Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2012 13.06.2008 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ZOOVETERINARIYA XIZMATLARI KOʻRSATISh SOHASIDA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-apreldagi PQ-1743-sonli “2012-2013-yillarda Davlat mulkini xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarorini bajarish va shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga ushbu sohada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ilovaga* muvofiq tumanlar (shaharlar) davlat veterinariya boʻlimlari balansida boʻlgan zooveterinariya shoxobchalari binolarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ilovada koʻrsatilgan zooveterinariya shoxobchalari binolarini xususiylashtirish veterinariya faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, ular tomonidan zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish faoliyati kamida 10 yil mobaynida saqlanishi sharti bilan yopiq kimoshdi savdolarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zooveterinariya shoxobchalarining zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish, shu jumladan mintaqaning epizootik barqarorligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish tuman (shahar) davlat veterinariya boʻlimlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi bilan birgalikda savdolarni oʻtkazishda kimoshdi savdolarini tashkil etish tartiblariga rioya qilinishini, shuningdek savdolarda ishtirok etish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning muvofiqligi va ishonchliligi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 225-modda)