OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
KREDIT UYUSHMALARINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi “2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 114-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-aprel,
10/3-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son qaroriga muvofiq, kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Kredit uyushmasini qayta tashkil etish kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish shakllarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kredit uyushmasini tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
3. Quyidagi hollarda kredit uyushmasi tugatilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilinganda (ixtiyoriy ravishda tugatish);
kredit uyushmasi litsenziyasining amal qilishi tugatilganda yoki litsenziya bekor qilinganda;
kredit uyushmasi bankrot deb eʼlon qilinganda.
Qayta tashkil etilayotgan yoki ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan kredit uyushmasining Kengashi ushbu holatlar yuzasidan kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan soʻng darhol Markaziy bankni yozma ravishda xabardor qiladi.
II. Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
§ 1. Kredit uyushmalarini qoʻshib yuborish
4. Kredit uyushmalarini qoʻshib yuborish deganda, ikki yoki bir necha kredit uyushmalarining faoliyati tugatilib, ularning huquq va majburiyatlarini yangidan tashkil etilayotgan kredit uyushmasiga oʻtkazish tushuniladi.
5. Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan har bir kredit uyushmasi Kengashi aʼzolarning umumiy yigʻilishi muhokamasiga kredit uyushmasini qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek, topshirish hujjatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻyadi.
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan har bir kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi:
boshqa kredit uyushmalari bilan qoʻshib yuborish va yangi kredit uyushmasini tashkil etish;
qoʻshib yuborishning shartlari va tartibi koʻrsatilgan shartnoma loyihasini tasdiqlash;
topshirish hujjati loyihasini tasdiqlash;
kredit uyushmasini qoʻshib yuborish va yangi kredit uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga kredit uyushmasi nomidan imzo qoʻyish vakolatini maʼlum bir shaxsga yuklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
6. Yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmasining ustavini tasdiqlash, Kengash va taftish komissiyasini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan barcha kredit uyushmalari aʼzolarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi.
Kredit uyushmasini qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror kredit uyushmasi aʼzolarining uchdan ikki qismidan iborat ovozi bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kredit uyushmalarini qoʻshib yuborishda ishtirok etadigan barcha kredit uyushmalari aʼzolarining qoʻshma umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgan sanadan boshlab 90 kun muddat ichida qayta tashkil etiladigan kredit uyushmasi Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda) belgilangan kredit uyushmasini roʻyxatga olish va litsenziyalash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni hamda qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni Markaziy bankka taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan kredit uyushmalari oʻrtasida tuzilgan qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnoma;
topshirish hujjati;
qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan kredit uyushmalari aʼzolarining birlashtirilgan roʻyxati;
qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan kredit uyushmalari umumiy yigʻilishning qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanaga balans hisobotlari.
8. Kredit uyushmalari qoʻshib yuborilganda har bir kredit uyushmasining huquq va majburiyatlari topshirish hujjati va qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq yangi tashkil etilgan kredit uyushmasiga oʻtadi.
9. Yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmasining nomi qoʻshib yuborilayotgan kredit uyushmalari nomiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas.
10. Qoʻshib yuborish natijasida yangi tashkil etilgan kredit uyushmasini davlat roʻyxatiga olish bilan bir vaqtda kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya beriladi. Bir vaqtning oʻzida, Markaziy bankning qoʻshib yuborilayotgan kredit uyushmalari litsenziyalarining amal qilishini tugatilishi toʻgʻrisidagi qarori asosida kredit uyushmalari Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqariladi hamda litsenziyalarining asl nusxalari Markaziy bankka qaytarib beriladi.
§ 2. Kredit uyushmalarini qoʻshib olish
11. Bir yoki bir necha kredit uyushmalari faoliyatlarini tugatib, ularning huquq va majburiyatlari boshqa kredit uyushmasiga oʻtkazilishi — kredit uyushmalarini qoʻshib olish deb hisoblanadi.
12. Qoʻshib olinayotgan kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi, uning Kengashi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:
ushbu kredit uyushmasining boshqa kredit uyushmasiga qoʻshilishi;
qoʻshilishning shartlari va tartibi koʻrsatilgan shartnoma loyihasini tasdiqlash;
topshirish hujjati loyihasini tasdiqlash;
boshqa kredit uyushmasiga qoʻshib olinishi toʻgʻrisidagi shartnomaga kredit uyushmasi nomidan imzo qoʻyish vakolatini maʼlum bir shaxsga yuklash toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi va tasdiqlaydi.
