Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015 23.09.2008 yildagi PQ-962-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-962-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ–962-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport, transport kommunikatsiyalari hamda xalqaro logistika, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, respublikaning tranzit potensialini oshirish va transport-kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash maqsadida yangi transport yo‘nalishlari (yo‘laklari)ni ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandining o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, eksport-importni litsenziyalash, eksport kontraktlarni ro‘yxatga olish va import kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish, boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni ro‘yxatga va hisobga olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik bandi quyidagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsion takliflarning yagona bazasini shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati nomidan xorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda investitsiya shartnomalarini tuzadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e) unga yuklangan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 393-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)