17.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1838
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 17.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1838
Кучга кириш санаси
27.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2013
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-872-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Mazkur Nizom, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-872-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq, ko‘rsatib o‘tilgan qaror bilan berilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar imtiyoz davrida hisoblangan va olingan yuqorida sanab o‘tilgan daromadlarga tatbiq etiladi.
6. Ushbu Nizom 5-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan satrlar Daromad summasi va ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining jami summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi. Bunda, yuridik shaxslar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobiga bu ma’lumotnomaning nusxalarini ilova qiladi.