19.01.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVESTITSIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh VA OʻZARO HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qulay shart-sharoitlarni yaratish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish tadbirkorlik tashabbuskorligiga hamda har ikkala Ahdlashuvchi Tomon taraqqiyotining oʻsishiga koʻmaklashishini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investitsiya” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiya sifatida kiritilgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investoriga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan bevosita yoxud bilvosita boshqarilayotgan har qanday mablagʻlar turlarini anglatib, ushbu investitsiyalar birinchi Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi hamda quyidagi shaklga ega boʻlgan sarmoyalarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ahdlashuvchi Tomonning har qanday investoriga tegishli boʻlgan ulushlar, aksiyalar va aksiyadorlikda ishtirok etishning boshqa shakllari, obligatsiyalar, kompaniyadagi qarzlar bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar hamda qarzlarning boshqa shakllari, shuningdek boshqa qarz va qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan shartnomaga muvofiq pul mablagʻlari va boshqa har qanday qiymatlar yoki ular boʻyicha majburiyatlarni bajarishga oid talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) intellektual mulk huquqlari, shu jumladan, ammo cheklanib qolmasdan, mualliflik huquqlari, tovar belgilari, patentlar, sanoat namunalari va nusxalar hamda texnik jarayonlar, “nou-xau”, savdoga doir sirlar, savdo nomlari va qadr-qimmati bilan bogʻliq huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tabiiy resurslarni qidirish, aniqlash, qazib olish yoki foydalanish huquqlari va xoʻjalik yoki savdo faoliyati bilan bogʻliq huquqlar yoxud xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga qamrab olgan qonunchilik, shartnomadan, yoxud har qanday litsenziya yoki ruxsatnomaga koʻra qonunga muvofiq yuzaga kelgan huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) koʻchar va koʻchmas mulk, shuningdek ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday mulkiy huquqlar, ijara, ipoteka, ushlab qolish va garov kabi huquqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiya” atamasi, shuningdek, taʼriflari quyida keltirilgan, reinvestitsiya maqsadida ushlab qolingan daromadlarga va likvidatsiyadan tushgan tushumlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya sifatida kiritilayotgan yoki qayta kiritilayotgan sarmoyalar shakllarining har qanday oʻzgartirilishi ularning investitsiya sifatida tavsiflanishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investor” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlatining uning amaldagi qonunchiligiga muvofiq fuqaroligiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ahdlashuvchi Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) ushbu Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq taʼsis etilgan yoki roʻyxatdan oʻtgan har qanday yuridik shaxslar, chunonchi, oʻz faoliyatini mazkur Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirayotgan muassasalar, taraqqiyot jamgʻarmalari, agentliklar, fondlar, davlat organlari, kompaniyalar va qonunchilikda belgilangan tartibda barpo etilgan boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Daromadlar” atamasi qaysi shaklda amalga oshirilganidan qatʼi nazar, investitsiya natijasida olingan mablagʻlarni anglatadi va xususan, foyda, foizlar, sarmoyaning oʻsishi, dividendlar, royalti va menejment, texnik yordam yoki boshqa toʻlovlar yoxud haqlar hamda koʻrinishidan qatʼi nazar, boshqa shakldagi toʻlovlarni oʻz ichiga oladi, biroq faqat shulardangina iborat boʻlib qolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 “Likvidatsiya” atamasi investitsiyadan toʻla yoki qisman voz kechish maqsadida har qanday egalik qilish huquqini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 “Hudud” atamasi har bir Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan, Ahdlashuvchi Tomon davlati hududini, shu jumladan, Ahdlashuvchi Tomon milliy qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq belgilangan yoki belgilanishi mumkin boʻlgan va Ahdlashuvchi Tomon davlati suveren huquqlari