZ direksiyasining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini hamda xorijiy va milliy valyutada bank hisob raqamlari ochilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Navoiy” EIIZ direksiyasining ustav fondini respublika budjetidan moliyalashtiriladigan 2008-yilgi Investitsiya dasturi boʻyicha tejalgan 4,89 mlrd soʻm miqdorida shakllantirsin, ularni maqsadli ravishda:
“Navoiy” EIIZ direksiyasi hududi atrofini perimetr boʻyicha xalqaro normalarga muvofiq toʻsiq bilan oʻrashga;
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, shu jumladan suv taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va kanalizatsiya kommunikatsiyalari keltirishga;
Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida “Navoiy” EIIZ direksiyasi taʼminotiga yoʻnaltirsin.
8. Belgilansinki:
xizmatlar koʻrsatish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflangan budjet mablagʻlarini qoplashga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
E-40 trassasidan “Navoiy” EIZ hududigacha (2,2 km) toʻrt polosali avtomobil yoʻli qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Navoiy” EIZ tashqi energiya taʼminoti obyektlari qurilishi “Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
9. Quyidagilar:
Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — toʻsiqlar va “Navoiy” EIIZ hududigacha muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi — “Navoiy” EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha bosh pudrat tashkiloti etib;
“OʻzshaharsozlikLITI” OAJ — “Navoiy” EIIZ, toʻsiqlar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bosh rejasini hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.
10. Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, “OʻzshaharsozlikLITI” OAJga va Zarafshon qurilish boshqarmasiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni va qurilish-montaj ishlarini bir paytda amalga oshirishga:
“Navoiy” EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha 2009-yil 1-martgacha;
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha 2009-yil 1-iyulgacha ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va ishlab chiqilishi ustidan arxitektura-ekspert kuzatuvini hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
11. Navoiy viloyati hokimligi “Navoiy” EIIZ hududida maʼmuriy bino foydalanishga topshirilgungacha boʻlgan davr uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasini Navoiy shahrida xizmat binolari bilan taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-yanvar,
21-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy” EIIZ deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hududining Karmana tumanidagi 205 — 216; 381a — 388; 404 — 470 konturlarga ega boʻlgan 500 gektarli yer uchastkasida joylashgan bir qismidir. Bu yerda maxsus huquqiy rejim, shu jumladan soliq, valyuta va bojxona rejimlari, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan fuqarolarning kirishi, boʻlishi va chiqib ketishining, shuningdek mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi;
“Navoiy” EIIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash deb ataladi) — Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Navoiy” EIIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan boshqarish funksiyasini amalga oshiradigan, davlat organlari vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
“Navoiy” EIIZ direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya deb ataladi) — “Navoiy” EIIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan Davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
investor — Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlovdan oʻtgan hamda “Navoiy” EIIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiradigan investitsiya faoliyati subyekti;
“Navoiy” EIIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan investor oʻrtasida tuziladigan, ularning huquqlari, majburiyati va javobgarligini belgilaydigan bitim;
“Navoiy” EIIZ hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchisi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ qatnashchisi deb ataladi) — belgilangan tartibda “Navoiy” EIIZ hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va Direksiya tomonidan “Navoiy” EIIZ hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilari reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
ijara shartnomasi — Direksiya bilan “Navoiy” EIIZ hududida faoliyatni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuziladigan “Navoiy” EIIZ hududida yer uchastkasi, binolar va inshootlar ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma;
“Navoiy” EIIZ hududidagi faoliyat — “Navoiy” EIIZ qatnashchisining “Navoiy” EIIZ hududi doirasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash, shuningdek ularni sotish boʻyicha xoʻjalik faoliyati.
3. Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologiya liniyalari va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardoshli mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish “Navoiy” EIIZ qatnashchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.
4. “Navoiy” EIIZ hududida davlat organlarining faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonida va uni ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, ushbu Nizomda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
5. “Navoiy” EIIZ hududida arxitektura va shaharsozlik faoliyati qurishning dastlabki rejasiga yoki “Navoiy” EIIZ Bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha-smeta hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishiladi.
6. “Navoiy” EIIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 (oʻttiz) yilni tashkil etadi. Ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan uzaytirilishi mumkin.
7. “Navoiy” EIIZ tashkil etilgan hudud “Navoiy” EIIZ mavjud boʻlishining butun davrida foydalanish va boshqarish uchun Maʼmuriy kengashga beriladi.
