OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
QARORI
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI OʻQUVCHILARINING BILIM SAVIYASI, KOʻNIKMA VA MALAKALARINI NAZORAT QILISHNING REYTING TIZIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
01-148Q/Q-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
118-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
16/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 30-apreldagi 01-148Q/Q, 118, 16/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 29-iyuldagi 6-mh, 15-2018, 8/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1812-1, 28.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/1812-1/1810-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standartlarining (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 29-iyuldagi 6-mh, 15-2018, 8/qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1812-1, 28.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/1812-1/1810-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
3. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarida Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat taʼlim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni taʼminlash;
v) oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalari darajalarini taqqoslash va taʼlim jarayonida oʻzaro musobaqa muhitini yaratish;
g) oʻquvchilarning fanlar boʻyicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
d) oʻquvchilarning har bir fan va amaliyot turlari boʻyicha oʻzlashtirish darajalarini aniqlash;
e) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalari saviyasini shakllanish surʼatini muntazam ravishda tahlil qilib borish.
III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari
4. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — soʻrovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka va koʻnikmalar tekshiriladi;
oraliq nazorat — semestr tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida oʻquvchi reytinggi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va koʻnikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida oʻtkaziladi;
yakuniy nazorat — akademik litseyda, kasb-hunar kollejida oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida oʻtkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning oʻtkazilish tartibi, shakli taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir kursda oʻqish tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga koʻra oʻquvchilarni keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:
a) har bir fan boʻyicha tegishli kafedralar tomonidan maʼqullangan variantlar asosida boshlangʻich nazorat oʻtkaziladi. Boshlangʻich nazorat reyting monitoringi va tahlil guruhi tomonidan oʻtkaziladi;
b) oʻquv dasturining mantiqan tugallangan boʻlimi boʻyicha oʻquvchi albatta baholanadi va natijasi oʻtish balidan (3 ball) past boʻlganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu boʻlimlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
v) yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va tahlili guruhi kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.
6. Semestr mobaynida oʻquv yuklamasi 24 soatdan kam boʻlgan fanlardan oraliq nazorat oʻtkazilmaydi.
IV. Oʻquvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash
7. Oʻquvchilarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
9. Boshlangʻich nazoratning natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga qoʻshilmaydi. U oʻquvchining semestr davomida ushbu fan boʻyicha oʻzlashtirish surʼatini tahlil qilishda, oʻqituvchining oʻquvchilar bilan ishlash faoliyatining samarasi mezoni sifatida qoʻllaniladi.
10. Muayyan fan boʻyicha oʻquvchining semestr mobaynida toʻplashi mumkin boʻlgan umumiy bali (R semestr) maksimum “5” balni tashkil qilib, quyidagicha hisoblanadi:
| | | JN + ON + YAN | |
| | R semestr = | ————————— | , bunda: |
| | | 3 | |
JN — oʻquvchining semestr davomida joriy nazorat boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha bali,
ON — oʻquvchining semestr davomida oraliq nazoratlar boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha bali.
Agar fanning semestr boʻyicha yuklamasi 24 soatdan kam boʻlib, oralik nazorat oʻtkazilmagan taqdirda,
| | | JN + YAN | |
| | R semestr = | ————————— | boʻladi. |
| | | 2 | |
11. Muayyan fan yoki oʻquv amaliyot boʻyicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda toʻplangan umumiy ballarning oʻrtachasi olinadi
| | | R1-semestr + R2-semestr |
| | R yillik = | ———————————— . |
| | | 2 |
12. Har bir fan boʻyicha umumiy reyting ball R yillar boʻyicha toʻplangan umumiy reyting ballarining oʻrta qiymati kabi aniqlanadi (masalan, fan uch yil oʻqitilsa),
| | | R1 yil + R2 yil + R3 yil |
| | R = |
———————————— . |
| | | 3 |
13. Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semestr bali “5” ball boʻlib, reyting tizimida ularning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib loyihalashtiriladi.
V. Reyting monitoringi va tahlil guruhi
14. Taʼlim muassasalarida reyting tizimini toʻlaqonli joriy etish, oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish, reyting natijalarini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadida uslubchi, elektron hisoblash mashinasi operatori, kafedra mudirlari, psixolog va boshqa tajribali oʻqituvchilardan iborat reyting monitoringi va tahlil guruhi tuziladi. Unga direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Reyting monitoringi va tahlil guruhi oʻz faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
VI. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel