Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025 16.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1808
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025
Hujjat 25.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAHAR VA BOSHQA AHOLI PUNKTLARI KOʻCHALARINI, SHUNINGDEK XOʻJALIKLARARO QISHLOQ AVTOMOBIL YOʻLLARINI TAʼMIRLASH MANZILLI ROʻYXATLARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA XARAJATLARINI MAHALLIY BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISH (TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH) TARTIBI BOʻYICHA NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-mayda 1808-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-maydagi 258-sonli ““Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-3, 04.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007-2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda), 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007—2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 45-son, 442-modda) muvofiq tegishli shahar va tuman hokimliklari tasarrufida boʻlgan shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini (bundan keyin matnda — avtoyoʻllar) saqlash va taʼmirlash tegishli shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari yoki avtoyoʻllar balansida boʻlgan boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda — Buyurtmachi yoki Budjet mablagʻlarini oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtoyoʻllarni taʼmirlash quyidagi turga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal taʼmirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan avtoyoʻl (avtoyoʻl uchastkasi) boʻyicha amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari turi va hajmini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari tasnifiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtoyoʻllarni mukammal taʼmirlash ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan amalga oshiriladi hamda taʼmirlanayotgan avtoyoʻl uchastkasining toʻla uzunligida avtoyoʻlning barcha qurilmalari va tarkibiy qismlari boʻyicha keng qamrovli bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoyoʻlni transport-foydalanish holatini texnik tekshirish natijasi boʻyicha aniqlangan quyidagi holatlar mukammal taʼmirlash uchun mezon hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qoplamasining mustahkamlilik darajasi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajagacha kamayib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoyoʻl va yoʻl qurilmalarining boshqa tarkibiy qism parametrlari hamda tavsiflari ortib borayotgan yoʻl harakati talablarini qoniqtirmay qolishi va ushbu holatlarni avtoyoʻllarni oddiy saqlash ishlari yordami bilan talab darajasiga keltirishning imkoniyati boʻlmasa yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtomobil yoʻllari joriy taʼmirlash texnik tekshirishlar va texnik koʻriklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar vedomostlari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi tomonidan har yili avtoyoʻllarning holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish va baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida nuqson dalolatnomalari va mukammal hamda joriy taʼmirlash (bundan keyin matnda — avtoyoʻllarni taʼmirlash) manzilli roʻyxatlari tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 19-sentabrda 107-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni mukammal taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlash va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (qayd etilgan sana va raqami 2001-yil 3-oktabr, 1073-son, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari byulleteni, 2001-yil, 19-son, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 23-modda) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari buyurtmachi tomonidan, moliya idoralarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, har yili shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini tuzishda quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbai mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, yoki nuqson dalolatnomalariga asosan taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini asosan hisobot yili davomida amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxatga quyidagilar ham kiritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan yil manzilli roʻyxatiga kiritilgan va taʼmirlanishi yakunlanmagan avtoyoʻl obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan yil manzilli roʻyxatiga kiritilgan hamda bajarilgan ishlar, xizmatlar, yetkazib berilgan material va jihozlar uchun kreditor qarzdorlik mavjud boʻlgan obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mukammal taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxati nuqson dalolatnomalari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy taʼmirlash boʻyicha ish hajmlari texnik hisob-kitob va muhandislik izlanishlar olib borishni talab etadigan alohida qiyin ishlarni bajarishda avtoyoʻllarni joriy taʼmirlash texnik tekshirish, texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasi asosida ishlab chiqilgan, soha va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Avtoyoʻlni taʼmirlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularni tarkibi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2003-yil 29-dekabrdagi 89-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari “Korxona, bino va inshoatlarni kapital qurishda loyiha hujjatlarining tarkibi hamda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi”ga (SHNQ 1.03.01-03) muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjati va loyihada qabul qilingan yechimning detallashtirilganlik darajasi qabul qilinayotgan texnik yechimlarni, loyihaning hajmi va qiymatini asoslash uchun yetarli boʻlishi hamda yoʻl-taʼmir ishlarini lozim darajadagi sifatda, harakat xavfsizligini taʼminlagan holda bajarishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha hujjatlarini, resurs smetasini hisobga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlatish Buyurtmachi tomonidan joriy yilning 1-martigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Budjet mablagʻlarini oluvchilar (Buyurtmachilar) tomonidan tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda shakllantirilgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari joriy yil 15-martgacha tuman va shahar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi hamda ularning qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtoyoʻllarni taʼmirlashning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari oʻn kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda hudud boʻyicha (tuman va shaharlar kesimida) umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni tuzadi. