Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017 23.06.2008 yildagi PQ-896-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017
Hujjat 23.06.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUD QONUNChILIGINI DEMOKRATLAShTIRISh VA LIBERALLAShTIRISh HAMDA SUD TIZIMI MUSTAQILLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA TADQIQOT MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirishga, jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari puxta himoya qilinishini taʼminlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat Konstitutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi, natijada ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilgan shaxslar salmogʻi 2007-yilda 2000-yilga nisbatan ikki baravardan koʻproq qisqardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi odil sudlov sifatini oshirishga imkon berdi. Ishlarni koʻrib chiqishning apellatsiya (shikoyat) tartibi joriy etilishi sud protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishida qoʻshimcha kafolat boʻldi, yarashuv institutining kiritilishi esa, keyingi yetti yil ichida salkam yetmish ming kishiga nisbatan jinoiy taʼqib tugatilishi uchun imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran Oʻzbekistonda oʻlim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazildi. Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishning samarali, zamonaviy demokratik prinsiplarga asoslangan tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tizimini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqlarini yanada samarali taʼminlash va advokatura rolini oshirish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sudning obroʻsi va mustaqilligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniyligini taʼminlash, sudlar faoliyatiga aralashishga hamda gʻayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradigan mustaqil axborot-tahlil va maslahat muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadigan direktor amalga oshiradi. Markaz direktori moddiy, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasida huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi va Adliya vazirligi, davlat organlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud faoliyatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud tizimi vazifalarini belgilab beruvchi qoidalari roʻyobga chiqarilishi samaradorligi masalalari boʻyicha qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun ustuvorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan huquqni qoʻllash, sud amaliyotini oʻrganish hamda umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy, maʼmuriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xoʻjalik protsessual qonunchiligini, sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obroʻsini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, gʻayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini chuqur oʻrganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish, odil sudlovni amalga oshirish sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud mustaqilligini taʼminlash prinsiplariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi Nizom, uning tuzilmasi, xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 kishidan iborat boʻlgan shtat jadvali, shuningdek, mehnat haqi razryadlari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi (B. Mustafoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazni sudlarda va axborot-tahlil faoliyati sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilgʻor chet el tahlil markazlarida tayyorlash va qayta tayyorlashning 2008-2009-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Markazning joylashtirilishi va obodlashtirilishini, zarur kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi, dasturiy vositalar, idoraviy mebel hamda Markazning samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalari, uslubiy materiallar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Markazning ustuvor yoʻnalishlarini, 2008-yil ikkinchi yarmi va 2009-yilga moʻljallangan axborot-tahliliy ishlari va tadbirlari dasturini belgilasin hamda ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun oʻrnatilgan tartibda mehnatga haq toʻlash shartlari, maxsus unvonlar, mansab darajalari tatbiq etilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) 2009-yildan boshlab, har yili Markazni joriy taʼminlash va moliyalashtirishga, shu jumladan, axborot nashrlari va adabiyotga obuna boʻlish, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun respublika budjeti hisobidan mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Markazning joriy taʼminoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobilini xarid qilishi va taʼminoti uchun mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan (1 nusxada) tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudining statistika axboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-896-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 248-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)