yoki yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan quruqlik, havo kengligi, ichki suvlar, hududiy dengiz va hududiy dengiz ortidagi har qanday hududlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 “Erkin muomaladagi valyuta” atamasi Xalqaro Valyuta Fondi vaqti-vaqti bilan erkin qoʻllaniladigan valyuta sifatida belgilaydigan har qanday valyutani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Kechiktirishlarsiz” atamasi toʻlovlarni oʻtkazish maqsadida zarur rasmiyatchiliklarni nihoyasiga yetkazish uchun odatda sarflanadigan vaqtni anglatadi. Koʻrsatib oʻtilgan vaqt toʻlovni amalga oshirish haqida soʻrov yuborilgan kundan boshlanib, har qanday holatda uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Investitsiyalarni qabul qilish va ularni ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq, oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini qabul qiladi va ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, oʻz hududida qabul qilingan investitsiyalarga nisbatan oʻzining milliy qonunchiligida belgilanishi mumkin boʻlgan bunday hajmda hamda tartib va shartlar asosida investitsiyalarga zarur boʻlgan barcha ruxsatnomalar, roziliklar, tasdiqnomalar, litsenziyalar va boshqa ruxsatnomalarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining tegishli hududlarida investitsiya imkoniyatlarini ragʻbatlantirish va yengillashtirish uchun ular zarur deb hisoblaydigan har qanday masala yuzasidan oʻzaro maslahatlashuvlar olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, oʻz hududidagi investitsiyalar maqsadlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yetakchi boshqaruv va texnik xodimlardan iborat malakali shaxsiy tarkibning kelishi, vaqtinchalik yashashi va uning hududida ishlashi masalalarini ularning millatidan qatʼi nazar, jismoniy shaxslarning kelishi, yashashi va ishlashiga oid oʻz milliy qonunchiligi asosida xolisona koʻrib chiqadi. Ushbu shaxsiy tarkibning yaqin oila aʼzolariga nisbatan ham qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirish va vaqtinchalik boʻlib turishga oid xuddi shunday tartib qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Investitsiyalarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida xalqaro huquq prinsiplari va ushbu Bitim qoidalariga muvofiq har doim adolatli va teng huquqli rejim yaratiladi va ular toʻliq himoya hamda xavfsizlik bilan taʼminlanadi. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon har qanday holatda, investitsiyalardan foydalanish, boshqarish, rahbarlik qilish, yuritish, kengaytirish yoki sotish yoxud ularni tasarruf etish borasida asoslanmagan yoki kamsituvchi choralar qoʻllash yoʻli bilan toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitim qoidalarining amal qilishi yoki oʻz hududidagi boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan oʻz qonunlari, qoidalari, protseduralari, direktivalari, koʻrsatmalari hamda maʼmuriy qoidalari va umumiy qoʻllaniladigan yuridik xulosalari, shuningdek xalqaro bitimlarini darhol nashr qilishi yoki ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan talablarni ilgari surish va huquqlarni amalga oshirish uchun samarali shart-sharoitlarni yaratib beradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining uning sud organlari, maʼmuriy tribunal va muassasalariga hamda boshqa barcha sud vakolatini amalga oshirayotgan organlariga murojaat qilish huquqi hamda talablarini ilgari surish va ularning investitsiyalari bilan bogʻliq huquqlarini amalga oshirish maqsadida oʻz xohishiga koʻra vakolatlarni milliy qonunchilikka muvofiq vakolatli shaxslarga topshirish huquqi bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlarining yoki uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari foydasi evaziga boshqa Ahdlashuvchi Tomon investitsiyalariga nisbatan kamsituvchi xaraktyerga ega boʻlgan majburiy choralarni qoʻllamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investori amalga oshirayotgan investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlar yoki boshqa qoidalarni rasmiylashtirishda yozma shaklga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Investitsiyalar rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari amalga oshirgan investitsiyalardan foydalanish, ularni boshqarish, rahbarlik qilish, yuritish, kengaytirish va sotish