O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
KREDIT UYUSHMALARINI TUGATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-mayda 1815-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-aprel,
10/3-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risida
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq, kredit uyushmalarini tugatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qaroriga asosan (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
2. Kredit uyushmasini tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qaroriga asosan (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qaroriga asosan (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
III. Kredit uyushmalarini tugatish
§ 1. Kredit uyushmalarini tugatish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kredit uyushmasini ixtiyoriy ravishda tugatish kredit uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori qabul qilingan holda amalga oshiriladi. Mazkur qarorda tugatuvchi — tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari) (bundan keyingi o‘rinlarda tugatuvchi deb yuritiladi) ko‘rsatiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
33. Tugatuvchi kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida uyushma Kengashi taklifiga muvofiq tayinlanadi.
34. Kredit uyushmasi tomonidan uning ixtiyoriy ravishda tugatilayotganligi to‘g‘risidagi kredit uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori va litsenziyaning asl nusxasi Markaziy bankka taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Sud qarori asosida kredit uyushmasi kreditorlarning talabini qondira olmagan taqdirda kreditorlarning arizasi yoki to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lganda kredit uyushmasining murojaatiga muvofiq bankrot deb tan olinadi.
Kredit uyushmasining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
36. Markaziy bankning kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganda, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun muddat ichida Kengash kredit uyushmasi a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqiradi, unda kredit uyushmasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tugatuvchi tarkibi tasdiqlanadi. Tugatuvchi tarkibi tasdiqlangunga qadar kredit uyushmasining barcha moliyaviy operatsiyalari to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Markaziy bank tomonidan qabul qilingan qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilinishi mumkin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
§ 2. Kredit uyushmasini tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
38. Kredit uyushmasini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan yoki Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish yoki amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori kredit uyushmasi rahbariyatiga topshirilgan kundan boshlab kredit uyushmasini tugatish jarayoni yakunlanguncha:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, shu jumladan ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni bajarish huquqlari bekor qilinadi, kredit uyushmasini tugatish va tugatuvchi tarkibini tasdiqlash maqsadlarida a’zolarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq kengash vakolatlari bundan mustasno;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit uyushmasiga tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat tugatuvchi nomiga bildirilishi hamda mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin;
tugatish jarayoni boshlangunga qadar sudda qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan kredit uyushmasiga nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatuvchiga topshiriladi.
(38-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
39. Kredit uyushmasini tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar tugatilayotgan kredit uyushmasi hisobidan amalga oshiriladi.
40. Kredit uyushmasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng, Markaziy bank tomonidan kredit uyushmasi tugatish jarayonida ekanligi bo‘yicha ma’lumotlar kredit uyushmalari Davlat reyestriga yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tugatuvchi tayinlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kredit uyushmasini tugatish boshlanganligi to‘g‘risidagi e’lon tugatuvchi tomonidan chop etilishi lozim. E’londa kreditorlar tomonidan talablarini bayon etish tartibi va muddati ko‘rsatilishi shart.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
42. Talablarni bayon etish muddati tugatish to‘g‘risida e’lon chop etilgan kundan boshlab 2 oydan kam bo‘lmasligi zarur.
43. Davriy bosma nashrda chop etilishidan tashqari, tugatuvchi kredit uyushmasida tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida barcha uyushma a’zolarini va kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
44. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab kredit uyushmasi ishlarini boshqarish sohasidagi barcha vakolatlari unga o‘tadi. Tugatuvchi kredit uyushmasi nomidan boshqarish vazifalari bajarilishini va kredit uyushmasi faoliyatini tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshiradi.
45. Tugatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
kredit uyushmasi aktivlarini aniqlash hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda, mulk egasi va kredit uyushmasi boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish;
kredit uyushmasi aktivlari va mulkini zaxiraga olish;
kredit uyushmasining hujjatlari va mulki, shuningdek, garov ta’minoti sifatida berilgan boshqa mol-mulklarning butligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
tugatish jarayonini amalga oshirish uchun xodimlarni shartnoma asosida yollash (kredit uyushmasi kreditorlarini bu jarayonga xodimlar sifatida jalb etilishi mumkin emas);
Oldingi tahrirga qarang.
tugatilayotgan kredit uyushmasining moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
(45-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
tugatilayotgan kredit uyushmasi nomidan sudda qatnashish;
depozitga pul qo‘ygan kredit uyushmasi a’zolari va kreditorlarning talablarini qondirish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi kredit uyushmasining mulkini sotish;
kredit uyushmasi nomidan talablar qo‘yish, kredit uyushmasi kreditorlari talablarining qonuniyligini aniqlash va qonuniy deb topilgan talablarni qondirish.
46. Tugatuvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
kredit uyushmasi aktivlari va passivlarini to‘liq nazorat qilish;
kredit uyushmasi ishlarini boshqarish bilan bog‘liq javobgarlik;
kreditorlarning talablarini to‘la qondirilishini ta’minlaydigan bahoda kredit uyushmasi aktivlarini sotish;
Oldingi tahrirga qarang.
kreditorlarga to‘lovlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish.
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
47. Tugatuvchi noqonuniy yoki qasddan noto‘g‘ri qilingan harakatlari (harakatsizligi) natijasida kredit uyushmasiga keltirilgan zarar uchun javobgardir. Tugatuvchi tugatish bilan bog‘liq normadagi operatsiya tavakkalchiligi toifasiga kiruvchi zararlar uchun javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1815-1, 06.12.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 458-modda)
49. Tugatuvchi kredit uyushmasida tugatish ishlari boshlanganligi va uning mablag‘larini olish yoki ko‘chirish ishlari tugatuvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi haqida kredit uyushmasining hisobvaraqlari ochilgan barcha kredit tashkilotlarini xabardor qilishi shart.
