Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017 23.06.2008 yildagi PQ-896-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUD QONUNChILIGINI DEMOKRATLAShTIRISh VA LIBERALLAShTIRISh HAMDA SUD TIZIMI MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh BO‘YIChA TADQIQOT MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirishga, jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari puxta himoya qilinishini ta’minlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat Konstitutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi, natijada ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilgan shaxslar salmog‘i 2007-yilda 2000-yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proq qisqardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi odil sudlov sifatini oshirishga imkon berdi. Ishlarni ko‘rib chiqishning apellatsiya (shikoyat) tartibi joriy etilishi sud protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishida qo‘shimcha kafolat bo‘ldi, yarashuv institutining kiritilishi esa, keyingi yetti yil ichida salkam yetmish ming kishiga nisbatan jinoiy ta’qib tugatilishi uchun imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishning samarali, zamonaviy demokratik prinsiplarga asoslangan tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tizimini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqlarini yanada samarali ta’minlash va advokatura rolini oshirish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sudning obro‘si va mustaqilligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniyligini ta’minlash, sudlar faoliyatiga aralashishga hamda g‘ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradigan mustaqil axborot-tahlil va maslahat muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadigan direktor amalga oshiradi. Markaz direktori moddiy, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasida huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va Adliya vazirligi, davlat organlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi, Markazning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud faoliyatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud tizimi vazifalarini belgilab beruvchi qoidalari ro‘yobga chiqarilishi samaradorligi masalalari bo‘yicha qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan huquqni qo‘llash, sud amaliyotini o‘rganish hamda umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy, ma’muriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xo‘jalik protsessual qonunchiligini, sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro‘sini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, g‘ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini chuqur o‘rganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish, odil sudlovni amalga oshirish sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud mustaqilligini ta’minlash prinsiplariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi to‘g‘risidagi Nizom, uning tuzilmasi, xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 kishidan iborat bo‘lgan shtat jadvali, shuningdek, mehnat haqi razryadlari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (B. Mustafoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazni sudlarda va axborot-tahlil faoliyati sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilg‘or chet el tahlil markazlarida tayyorlash va qayta tayyorlashning 2008-2009-yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Markazning joylashtirilishi va obodlashtirilishini, zarur kompyuter va nusxa ko‘paytirish texnikasi, dasturiy vositalar, idoraviy mebel hamda Markazning samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalari, uslubiy materiallar bilan ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Markazning ustuvor yo‘nalishlarini, 2008-yil ikkinchi yarmi va 2009-yilga mo‘ljallangan axborot-tahliliy ishlari va tadbirlari dasturini belgilasin hamda ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun o‘rnatilgan tartibda mehnatga haq to‘lash shartlari, maxsus unvonlar, mansab darajalari tatbiq etilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) 2009-yildan boshlab, har yili Markazni joriy ta’minlash va moliyalashtirishga, shu jumladan, axborot nashrlari va adabiyotga obuna bo‘lish, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun respublika budjeti hisobidan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha Markazning joriy ta’minoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobilini xarid qilishi va ta’minoti uchun mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuborilishi shart bo‘lgan (1 nusxada) tashkilotlar ro‘yxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining statistika axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-896-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 248-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)