Qoʻshib olinayotgan kredit uyushmasi Kengashi uyushma aʼzolarining uchdan ikki qismi maʼqullagan umumiy yigʻilish qarorini qoʻshib olayotgan kredit uyushmasiga yuboradi.
13. Qoʻshib olayotgan kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi, qoʻshib olinayotgan uyushma Kengashi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:
qoʻshilish istagini bildirgan kredit uyushmasini qoʻshib olish;
qoʻshib olishning shartlari va tartibi koʻrsatilgan shartnoma loyihasini tasdiqlash;
qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomaga kredit uyushmasi nomidan imzo qoʻyish vakolatini maʼlum bir shaxsga yuklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qoʻshib olinayotgan va qoʻshib olayotgan kredit uyushmalari aʼzolarining qoʻshma umumiy yigʻilishida qoʻshilish shartnomasiga muvofiq qoʻshib olayotgan kredit uyushmasi ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ustavning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
14. Qoʻshib olinayotgan va qoʻshib olayotgan kredit uyushmalari aʼzolarining kredit uyushmalarini qoʻshib olish toʻgʻrisidagi qoʻshma umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgan sanadan boshlab 90 kun muddat ichida qoʻshib olayotgan kredit uyushmasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit uyushmasi ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi aʼzolarining qoʻshma umumiy yigʻilishining bayonnomasi;
kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni yoki ustavning yangi tahriri;
kredit uyushmalari oʻrtasida qoʻshilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma;
topshirish hujjati;
qoʻshib olishda ishtirok etayotgan kredit uyushmalari aʼzolarining birlashtirilgan roʻyxati;
kredit uyushmalarining alohida balanslari va qoʻshilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanaga umumlashtirilgan balansi.
Markaziy bankka taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi qoʻshib olayotgan kredit uyushmasi yigʻmajildiga tikiladi.
15. Qoʻshib olinayotgan kredit uyushmasining barcha huquq va majburiyatlari topshirish hujjatiga va qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq qoʻshib olayotgan kredit uyushmasiga oʻtadi.
16. Taqdim etilgan hujjatlar asosida Markaziy bank qoʻshib olgan kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni yoki ustavning yangi tahririni roʻyxatga oladi. Bir vaqtning oʻzida, Markaziy bankning qoʻshib olinayotgan kredit uyushmalari litsenziyalarining amal qilishini tugatilishi toʻgʻrisidagi qarori asosida kredit uyushmalari Kredit uyushmalari davlat reyestridan chiqariladi hamda litsenziyalarining asl nusxalari Markaziy bankka qaytariladi.
§ 2. Kredit uyushmalarini boʻlish
17. Kredit uyushmasi faoliyatini tugatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan kredit uyushmasiga oʻtkazish — kredit uyushmasini boʻlish deb hisoblanadi.
18. Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmasi Kengashi kredit uyushmasi umumiy yigʻilishi muhokamasiga:
kredit uyushmasini boʻlish shaklida qayta tashkil etish;
qayta tashkil etishning tartibi va shartlari;
yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmalari aʼzolarining roʻyxati;
taqsimlash balansini tasdiqlash masalalarini qoʻyadi.
19. Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan yangi kredit uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida uyushma aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan maʼqullagan qarorni qabul qiladi hamda taqsimlash balansini tasdiqlaydi.
20. Boʻlish natijasida yangi tashkil etilayotgan har bir kredit uyushmasi aʼzolarining alohida umumiy yigʻilishlari oʻtkazilib, ularda kredit uyushmalarining ustavini tasdiqlash, Kengash va taftish komissiyasini saylash masalalari koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yangi tashkil etilayotgan har bir kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan boshlab 90 kun muddat ichida boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmalari Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda) belgilangan kredit uyushmasini roʻyxatga olish va litsenziyalash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni hamda qoʻshimcha ravishda qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmasining taqsimlash balansini Markaziy bankka taqdim etadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
Boʻlish yoʻli bilan yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmalarining nomi boʻlinayotgan kredit uyushmasi nomiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas.
22. Kredit uyushmasi boʻlinganda uning huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmalariga oʻtkaziladi.
23. Boʻlish natijasida yangi tashkil etilayotgan kredit uyushmalarini Kredit uyushmalarining davlat reyestriga kiritish bilan birga ularga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beriladi. Bir vaqtning oʻzida, Markaziy bankning boʻlinayotgan kredit uyushmasi litsenziyasining amal qilishini tugatilishi toʻgʻrisidagi qarori asosida kredit uyushmasi Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqariladi hamda litsenziyaning asl nusxasi Markaziy bankka qaytarib beriladi.
