O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar SSR Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari ushbu Qonunga zid bo‘lmasa, qo‘llanaveradi.
3. “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan, mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, budjet bilan hisob-kitob qilinayotganda 1991-yilgi faoliyat yakunlaridan boshlab qo‘llaniladi.
Qonunning 6-modda 6-bandidagi “a” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar sovet va chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida yaratilgan va 1991-yilning 1-yanvarigacha ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shma korxonalarga nisbatan ularning faoliyat sohasidan qat’i nazar, qo‘llaniladi.
4. Iste’molga qaratilgan mablag‘lar xarajatini tartibga soluvchi soliq 1991-yilda olinmasligi belgilab qo‘yilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, foydadan olinadigan soliq stavkasini qo‘llayotganda hisobga olinadigan rentabellik eng yuqori darajasi uning tarmoqdagi o‘rtacha darajasiga nisbatan ikki hissa ortiq holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreliga qadar yangi ulgurji, xarid, chakana va smeta narxlarini va tariflarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha rentabellik va uning o‘rtacha hajmini hisoblash tartibini belgilasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 1991-yilda soliq solinadigan foyda hisoblab chiqilayotgan mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarning norma belgilanadigan me’yori korxonalar tomonidan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining o‘sishiga yoki faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreligacha xalq xo‘jaligi tarmoqlari va sanoat (asosiy faoliyat turlari) bo‘yicha mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarning o‘sish koeffitsiyenti belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1991-yilda mehnatga haq to‘lash uchun qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqarishning bazaviy miqdori sifatida 1990-yilda mazkur maqsadlar uchun qilingan, asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar ( shu jumladan ishlab chiqarish kooperativlari xodimlari) ning tarkib topgan o‘rtacha ish haqining Qonundagi 3-modda 4-bandga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo‘shiladigan qismiga qarab hisoblab chiqariladigan, lekin 400 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan, 1991-yilning II kvartalidan boshlab esa 480 so‘mdan ortiq bo‘lmagan xarajatlar qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi 294a-XII-sonli qarori tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 192-modda)
7. Belgilansinki, Qonunning 7-moddasi qoidalari, basharti ajnabiy qatnashchining ulushi ustav fondining 30 foizidan oshib ketmasa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari hamda ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalarga, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro nohukumat tashkilotlar (birlashmalar) hamda xalqaro birlashmalarga hamda boshqa ittifoqdosh respublikalar va chet el davlatlari hududida respublika korxonalar, tashkilotlar, muassasalari va tadbirkorlari ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan filiallariga soliq solishga daxl qilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilga respublika budjeti loyihasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan undiriladigan soliqlar bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishning tarkibi, miqdorlari va tartibi to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
mazkur Qonunni ro‘yobga chiqarishni ta’minlash uchun zarur qarorlar qabul qilsin;
1991-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston ASSR hujjatlarini “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga doir takliflarini taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashiga kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarning foydalariga solinadigan soliq stavkalarini hamda mazkur soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash chog‘ida Qonun amalga kiritilgan paytda jumhuriyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xo‘jaliklarning tarkib topgan budjetga to‘lovlari o‘rtacha darajasidan kelib chiqish tavsiya qilinsin.
11. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga korxonalar balansida turgan sog‘liqni saqlash, maktabgacha tarbiya muassasalari, pioner lagyerlari va Qonunning 6-moddasi 1-bandi “j” kichik bandida sanab o‘tilgan boshqa obyektlarni saqlab turish uchun ketadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
226-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 87-modda; 8-son, 192-modda)