yoki ularni tasarruf etish borasida, oʻxshash vaziyatdagi rejimlardan qaysi biri bunday investitsiyalarga qulayroq ekanligidan kelib chiqib, oʻzining investorlari yoki har qanday uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga yaratgan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejimni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lekin, ushbu modda qoidalari bir Ahdlashuvchi Tomonni quyidagilardan kelib chiqadigan istalgan rejim, imtiyozlar yoki yengilliklarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga nisbatan tatbiq etishga majburlovchi omil sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har qanday bojxona ittifoqi, iqtisodiy ittifoq, erkin savdo zonasi, valyuta ittifoqi yoki mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari yoxud shu singari boshqa xalqaro bitimda har bir Ahdlashuvchi Tomon ishtirok etgan yoki ishtirok etishi mumkin boʻlgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har qanday xalqaro, mintaqaviy yoki ikki tomonlama bitim, yoxud shu singari boshqa ahdlashuv yoki har qanday milliy qonunchilik boʻyicha toʻla yoki qisman soliqqa tortishga oid hollar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Zararlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon, uning hududidagi urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, qoʻzgʻolon, fuqarolarning tartibsizliklari, isyon, gʻalayon yoxud shu singari 6-moddada belgilangan holatlardan tashqari, boshqa voqealar oqibatida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori investitsiyalariga zarar yetganda, mazkur Ahdlashuvchi Tomon investitsiyalarning qayta tiklanishi, ularning toʻlovini va zararlarini qoplash yoki boshqa masalalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlariga yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga yaratadigan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejimni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandidan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida avvalgi bandda qayd etilgan har qanday voqea-hodisalar oqibatida quyidagilar tufayli zarar koʻrgan investorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uning qurolli kuchlari yoki organlari tomonidan uning investitsiyalari yoxud ularning bir qismi rekvizitsiya qilingan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maxsus kurash natijasida yetkazilmagan yoki vaziyat taqozo etmagan hollarda investitsiyalarga uning qurolli kuchlari yoxud organlari tomonidan butunlay yoki qisman nobud boʻlishi natijasida zarar koʻrgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon investoriga kechiktirishlarsiz, aynan bir xil va samarali ravishda restitutsiya yoki badal toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ekspropriatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. (a) Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida davlat tasarrufiga oʻtkazilmaydi, ekspropriatsiya qilinmaydi, tortib olinmaydi yoki ularga nisbatan davlat tasarrufiga oʻtkazish, ekspropriatsiya qilish yoki tortib olishga (bundan keyin umuman “ekspropriatsiya” deb ataladi) teng boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bevosita yoki bilvosita choralari qoʻllanilmaydi, bu Ahdlashuvchi Tomonning ichki ehtiyojlari bilan bogʻliq jamoatchilik maqsadlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bundan mustasno. Bunday chora-tadbirlar kamsitmaslik asosida va tegishli huquqiy tartibotlarga muvofiq hamda kechiktirmasdan, aynan bir xil va samarali badal toʻlovlarini toʻlash tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bunday badal toʻlovlari investitsiyalarni ekspropriatsiya qilish davrigacha yoki ekspropriatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror barchaga maʼlum qilingan vaqtgacha (bundan keyin “baholash sanasi” deb ataladi), ekspropriatsiya qilingan investitsiyaning erkin bozor narxi asosida investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon milliy qonunchiligi va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan baholash tamoyillariga muvofiq aniqlanadi hamda hisoblab chiqiladi. Bunday badal toʻlovlari ekspropriatsiya qilingan kundan boshlab toʻlov sanasigacha, baholash sanasidagi ushbu valyutani erkin bozordagi almashuv kursi yoki bozor asosida oʻrnatilgan tijorat kursiga oid foizlarni oʻz ichiga olgan, lekin