Kredit uyushmasining boshqa kredit tashkilotlarida mavjud bo‘lgan barcha hisobvaraqlari tugatuvchi ixtiyoriga o‘tadi.
50. Tugatuvchi kredit uyushmasining aktivlari ustidan kredit uyushmasini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, xavfsizlik xizmati va boshqa mavjud vositalardan foydalangan holda uning barcha binolari, mol-mulki va jihozlari butligini hamda qimmatbaho buyumlar (naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, avtomobillar va h. k.) nazoratini ta’minlashi shart.
51. Kredit uyushmasining barcha ishlari, jumladan tugatish jarayoni boshlangunga qadar qabul qilingan, ammo hisobvaraqqa kirim qilinmagan depozitlar va kreditlarni qoplash uchun olingan mablag‘larga doir ishlar nihoyasiga yetkazilishi hamda belgilangan tartibda tegishli daftarlarga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Kredit uyushmasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka tugatuvchi imzolarining namunalari va kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarorining nusxasi taqdim etiladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-3, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1815-3/0947-son)
Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bankka taqdim etilgan kundan boshlab kredit uyushmasining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i tugatish hisobvarag‘i sifatida amal qilishni boshlaydi va aktivlarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar hamda kredit uyushmasining barcha mablag‘larining hisobi talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘ida olib boriladi.
53. Tugatuvchi tugatish sanasiga aktivlarning balans qiymati va qisqacha tavsifi ko‘rsatilgan mulkning inventarizatsiya qilinishini tashkil etishi kerak.
54. Kredit uyushmasi kassasidagi banknotlar, tangalar va uyushma hisobvaraqlardagi mablag‘lar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati bo‘yicha baholanadi.
Qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar bahosi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatga bog‘liq holda bozor bahosida qayta baholanadi.
Asosiy qarz summasi va hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kreditlarning bahosi bozor narxida aniqlanadi. Tugatuvchi kredit va sotish kunigacha hisoblangan foizlar miqdoridan tarkib topgan nominal narxdan past bo‘lgan bahoda mazkur kreditlar sotilgan har bir holat bo‘yicha tugatish hisobotida yozma ravishda asoslar keltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Nomoliyaviy aktivlarni (binolar va inshootlar, transport vositalari, san’at asarlari, orgtexnika, mebel, jihozlar hamda kredit uyushmasining boshqa mulki) baholash baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi. Tugatuvchi nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi ko‘zda tutilayotganligi haqida xabar beradi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kredit uyushmasi mulkini sotadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
56. Aktivlarning aniqlangan hisob-kitob bahosidan past bo‘lgan bahoda sotilgan taqdirda, tugatuvchi mazkur operatsiya bo‘yicha ma’lumotlarni yozma ravishda tugatish hisobotida aks ettirishi lozim.
57. Mol-mulkning inventarizatsiyasi tugaganidan hamda kreditorlar talablarining muddati o‘tganidan so‘ng tugatuvchi quyidagilarni o‘z ichiga olgan oraliq balansni tuzadi:
tugatilayotgan kredit uyushmasi to‘g‘risidagi ma’lumot;
kredit uyushmasining mol-mulkining tarkibi;
kreditorlar qo‘ygan talablarning ro‘yxati;
har bir bajarilgan talabni ko‘rib chiqish natijalari.
58. Oraliq tugatish balansi kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Tugatilayotgan kredit uyushmasining oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab uyushma kreditorlari talablarining qondirilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq amalga oshiriladi.
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kredit uyushmasi a’zolari bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘z omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar.
60. Kreditorlarning talablari tugatuvchi tomonidan asossiz deb topilgan bo‘lsa, ularni qondirishdan bosh tortilishi mumkin.
61. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi to‘g‘risida, sabablari ko‘rsatilgan holda ularning manziliga yozma tarzda xabarnoma jo‘natiladi.
Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh tortilgan holda, u tugatuvchiga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Tugatilayotgan kredit uyushmasining mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, kreditorlarning talablarini qondirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, kreditor da’vo bilan sudga murojaat qilmagan, tugatuvchi tan olmagan bo‘lsa, ularning talablarini qondirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(62-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
63. Kreditorlar bilan hisob-kitob ishlari yakunlanganidan so‘ng tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlaydi.
64. Kreditorlar o‘rtasidagi majburiyatlar qoplanib bo‘linganidan so‘ng, tugatish balansiga muvofiq kredit uyushmasining qolgan mablag‘lari kredit uyushmasi a’zolari o‘rtasida ularning pay badallariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
65. Tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng tugatuvchi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
umumiy yig‘ilishning kredit uyushmasini tugatish to‘g‘risidagi bayonnomasi;
umumiy yig‘ilishning tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori;
kredit uyushmasini tugatilishi to‘g‘risidagi davriy bosma nashrlarda chop etilgan ma’lumotlarning nusxalari;
kredit uyushmasining oxirgi ish kuni sanasiga balansi;
tugatish balansi;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit uyushmasining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
(65-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi 5/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-4, 01.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 10/20/1815-4/0389-son)
yo‘q qilish uchun kredit uyushmasi hujjatlari va yig‘majildlari topshirilganligi to‘g‘risida dalolatnoma;
hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
tugatish hisobvarag‘i yopilgani haqidagi bank ma’lumotnomasi.
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, tugatilgan kredit uyushmalarini Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-2, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Kredit uyushmalarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilganidan keyin, kredit uyushmasini tugatish tamomlangan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatish natijasida faoliyati tugatilgan kredit uyushmalari to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi 5/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1815-4, 01.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 10/20/1815-4/0389-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 195-modda; 2010-y., 49-son, 458-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1815-3/0947-son; 01.04.2020-y., 10/20/1815-4/0389-son; 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)