Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
Qarori
“2008 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-avgustda 1748-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2008-yil 10-noyabrdagi 4-sonli “2009-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1880, 13.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-sonli “Yoshlarni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishini, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2007-yil 9-noyabrdagi 18-sonli “2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1748, 2007-yil 15-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 529-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-iyul,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2008-yil 21-iyuldagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 147, 148, 150-son ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 5-son ilovalariga* muvofiq 196, 197, 197/1, 198 va 198/1-son ilovalar bilan toʻldirilsin.
*1 — 5-ilovalar berilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 339-modda)