Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1, 2 baravar oshirilganligini hisobga olgan holda 1 — 3-ilovalarga muvofiq 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
2. Quyidagilar:
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
maxsus komissiyaning huquqlari va masʼuliyati, uning majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibi;
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibi;
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish tartibini va buning uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyati;
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boshqa masalalar belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini;
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ularda:
pedagog xodimlar kasb malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini taʼminlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagogning yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining malaka darajasi yomonlashgan taqdirda belgilangan lavozimni yoki toifani pasaytirish;
pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra lavozimni yoki malaka toifasini oshirish (pasaytirish);
oʻqituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash;
lavozimga tayinlash yoki malaka toifasi berish uchun zarur boʻlgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
2008-yil 1-sentabrgacha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
har bir yil yakunlariga koʻra, ochiqlik va oshkoralik shartlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash darajasi, ularni ishga joylashtirish yoki ularning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi boʻyicha reyting baholanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2008-2009-yillar mobaynida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda uning natijalariga koʻra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va baʼzilari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
| | | |
(soʻm) |
| T/r | Nomi | Akademik litsey oʻqituvchisi | Kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi |
| 1. | Bosh oʻqituvchi | 218690 | 206578 |
| 2. | Yetakchi oʻqituvchi | 206578 | 194649 |
| 3. | Katta oʻqituvchi | 194649 | 182266 |
| 4. | Oliy maʼlumotli oʻqituvchi | 182266 | 170179 |
| 5. | Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi | 170179 | 159003 |
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Kasb-hunar kollejlarining birinchi malaka toifasiga, ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va malaka toifasiga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishli ravishda kasb-hunar kollejlarining katta oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi va oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 224-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshqa pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
| | | | | | | (soʻm) |
| T/r | Lavozimlar nomi | Tarif stavkalari miqdorlari: | ||||
| oliy malaka toifali | birinchi malaka toifali | ikkinchi malaka toifali | oliy maʼlumotli | oʻrta maxsus maʼlumotli | ||
| 1. | Madaniyat va sanʼat akademik litseylari hamda kasb-hunar kollejlari konsertmeysterlari | 182266 | 170179 | 159003 | 147891 | 137176 |
| 2. | Olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisi | 162934 | 152162 | 142274 | 132447 | 122967 |
| 4. | Akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarining psixologi, tarbiyachisi | 153427 | 142743 | 132440 | 122545 | 113057 |
| 5. | Sport kolleji trener-oʻqituvchisi, olimpiya zaxiralari kolleji instruktor-metodisti | 143602 | 134144 | 125545 | 117002 | 108758 |
| 6. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻgarak rahbari | x | 128705 | 118408 | 108518 | 99065 |
| 7. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining konsertmeysterlari | 125545 | 117002 | 108758 | 100841 | 93244 |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari MIQDORLARI
| | | | | |
(soʻm) |
| T/r | Lavozimlar nomi | Tarif stavkalari miqdorlari | |||
| I guruh | II guruh | III guruh | IV guruh | ||
| 1. | Direktor | 340754 | 323264 | 306166 | 289209 |
| 2. | Direktorning oʻquv ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari | 323264 | 306166 | 289209 | 272509 |
| 3. | Chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari | 218690 | 206578 | 194649 | 182266 |
| 4. | Jismoniy tayyorgarlik rahbari | 182266 | 170179 | 159003 | 147891 |
| 5. | Kasb-hunar kollejining katta ustasi | 161101 | 150146 | 139410 | 128705 |
| 6. | Kasb-hunar kolleji oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri | 118408 | 118408 | 118408 | 118408 |
Izoh.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari taʼlimning ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim mudirlari bazaviy tarif stavkalarining miqdorlari boʻlimda taʼlim olayotgan oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqqan holda belgilanadi:
150 nafardan 300 nafargacha — 108518 soʻm.
301 nafardan 450 nafargacha — 118408 soʻm.
451 nafardan 600 nafargacha — 128705 soʻm.
601 nafar va undan ortiq — 139410 soʻm.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va rahbarlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
budjet tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi xodimlarining ish haqi bazaviy tarif stavkasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilanadigan bazaviy tarif stavkalari;
xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining tipiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar kontingentiga bogʻliq ravishda muassasalar guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi:
| Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining tipi | Kontingent soni (kishi) | |||
| I guruh | II guruh | III guruh | IV guruh | |
| Akademik litsey | 851 nafar va undan ortiq | 651—850 | 401—650 | 400 nafargacha |
| Kasb-hunar kolleji | 1051 nafar va undan ortiq | 751—1050 | 451—750 | 450 nafargacha |
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadigan talablarga, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari lavozimlarining malaka tavsiflariga muvofiq xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari belgilanadi.
Pedagog kadrlar lavozimlariga tayinlash yuqorida koʻrsatib oʻtilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash normativlari, ularning ish haqini hisoblash tartibi, sport kollejlari va olimpiya zaxiralari kollejlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha xizmatchilari lavozimlarining malaka tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq belgilanadi.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkasini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
xodim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda;
xodimning lavozimi yoki malaka toifasi oʻzgarganda (oshganda yoki pasayganda) amalga oshiriladi.
Bazaviy tarif stavkasini oʻzgartirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy tarif stavkalari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma buyrugʻi chiqariladi.
6. Xodim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining bir muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
7. Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi umumtaʼlim, umumiy kasb va maxsus sikllar pedagogik lavozimlariga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Oliy taʼlim muassasasi bakalavriatining oxirgi kursida oʻqiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishga qoʻyilishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun Direktor jamgʻarmasidan toʻlanadigan, tegishli lavozim yoki malaka toifasidagi oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha miqdordagi har oylik ustamalar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bazaviy tarif stavkasiga qoʻshimcha toʻlovlarning quyidagi turlari belgilanadi:
guruh rahbarligi uchun — eng kam oylik ish haqining 100 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
yozma ishlarni tekshirish uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv va laboratoriya kabineti mudirligi uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha toʻlovlar ushbu qoʻshimcha toʻlovlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtda amalda boʻlgan noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga ustama haqlar saqlanib qoladi va ularning miqdori xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
ketma-ket ikki oydan ortiq boʻlmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda boʻlmagan xodimlarning oʻrnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq toʻlashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning pedagogik ishi uchun;
oʻrnini bosish tartibida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari tomonidan oʻtilgan oʻquv soatlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq toʻlash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir yilda 360 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi.
V. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish shaxsiy yillik ish rejalariga asoslangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yillik ish rejasi oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik, tashkiliy-pedagogik va maʼnaviy-maʼrifiy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Oʻqituvchilarning yillik ish rejasi bir yildagi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik ish rejasi 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, u oʻquv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari, ishlab chiqarish taʼlimini, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun materiallar qismini tayyorlash boʻyicha taqsimlab chiqiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish vaqti normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yillik (semestr) ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbariyati oʻqituvchining oʻquv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Bunda oʻquv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki koʻpaytirish tomonga 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Alohida hollarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qoʻshib olib borishga, shuningdek oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda lavozimlarni birga qoʻshib olib borish boʻyicha ish vaqtining jami davom etishi ish vaqtining normal davom etish muddatining 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining har bir oʻqituvchisi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi yillik ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining boshqa kollegial organi majlisida har yili kamida bir marta hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni ragʻbatlantirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga haq toʻlashning ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga, oʻquvchilarda professional koʻnikmalar shakllanishiga qoʻshgan shaxsiy hissasi bilan bevosita oʻzaro aloqadorligini taʼminlash, kasb mahorati va malaka oʻsishini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Direktor jamgʻarmasi” deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Direktor jamgʻarmasi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tashkil etiladi.
Mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi.
3. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining faqat yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishga (alohida hollarda) yoʻnaltiriladi.
4. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun tuman, shahar, viloyat va respublikaning eng iqtidorli oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ilgʻor tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etiladi.
II. Direktor jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet ajratmalari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbai hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. Direktor jamgʻarmasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashkil etiladi (imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda esa — 25 foizdan ortiq emas).
Oldingi tahrirga qarang.
Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashga budjet xarajatlari hajmidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori respublikaning barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻyicha yagona hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, tashkilotlarga ular xarajatlarining belgilangan hajmini ular eʼtiboriga yetkazish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma xati bilan barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari taʼminotiga xarajatlarning smetalarini moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining tegishli organi moliya organiga belgilangan tartibda har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻyicha ushbu xarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratib koʻrsatgan holda mehnatga haq toʻlash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi taʼminoti xarajatlari smetasida nazarda tutiladi, ular 41 10 000 “Ish haqi” moddasiga kiritiladi, 41 11 210 “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” budjet tasnifi kodi boʻyicha xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda alohida satrda ajratib koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ustamalar, mukofotlar hamda moddiy yordam xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ish haqi toʻlash uchun mablagʻlarni moliyalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
11. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan belgilangan ustamalar, bir yoʻla beriladigan mukofotlar va moddiy yordam summasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi hamda ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga mablagʻ oʻtkaziladi. Jismoniy shaxslarning Direktor jamgʻarmasi hisobiga olingan daromadlariga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla beriladigan mukofotlar toʻlash va moddiy yordam berish tartibi
12. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Bunda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining yuqori va hududiy boshqaruv organlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya tarkibi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan, kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:
direktor — komissiya raisi;
direktorning ichki monitoring tashkil etilishi uchun masʼul boʻlgan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari — komissiyaning masʼul kotibi;
pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili;
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;
vasiylik kengashi vakili;
ota-onalar qoʻmitasining vakili.
14. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar berish va moddiy yordam koʻrsatish ochiq muhokama qilish sharoitlarida va Direktor jamgʻarmasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida maxsus komissiyaning majlislarida qabul qilinadi.
Maxsus komissiya majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oldingi oʻquv davridagi (semestr, oʻquv yili) ishini baholash yakunlari boʻyicha hamda ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ish sifatidagi aniqlangan oʻzgarishlar asosida belgilangan ustamalar miqdorlari maxsus komissiyaning qarori bilan qayta koʻrib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari soni bir vaqtning oʻzida ular umumiy sonining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
IV. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar, bir yoʻla beriladigan mukofotlar va moddiy yordam miqdori
15. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi miqdoridagi har oylik ustamalar:
kasb mahorati va oʻquv jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshganligi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari hisobga olingan holda chuqurlashtirilgan ixtisosli tabaqalashtirilgan oʻqitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, oʻquvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va oʻquv fanlari uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlari bilan belgilangan bilimlar va koʻnikmalarning zarur hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga bogʻliq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qoʻshgan aniq hissasi uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilariga;
oʻquvchilarning professional mayllari, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirganlik uchun, tegishli guruhlar uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlari bilan belgilangan professional bilim va koʻnikmalarning toʻliq hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi darajasiga qarab, ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qoʻshgan aniq hissasi uchun kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga belgilanadi.
16. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar miqdori oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga, ularning professional malaka va koʻnikmalarni egallash darajasiga, ularning taʼlim standartlariga muvofiqligiga, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi sifatiga bogʻliq boʻlgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar xodimlariga, shuningdek oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshirayotgan oʻqituvchilarga va ishlab chiqarish ustalariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi.
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamgʻarmasi hisobiga har oylik ustamalar har bir oʻquv yilida oldingi oʻquv yili ish yakunlari boʻyicha belgilanadi va har bir oʻquv semestri yakunlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
19. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining ayrim oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini mukofotlash ularning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi va oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun ularga bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yoʻla mukofot toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mukofotlash oʻquv yurti ish yakunlarini chiqarish natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda koʻrsatiladi (yaqin qarindoshi vafot etganda, ogʻir jarohat olinganda, ogʻir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda va hokazo).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Maxsus komissiyaning oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam berish toʻgʻrisidagi qarorlari asosida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishini nazorat qilish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ustamalarni belgilash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning xolisligi, oshkoraligi va toʻgʻriligi hamda ularni belgilash tartibiga rioya qilinishi uchun maxsus komissiyalar rahbarlari javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish kiritilayotgan yoki 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari roʻyxati, qoʻshimcha haqning turlari va miqdorlarining 23-bandidagi “oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 375-son qarorining oxirgi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 303-modda; 2012-y., 29-son, 338-modda, 36-son, 412-modda; 2014-y., 16-son, 179-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 861-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)