Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2008 02.08.2005 yildagi PQ-143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIY TADQIQOTLARNI TAShKIL QILIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-928-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazini Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va oʻtkazilayotgan iqtisodiy tadqiqotlarning amaliy yoʻnalishini kuchaytirish, ularni iqtisodiyotni isloh qilish hamda erkinlashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari va maqsadli vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni prognoz qilishning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining tugatilayotgan Markazlar — Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi, Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markazi, Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi, Bank-moliya tizimi rivojlanishini prognozlash va erkinlashtirish instituti negizida Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi (bundan buyon matnda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, mineral-xomashyo, yoqilgʻi-energetika va yer-suv resurslarini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha chuqur tahlil qilish, takliflar ishlab chiqish va prognozlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy parametrlar va proporsiyalarni tizimli tahlil qilish, koʻp variantli uzoq va oʻrta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish, yigʻma qiymat balanslari tizimini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotda toʻlov va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, turli darajadagi budjetlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni maqbullashtirish, soliq maʼmuriyatchiligining ilgʻor usullarini amaliyotga joriy etish jarayonlarini tahlil etish va takliflar ishlab chiqish, shuningdek pul muomalasini mustahkamlash, soliq, budjet va kredit siyosatini, inflatsiyani jilovlash mexanizmini takomillashtirish, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududiy proporsiyalarni chuqur tahlil etish, shu asosda iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va ularni belgilovchi omillar, raqobat muhitini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini asoslab berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila isteʼmol budjetini belgilovchi omillarni tadqiq etish, daromadlar va xarajatlar, real ish haqi manbalarini shakllantirish hamda aholi farovonligini oshirish sohasida ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish borasida chuqur asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik jarayonlarni tadqiq qilish, oqilona bandlikni va mintaqalar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarni asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hisob va hisobot tizimini joriy etish, milliy hisobvaraqlar tizimini takomillashtirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tadqiqotlarining 2-bandda koʻrsatilgan eng muhim funksional yoʻnalishlari boʻyicha shakllantiriladigan loyihalar Markazning asosiy tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot loyihalariga ilmiy ishlarda tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislardan tanlov asosida tayinlanadigan loyiha rahbarlari boshchilik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash qaroriga binoan loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq bir yilga mehnat shartnomasi (kontraktlar) tuziladi, ularda loyiha temasi, maqsadi, vazifalari va uni amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha rahbarlarining hisobotlari Ilmiy kengash majlislarida muntazam tinglab boriladi, kengash yil yakunlariga koʻra oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari va sifatiga baho beradi hamda loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy cheklangan xodimlar soni 166 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 130 nafar boʻlgan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bilan kelishilgan holda zarurat tugʻilganda Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz direktori Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarga tarmoq ekspertlari sifatida kontrakt asosida davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklarning mutaxassislarini, tadqiqot markazlari xodimlarini, oliy oʻquv yurtlari, shu jumladan chet el oliy oʻquv yurtlarining olimlari va oʻqituvchilarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ilmiy tadqiqot tashkilotlari, jamgʻarmalar, universitetlar, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, universitetlar bilan qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazishga shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish muammolari boʻyicha axborot-tahliliy sharh va maʼlumotnomalar chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik va tahliliy axborotlarni talab qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PQ–480-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 395-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli budjet mablagʻlari, vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtmanomalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishga ular tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida Markazning oʻz faoliyatidan oladigan daromadlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz daromadlari soliqqa tortish obyekti emasligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning normativ va yoʻriqnoma hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasining statistik axborotnomalari yuborilishi shart boʻlgan roʻyxatga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda Markazning lavozimlar roʻyxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markaz boʻlinmalari respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan kontrakt asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi, Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markazi, Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi, Bank-moliya tizimi rivojlanishini prognozlash va erkinlashtirish institutining shartnomalari hamda majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, A. Qayumov koʻchasi, 2, mazkur bino Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki balansidan Markaz balansiga bepul oʻtkaziladi, Gʻulomov koʻchasi, 1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-sonli qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Bank-moliya sohasidagi tadqiqotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 18-noyabrdagi 398-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–143-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 226-modda; 2006-y., 40-son, 395-modda)