24. Kredit uyushmalarini boʻlish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
§ 4. Kredit uyushmasini ajratib chiqarish
25. Kredit uyushmasini ajratib chiqarish deganda, bir yoki bir necha kredit uyushmalar tashkil etilib, qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmasi faoliyati tugatilmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismi ularga berilishi tushuniladi.
26. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan kredit uyushmasi Kengashi kredit uyushmasining umumiy yigʻilishi muhokamasiga ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, ajralib chiqayotgan yangi kredit uyushmasi aʼzolari roʻyxatini tasdiqlash, ajratib chiqarish shaklida kredit uyushmasini qayta tashkil etish bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni ustaviga kiritish, shuningdek, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni kiritadi.
27. Ajratib chiqarish natijasida yuzaga kelgan yangi kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi mazkur kredit uyushmasi ustavini tasdiqlaydi va uning boshqaruv organlarini saylaydi.
28. Ajratib chiqarayotgan kredit uyushmasi aʼzolarining kredit uyushmalarini ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan boshlab 90 kun muddat ichida ajratib chiqarayotgan kredit uyushmasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit uyushmasi ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi aʼzolarning umumiy yigʻilishining bayonnomasi;
kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni yoki ustavning yangi tahriri;
taqsimlash balansi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan bir vaqtda ajratib chiqarilayotgan kredit uyushmasi Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda) belgilangan tartibda kredit uyushmasini roʻyxatga olish va litsenziyalash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
29. Kredit uyushmasi tarkibidan bir yoki bir necha kredit uyushmalari ajratib chiqarilganda, taqsimlash balansiga muvofiq uning huquq va majburiyatlarining bir qismi yangi tashkil etilgan kredit uyushmalariga oʻtadi.
30. Ajratib chiqarish natijasida yangi tashkil etilgan kredit uyushmalarini Kredit uyushmalarining davlat reyestriga kiritish bilan bir vaqtda ularga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beriladi. Bir vaqtning oʻzida, taqdim etilgan hujjatlar asosida Markaziy bank ajratib chiqarilgan kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni yoki ustavning yangi tahririni roʻyxatga oladi.
31. Kredit uyushmalarini ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
III. Kredit uyushmalarini tugatish
§ 1. Kredit uyushmalarini tugatish asoslari
32. Kredit uyushmasini ixtiyoriy ravishda tugatish kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori qabul qilingan holda amalga oshiriladi. Mazkur qarorda tugatuvchi — tugatish komissiyasi (uning aʼzolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti maʼlumotlari) (bundan keyingi oʻrinlarda tugatuvchi deb yuritiladi) koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Tugatuvchi kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishida uyushma Kengashi taklifiga muvofiq tayinlanadi.
34. Kredit uyushmasi tomonidan uning ixtiyoriy ravishda tugatilayotganligi toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori va litsenziyaning asl nusxasi Markaziy bankka taqdim etiladi.
35. Sud qarori asosida kredit uyushmasi kreditorlarning talabini qondira olmagan taqdirda kreditorlarning arizasi yoki bankrotlik alomatlari mavjud boʻlganda kredit uyushmasining murojaatiga muvofiq bankrot deb tan olinadi.
Kredit uyushmasining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Markaziy bankning kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganda, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun muddat ichida Kengash kredit uyushmasi aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqiradi, unda kredit uyushmasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tugatuvchi tarkibi tasdiqlanadi. Tugatuvchi tarkibi tasdiqlangunga qadar kredit uyushmasining barcha moliyaviy operatsiyalari toʻxtatiladi.
37. Kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Markaziy bank tomonidan qabul qilingan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. Kredit uyushmasini tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
38. Kredit uyushmasini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan yoki Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish yoki amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori kredit uyushmasi rahbariyatiga topshirilgan kundan boshlab kredit uyushmasini tugatish jarayoni yakunlanguncha:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarining vakolatlari toʻxtatiladi, shu jumladan ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni bajarish huquqlari bekor qilinadi, kredit uyushmasini tugatish va tugatuvchi tarkibini tasdiqlash maqsadlarida aʼzolarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish bilan bogʻliq kengash vakolatlari bundan mustasno;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
kredit uyushmasiga tegishli mulkiy xususiyatga ega boʻlgan barcha talablar faqat tugatuvchi nomiga bildirilishi hamda mazkur Nizom va qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin;
tugatish jarayoni boshlangunga qadar sudda qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan kredit uyushmasiga nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatuvchiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Kredit uyushmasini tugatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar tugatilayotgan kredit uyushmasi hisobidan amalga oshiriladi.