II. “Navoiy” EIIZni boshqarish tuzilmasi
8. “Navoiy” EIIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyasi Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy kengash toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Maʼmuriy kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
“Navoiy” EIIZda joylashtirish uchun investorlarni tanlaydi, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilaydi;
“Navoiy” EIIZ faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yer uchastkalarini, shuningdek davlat mulki boʻlgan binolar va inshootlar ijarasi qiymatini belgilaydi;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan “Navoiy” EIIZ ishlab chiqarish infratuzilmasi qurilishi loyihalarini tasdiqlaydi;
“Navoiy” EIIZ direksiyasi direktorini tayinlaydi, “Navoiy” EIIZ direksiyasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va uni nazorat qiladi, shuningdek “Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti va Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilib boradi;
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10. “Navoiy” EIIZ faoliyatini tezkor boshqarish yuridik shaxs maqomi bilan Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladigan Direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Direksiyaning ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. “Navoiy” EIIZ direksiyasi:
“Navoiy” EIIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ularning reyestrini yuritadi, ularga tegishli guvohnomalar beradi;
“Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmagan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini olib boradi;
“Navoiy” EIIZ hududida “Navoiy” EIIZ qatnashchilariga va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalarini subijaraga topshirish, ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berish, ijara huquqini garovga qoʻyish, ularni ulush sifatida ustav kapitaliga qoʻshish huquqisiz ijaraga beradi. “Navoiy” EIIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda oʻzgaga berish taqiqlanadi;
“Navoiy” EIIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi;
investorlar tomonidan oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi;
Maʼmuriy kengashning qarori asosida qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qiladi;
“Navoiy” EIIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni bajaradi.
12. “Navoiy” EIIZ direksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har yili tegishli moliyaviy yil uchun “Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Maʼmuriy kengashga taqdim etadi.
“Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti:
koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengashning foydalanishida va boshqaruvida boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
13. Maʼmuriy kengash “Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti doirasida “Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish huquqiga ega. Jamgʻarma mablagʻlari “Navoiy” EIIZ infratuzilmasini rivojlantirishga va uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarmani shakllantirish manbalari va undan foydalanish tartibi Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan “Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
14. “Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti mablagʻlaridan:
“Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etishda;
belgilangan tartibda “Navoiy” EIIZ direksiyasi taʼminotida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini moliyalashtirishda foydalaniladi.
15. Direksiyaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
III. “Navoiy” EIIZ hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish
16. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalari berish dastlabki qurilish rejasiga yoki “Navoiy” EIIZning Bosh rejasiga muvofiq shartnoma asosida Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari uchun ijara toʻlovi Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadi va ijara shartnomasi shartlarida alohida qayd etiladi.
17. “Navoiy” EIIZ qatnashchisiga beriladigan guvohnoma uning “Navoiy” EIIZ hududidagi faoliyatiga nisbatan alohida huquqiy rejim qoʻllanilishiga, shu jumladan soliq, valyuta va bojxona rejimi qoʻllanilishiga huquqlarining tasdigʻi hisoblanadi.
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchisiga u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin “Navoiy” EIIZ hududidagi faoliyatga tegishli qismi yuzasidan investitsiyalash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda mustahkamlangan majburiyatlar yuklanadi.
“Navoiy” EIIZ qatnashchisi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
19. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ustunliklar faqat Direksiya bilan tuziladigan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan “Navoiy” EIIZ qatnashchisi faoliyati turlariga joriy etiladi.
20. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Navoiy” EIIZ hududida faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
21. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining Oʻzbekiston Respublikasida “Navoiy” EIIZ hududidan tashqarida oʻz filiallarini tashkil etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
23. “Navoiy” EIIZ sohasidagi nizolar qonun hujjatlariga va investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq hal etiladi.
IV. “Navoiy” EIIZning maxsus huquqiy rejimi
24. Maxsus huquqiy rejimning, shu jumladan soliq, valyuta va bojxona rejimining amal qilishi faqat qatnashchilarning “Navoiy” EIIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyatiga tatbiq etiladi.
25. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ustunliklarning amal qilish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
26. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari “Navoiy” EIIZ hududiga olib kiriladigan, olib chiqiladigan, saqlanadigan, tayyorlanadigan, qayta ishlanadigan, sotib olinadigan va sotiladigan tovarlarning hisobini yuritishga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlariga ushbu tovarlar yuzasidan hisobot taqdim etishga majbur.
27. “Navoiy” EIIZ hududida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yoki moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq “Navoiy” EIIZ qatnashchisining tanlashi boʻyicha amalga oshiriladi.
28. “Navoiy” EIIZ hududida mavjud boʻlgan bojxona rejimi ostida joylashgan tovarlar bilan sodir etiladigan taqiqlangan operatsiyalar va ularga nisbatan maxsus bojxona rejimi tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadi.
29. “Navoiy” EIIZ hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
30. “Navoiy” EIIZ hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, chiqishi, boʻlishi va mehnatga yollanishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
31. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
V. “Navoiy” EIIZ faoliyatini toʻxtatish
32. “Navoiy” EIIZ faoliyati u tashkil etilgan muddat tamom boʻlgandan keyin toʻxtatilishi mumkin.
33. “Navoiy” EIIZ faoliyatining muddatidan oldin toʻxtatilishiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash zarur boʻlganda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
34. “Navoiy” EIIZ faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 40-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 08.08.2018-y., 09/18/629/1635-son)