Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018 30.07.2008 yildagi PQ-928-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY-IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZINI PROGNOZLAShTIRISh VA MAKROIQTISODIY TADQIQOTLAR INSTITUTI ETIB QAYTA TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3752-sonli “Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chuqur makroiqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognoz qilish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini asoslash, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va uni tarkibiy jihatdan o‘zgartirishni asoslash uchun negiz bo‘lib xizmat qiladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognoz qilishning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish va takliflar ishlab chiqish, uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikka erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti etib qayta tashkil qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan uzviy bog‘liq holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini va milliy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarni o‘rganish, uning asosida mamlakatni mutanosib hamda barqaror makroiqtisodiy rivojlantirishning moslashuvchan modeli, mexanizmlari va prognozlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10 yil) ko‘p variantli prognozlarini shakllantirish, mazkur prognozlar doirasida uzoq muddatli makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlashga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning o‘sish sur’atlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirish, soliq, budjet hamda kredit siyosatini takomillashtirish, pul muomalasini mustahkamlash, inflatsiyaga qarshi ishlarni tartibga solishning samarali mexanizmini joriy etish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tendensiyalarni tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududiy nomutanosibliklarni, ularni belgilab beruvchi omillarni teran tahlil qilish, buning asosida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va har tomonlama chuqur rivojlantirishning muhim yo‘nalishi sifatida tarkibiy qayta qurish, uning barqarorligi hamda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, investitsiyaviy siyosatning ustuvorliklarini asoslash, yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi demografik jarayonlarni tadqiq hamda prognoz qilish, mehnat bozori muvozanatlashuvini tahlil etish va aholining oqilona bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ko‘p variantli makroiqtisodiy prognozlarning ijtimoiy oqibatlari va natijalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy ma’ruzalar va prognozlar tayyorlash, makroiqtisodiy tadqiqotlar natijalari va prognozlarni, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha yondashuvlar va uning mexanizmlarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy maqolalarda, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni, manfaatdor xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarni jalb etgan holda keng muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tadqiqotlarining eng muhim funksional yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan loyihalar Institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot loyihalariga ilmiy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlov asosida tayinlanadigan loyiha rahbarlari boshchilik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq, loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan bir yilga mo‘ljallangan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuziladi, ularda mavzu, maqsad, vazifalar va loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda Institut ilmiy kengashi majlislarida tinglab boriladi, ilmiy kengash yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va sifatiga baho beradi hamda loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha tugatilayotgan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining umumiy cheklangan xodimlar soni 146 kishidan, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 109 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Nizomi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda, belgilangan xodimlarning cheklangan soni doirasida tasdiqlangan Institut tuzilmasiga zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarga milliy ekspertlar sifatida kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari, idoralar, banklar, tadqiqot markazlari xodimlarini, olimlar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, fondlar, universitetlar bilan, jumladan, xalqaro va xorijiy muassasalar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy sharh va ma’ruzalar chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklatilgan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur bo‘lgan barcha normativ, statistik va tahliliy axborotlarni so‘rash hamda bepul olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutning asosiy moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani joriy ta’minlash va rivojlantirishga, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan, xorijiy nashrlarga obuna bo‘lishni tashkil etish hamda Institutning boshqa ehtiyojlari uchun maqsadli budjet mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtmalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun ular ajratadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institutning daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan uskunalar, kompyuter hamda telekommunikatsiya tizimlari, dasturiy ta’minlash vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar esa Institutning nizom faoliyatini bajarishga yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yo‘riqnoma tarzidagi hujjatlari yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik axborot byulletenlari yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bo‘linmalari makroiqtisodiy tahlil va prognozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, respublikada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan kontrakt asosida to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahar, A. Qayumov ko‘chasi, 2-uy va G‘ulomov ko‘chasi, 1-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-928
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 310-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)