40. Kredit uyushmasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng, Markaziy bank tomonidan kredit uyushmasi tugatish jarayonida ekanligi boʻyicha maʼlumotlar kredit uyushmalari Davlat reyestriga yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tugatuvchi tayinlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kredit uyushmasini tugatish boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlon tugatuvchi tomonidan chop etilishi lozim. Eʼlonda kreditorlar tomonidan talablarini bayon etish tartibi va muddati koʻrsatilishi shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
42. Talablarni bayon etish muddati tugatish toʻgʻrisida eʼlon chop etilgan kundan boshlab 2 oydan kam boʻlmasligi zarur.
43. Davriy bosma nashrda chop etilishidan tashqari, tugatuvchi kredit uyushmasida tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida barcha uyushma aʼzolarini va kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
44. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab kredit uyushmasi ishlarini boshqarish sohasidagi barcha vakolatlari unga oʻtadi. Tugatuvchi kredit uyushmasi nomidan boshqarish vazifalari bajarilishini va kredit uyushmasi faoliyatini tugatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni amalga oshiradi.
45. Tugatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
kredit uyushmasi aktivlarini aniqlash hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda, mulk egasi va kredit uyushmasi boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish;
kredit uyushmasi aktivlari va mulkini zaxiraga olish;
kredit uyushmasining hujjatlari va mulki, shuningdek, garov taʼminoti sifatida berilgan boshqa mol-mulklarning butligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish;
tugatish jarayonini amalga oshirish uchun xodimlarni shartnoma asosida yollash (kredit uyushmasi kreditorlarini bu jarayonga xodimlar sifatida jalb etilishi mumkin emas);
tugatilayotgan kredit uyushmasining moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
tugatilayotgan kredit uyushmasi nomidan sudda qatnashish;
depozitga pul qoʻygan kredit uyushmasi aʼzolari va kreditorlarning talablarini qondirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi kredit uyushmasining mulkini sotish;
kredit uyushmasi nomidan talablar qoʻyish, kredit uyushmasi kreditorlari talablarining qonuniyligini aniqlash va qonuniy deb topilgan talablarni qondirish.
46. Tugatuvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
kredit uyushmasi aktivlari va passivlarini toʻliq nazorat qilish;
kredit uyushmasi ishlarini boshqarish bilan bogʻliq javobgarlik;
kreditorlarning talablarini toʻla qondirilishini taʼminlaydigan bahoda kredit uyushmasi aktivlarini sotish;
kreditorlarga toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Tugatuvchi noqonuniy yoki qasddan notoʻgʻri qilingan harakatlari (harakatsizligi) natijasida kredit uyushmasiga keltirilgan zarar uchun javobgardir. Tugatuvchi tugatish bilan bogʻliq normadagi operatsiya tavakkalchiligi toifasiga kiruvchi zararlar uchun javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
49. Tugatuvchi kredit uyushmasida tugatish ishlari boshlanganligi va uning mablagʻlarini olish yoki koʻchirish ishlari tugatuvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi haqida kredit uyushmasining hisobvaraqlari ochilgan barcha kredit tashkilotlarini xabardor qilishi shart.
Kredit uyushmasining boshqa kredit tashkilotlarida mavjud boʻlgan barcha hisobvaraqlari tugatuvchi ixtiyoriga oʻtadi.
50. Tugatuvchi kredit uyushmasining aktivlari ustidan kredit uyushmasini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, xavfsizlik xizmati va boshqa mavjud vositalardan foydalangan holda uning barcha binolari, mol-mulki va jihozlari butligini hamda qimmatbaho buyumlar (naqd pul, qimmatli qogʻozlar, avtomobillar va h. k.) nazoratini taʼminlashi shart.
51. Kredit uyushmasining barcha ishlari, jumladan tugatish jarayoni boshlangunga qadar qabul qilingan, ammo hisobvaraqqa kirim qilinmagan depozitlar va kreditlarni qoplash uchun olingan mablagʻlarga doir ishlar nihoyasiga yetkazilishi hamda belgilangan tartibda tegishli daftarlarga kiritiladi.
52. Kredit uyushmasi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka tugatuvchi imzolarining notarial tasdiqlangan namunalari va kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorining nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bankka taqdim etilgan kundan boshlab kredit uyushmasining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi tugatish hisobvaragʻi sifatida amal qilishni boshlaydi va aktivlarni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar hamda kredit uyushmasining barcha mablagʻlarining hisobi talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻida olib boriladi.
