Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018 30.07.2008 yildagi PQ-928-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018
Hujjat 09.09.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY-IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZINI PROGNOZLAShTIRISh VA MAKROIQTISODIY TADQIQOTLAR INSTITUTI ETIB QAYTA TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3752-sonli “Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chuqur makroiqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognoz qilish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini asoslash, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va uni tarkibiy jihatdan oʻzgartirishni asoslash uchun negiz boʻlib xizmat qiladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognoz qilishning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish va takliflar ishlab chiqish, uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikka erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti etib qayta tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining ilmiy va amaliy faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish vazifalari bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan uzviy bogʻliq holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni chuqur tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini va milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatadigan tashqi omillarni oʻrganish, uning asosida mamlakatni mutanosib hamda barqaror makroiqtisodiy rivojlantirishning moslashuvchan modeli, mexanizmlari va prognozlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10 yil) koʻp variantli prognozlarini shakllantirish, mazkur prognozlar doirasida uzoq muddatli makroiqtisodiy mutanosiblikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ularning oʻsish surʼatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirish, soliq, budjet hamda kredit siyosatini takomillashtirish, pul muomalasini mustahkamlash, inflatsiyaga qarshi ishlarni tartibga solishning samarali mexanizmini joriy etish, milliy valyuta barqarorligini taʼminlash boʻyicha tendensiyalarni tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududiy nomutanosibliklarni, ularni belgilab beruvchi omillarni teran tahlil qilish, buning asosida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va har tomonlama chuqur rivojlantirishning muhim yoʻnalishi sifatida tarkibiy qayta qurish, uning barqarorligi hamda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, investitsiyaviy siyosatning ustuvorliklarini asoslash, yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi demografik jarayonlarni tadqiq hamda prognoz qilish, mehnat bozori muvozanatlashuvini tahlil etish va aholining oqilona bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, koʻp variantli makroiqtisodiy prognozlarning ijtimoiy oqibatlari va natijalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy maʼruzalar va prognozlar tayyorlash, makroiqtisodiy tadqiqotlar natijalari va prognozlarni, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish boʻyicha yondashuvlar va uning mexanizmlarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy maqolalarda, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni, manfaatdor xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarni jalb etgan holda keng muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tadqiqotlarining eng muhim funksional yoʻnalishlari boʻyicha shakllantiriladigan loyihalar Institutning asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot loyihalariga ilmiy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlov asosida tayinlanadigan loyiha rahbarlari boshchilik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq, loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan bir yilga moʻljallangan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuziladi, ularda mavzu, maqsad, vazifalar va loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda Institut ilmiy kengashi majlislarida tinglab boriladi, ilmiy kengash yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari va sifatiga baho beradi hamda loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha tugatilayotgan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining umumiy cheklangan xodimlar soni 146 kishidan, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 109 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Nizomi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, belgilangan xodimlarning cheklangan soni doirasida tasdiqlangan Institut tuzilmasiga zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarga milliy ekspertlar sifatida kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari, idoralar, banklar, tadqiqot markazlari xodimlarini, olimlar va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish uchun boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, fondlar, universitetlar bilan, jumladan, xalqaro va xorijiy muassasalar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi muammolari boʻyicha axborot-tahliliy sharh va maʼruzalar chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklatilgan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur boʻlgan barcha normativ, statistik va tahliliy axborotlarni soʻrash hamda bepul olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutning asosiy moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani joriy taʼminlash va rivojlantirishga, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan, xorijiy nashrlarga obuna boʻlishni tashkil etish hamda Institutning boshqa ehtiyojlari uchun maqsadli budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtmalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun ular ajratadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institutning daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan uskunalar, kompyuter hamda telekommunikatsiya tizimlari, dasturiy taʼminlash vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar esa Institutning nizom faoliyatini bajarishga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yoʻriqnoma tarzidagi hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik axborot byulletenlari yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning boʻlinmalari makroiqtisodiy tahlil va prognozlash koʻnikmalariga ega boʻlgan, respublikada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan kontrakt asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahar, A. Qayumov koʻchasi, 2-uy va Gʻulomov koʻchasi, 1-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-928
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 310-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)