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish ishlariga masʼul hokim oʻrinbosari kotibiyatlari ushbu manzilli roʻyxat ijrosini monitoring qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taʼmirlash manzilli roʻyxatini shakllantirishda budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj oʻtgan yilda ishlatilmagan avans boʻyicha debitor qarzdorlik va buyurtmachi tomonidan sotib olingan material-texnik resurslar qiymatini ayirib tashlagan holda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Avtoyoʻllarni mukammal taʼmirlashni, shuningdek avtoyoʻllarni joriy taʼmirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan bajaruvchi pudratchi tashkilotni tanlash Buyurtmachi tomonidan tender savdosi asosida, joriy taʼmirlashni amalga oshirishda esa mustaqil ravishda pudratchilarning takliflarini tanlov asosida tanlash orqali amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tender savdosini tashkil etish va oʻtkazish Buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda bu xarajatlar savdo predmeti qiymatiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yil davomida manzilli roʻyxatga qoʻshimcha obyektlarni kiritishga avariya holatlari yuzaga kelganda, hamda ushbu ishlar uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbai mavjudligi tasdiqlanganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshimcha moliyalashtirish manbai mavjud boʻlmasa, avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatiga, qoʻshimcha kiritilayotgan obyektni hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 17-18-son, 146-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-yil, 9-son, 83-modda) asosan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) manbalari mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi sharoitida Buyurtmachilar oʻrnatilgan tartibda xarajatlar uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining (bundan keyin matnda — Gʻaznachilik) tegishli hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi. Bunda Buyurtmachilar taʼmirlash xarajatlariga toʻlovni amalga oshirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda Gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Avtoyoʻllarni taʼmirlash xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) qatʼiy ravishda tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida, Buyurtmachi xarajatlari smetasining 4-guruhida shu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti xarajatlari funksional tasnifiga muvofiq quyidagi boʻlim, kichik boʻlim va boblar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 201 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining shahar avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 202 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining xoʻjaliklararo (qishloq) avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 203 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining tuman markazlari avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 204 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining xoʻjaliklararo (qishloq) avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 205 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining shahar posyolkalari avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Manzilli roʻyxatga kiritilgan, lekin oʻrnatilgan tartibda loyiha hujjatlarini, resurs smetalarini inobatga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar roʻyxatini tasdiqlanishi taʼminlanmagan avtoyoʻllar boʻyicha bajarilgan ishlarni moliyalashtirishga (toʻlovlarini amalga oshirishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari, shuningdek, oyma-oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan Gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlimlariga va xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan mukammal taʼmirlash, shuningdek obyektlar boʻyicha joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlari) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻnak toʻlovlar — birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30 foiz miqdorini teng ulushlarga boʻlgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) — ajratilgan boʻnak toʻlovlarini oyma-oy mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95 foizidan kam boʻlmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi, shartnomada koʻrsatilgan, kafolat muddati tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avtoyoʻllarni joriy taʼmirlashni moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) (mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan obyektlardan tashqari) joriy yil ish hajmining 15 foiz miqdorida boʻnak berish yoʻli bilan, keyinchalik ajratilgan boʻnak toʻlovlarini mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda oyma-oy moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining pudrat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) toʻgʻrisidagi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar (maʼlumotnomalar) boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachilar har chorakda avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini kelishgan tegishli hududiy moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablagʻlarni oʻzlashtirishning borishi, shuningdek manzilli roʻyxatga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish toʻgʻrisida hisobot topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtoyoʻllarni taʼmirlashda bajarilayotgan ishlar sifatini hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Manzilli roʻyxatga kiritilgan avtoyoʻllar boʻyicha loyiha hujjatlarini, ishlar roʻyxatini tasdiqlanishi hamda tender savdolarini oʻtkazilishi toʻgʻriligini, budjet mablagʻlarini maqsadli sarflanganligi, tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari hajmi va sifati ustidan nazorat qilish davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Avtoyoʻllarini taʼmirlashga ajratilayotgan budjet mablagʻlarini maqsadli sarflanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Avtoyoʻllarni mukammal taʼmirlashda, shuningdek avtoyoʻllarni joriy taʼmirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan bajarilgan ish sifati, qurilish meʼyori va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Buyurtmachilar, loyiha tashkilotlari va Davarxqurilishnazoratning hududiy inspeksiyalari tomonidan, joriy taʼmirlash ishlari bajarilganda esa davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nazorat oʻlchovi va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymatini qoʻshib yozish holati aniqlanganda, shu holat ortiqcha mablagʻ olinishiga olib kelgan boʻlsa, ortiqcha olingan mablagʻ pudrat tashkilotidan oʻrnatilgan ketma-ketlik tartibida undirib olinadi. Fosh qilingan qoʻshib yozish holati uchun javobgarlik qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganligi uchun obyektlarni balansda saqlovchi korxona rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAK raisi M. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 11-son, 123-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son)