OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
QARORI
2008 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 15-dekabrda 1748-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2008-yil 10-noyabrdagi 4-sonli “2009-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1880, 13.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2008-yil uchun Davlat statistika hisoboti shakllari 1—195-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1— 195 ilovalar berilmaydi.
2. Mazkur Qaror bilan tasdiqlanayotgan davlat statistika hisobotlarining yillik shakllari — 2007-yil uchun hisobotdan boshlab, joriy hisobot shakllari — 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
3. Davlat statistika qoʻmitasining quyidagi qarorlari 2008-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
“Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat statistika hisobotlari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2006-yil 1-dekabrdagi 12-sonli);
“Qishloq xoʻjaligi va ekologiya boʻyicha davlat statistika hisobotlari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2006-yil 1-dekabrdagi 13-sonli);
“Mikrofirma va kichik korxonalar uchun davlat statistika hisobotlari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2006-yil 1-dekabrdagi 14-sonli);
“Ijtimoiy soha boʻyicha davlat statistika hisobotlari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2006-yil 1-dekabrdagi 15-sonli).
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-noyabr,
18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 529-modda)