53. Tugatuvchi tugatish sanasiga aktivlarning balans qiymati va qisqacha tavsifi koʻrsatilgan mulkning inventarizatsiya qilinishini tashkil etishi kerak.
54. Kredit uyushmasi kassasidagi banknotlar, tangalar va uyushma hisobvaraqlardagi mablagʻlar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati boʻyicha baholanadi.
Qimmatli qogʻozlar shaklidagi aktivlar bahosi qimmatli qogʻozlar bozoridagi vaziyatga bogʻliq holda bozor bahosida qayta baholanadi.
Asosiy qarz summasi va hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kreditlarning bahosi bozor narxida aniqlanadi. Tugatuvchi kredit va sotish kunigacha hisoblangan foizlar miqdoridan tarkib topgan nominal narxdan past boʻlgan bahoda mazkur kreditlar sotilgan har bir holat boʻyicha tugatish hisobotida yozma ravishda asoslar keltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Nomoliyaviy aktivlarni (binolar va inshootlar, transport vositalari, sanʼat asarlari, orgtexnika, mebel, jihozlar hamda kredit uyushmasining boshqa mulki) baholash baholovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziladi. Tugatuvchi nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi koʻzda tutilayotganligi haqida xabar beradi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit uyushmasi mulkini sotadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
56. Aktivlarning aniqlangan hisob-kitob bahosidan past boʻlgan bahoda sotilgan taqdirda, tugatuvchi mazkur operatsiya boʻyicha maʼlumotlarni yozma ravishda tugatish hisobotida aks ettirishi lozim.
57. Mol-mulkning inventarizatsiyasi tugaganidan hamda kreditorlar talablarining muddati oʻtganidan soʻng tugatuvchi quyidagilarni oʻz ichiga olgan oraliq balansni tuzadi:
tugatilayotgan kredit uyushmasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
kredit uyushmasining mol-mulkining tarkibi;
kreditorlar qoʻygan talablarning roʻyxati;
har bir bajarilgan talabni koʻrib chiqish natijalari.
58. Oraliq tugatish balansi kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
59. Tugatilayotgan kredit uyushmasining oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab uyushma kreditorlari talablarining qondirilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit uyushmasi aʼzolari boʻlgan jismoniy shaxslar oʻz omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar.
60. Kreditorlarning talablari tugatuvchi tomonidan asossiz deb topilgan boʻlsa, ularni qondirishdan bosh tortilishi mumkin.
61. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi toʻgʻrisida, sabablari koʻrsatilgan holda ularning manziliga yozma tarzda xabarnoma joʻnatiladi.
Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni koʻrib chiqishdan bosh tortilgan holda, u tugatuvchiga nisbatan daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
62. Tugatilayotgan kredit uyushmasining mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, kreditorlarning talablarini qondirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, kreditor daʼvo bilan sudga murojaat qilmagan, tugatuvchi tan olmagan boʻlsa, ularning talablarini qondirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Kreditorlar bilan hisob-kitob ishlari yakunlanganidan soʻng tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni kredit uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi tasdiqlaydi.
64. Kreditorlar oʻrtasidagi majburiyatlar qoplanib boʻlinganidan soʻng, tugatish balansiga muvofiq kredit uyushmasining qolgan mablagʻlari kredit uyushmasi aʼzolari oʻrtasida ularning pay badallariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
65. Tugatish ishlari yakunlanganidan soʻng tugatuvchi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
umumiy yigʻilishning kredit uyushmasini tugatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
umumiy yigʻilishning tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori;
kredit uyushmasini tugatilishi toʻgʻrisidagi davriy bosma nashrlarda chop etilgan maʼlumotlarning nusxalari;
kredit uyushmasining oxirgi ish kuni sanasiga balansi;
tugatish balansi;
kredit uyushmasining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻq qilish uchun kredit uyushmasi hujjatlari va yigʻmajildlari topshirilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
tugatish hisobvaragʻi yopilgani haqidagi bank maʼlumotnomasi.
IV. Yakuniy qoidalar
66. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan kredit uyushmalari boʻyicha Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqarish yoki kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Kredit uyushmalarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilganidan keyin, kredit uyushmasini qayta tashkil etish yoki tugatish tamomlangan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish yoki tugatish natijasida paydo boʻlgan va faoliyati tugatilgan kredit uyushmalari toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.