LIBOR kursidan kam boʻlmagan yoki unga teng boʻlgan holda, investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning xorijiy valyutani ayirboshlash qoidalariga muvofiq belgilangan erkin muomaladagi valyuta yoki investitsiya amalga oshirilgan valyutada baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Yuqorida aytib oʻtilgan holda erkin bozor bahosi aniqlanishi mumkin boʻlmasa, badal toʻlovlari tegishli barcha omillar va holatlar, shu jumladan, investitsiya qilingan mablagʻ, investitsiyaning mohiyati va davri, qiymatini almashtirish, baholash, kundalik daromadlar, hisobga olingan tushumlar, netto-kapital va “gudvil” kabilarni eʼtiborga olib obyektiv tamoyillarga koʻra aniqlanadi. Tamomila aniqlangan badal toʻlovi investorga kechiktirilmasdan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda koʻrsatib oʻtilgan tamoyillar nuqtai nazaridan va ushbu Bitimning 9-moddasiga muvofiq investor huquqlariga ziyon keltirmasdan, zarar koʻrgan investor investitsiyani baholash va badal toʻlashni oʻz ichiga olgan ekspropriatsiyani amalga oshirgan Ahdlashuvchi Tomonning sudi yoki boshqa vakolatli va mustaqil organi orqali zudlik bilan nazorat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “ekspropriatsiya” atamasi Ahdlashuvchi Tomonning investitsiyani amalga oshirmasligi yoki unga toʻsqinlik qilishi, investitsiyani butunlay yoki qisman majburiy sotishi yoxud boshqa shu kabi tadbirlar de facto ekspropriatsiyaga oid harakatlarga aralashish yoki tartibga solish choralarini qoʻllashni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Investitsiyalar bilan bogʻliq toʻlovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq tegishli soliqlar va toʻlovlar toʻlanganidan soʻng, oʻz hududiga investitsiyalarning olib kirilishi va olib chiqilishi bilan bogʻliq toʻlovlarning boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga, shuningdek quyida keltirilgan toʻlovlarning erkin oʻtkazilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) investitsiyani qoʻllab-quvvatlash, boshqarish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dastlabki va har qanday qoʻshimcha mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) qarz bitimiga muvofiq amalga oshirilgan asosiy va ustiga hisoblangan toʻlov foizlarining amortizatsiyasini oʻz ichiga olgan kontraktga oid toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 1-moddaning 1(s) bandida koʻrsatilgan huquqlar uchun royalti va toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) investitsiyaning toʻla yoki qisman tugatilishidan yoxud sotilishidan tushgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) investitsiyaning amalga oshirilishi sababli chet eldan jalb etilgan xodimlarning ish haqi yoki boshqa mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 5- va 6-moddalarga muvofiq badal toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) 8-moddada koʻrsatilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) nizolarni hal etish bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning birinchi bandiga muvofiq toʻlovlar, ayrim toʻlovlarning oʻziga xosligini hisobga olmaganda, kechiktirishlarsiz yoki cheklashlarsiz erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi. Agar talab qilinayotgan oʻtkazishlarning kechiktirilishiga yoʻl qoʻyilsa, zarar koʻrayotgan investor bunday kechiktirishlar muddati uchun foiz olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻlovlar investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning xorijiy valyutani ayirboshlash tartibotlariga muvofiq va toʻlov oʻtkazish kunidagi valyutani ayirboshlash uchun investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomonda mavjud boʻlgan ustuvor bozor kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomon yoki u tayinlagan organ (“Toʻlovchi tomon”) boshqa Ahdlashuvchi Tomon (qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon) hududida investitsiyaga taalluqli badal toʻlovi yoki kafolat shartlari boʻyicha toʻlovni amalga oshirayotgan boʻlsa, bunda qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qonun yoki shunday investitsiyaga asoslangan barcha huquqlar va talablarni qonuniy hal qilish haqida Toʻlovchi Tomonga ogohlantirishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Toʻlovchi Tomonning subrogatsiya tufayli investitsiyaga taalluqli bunday huquqlarni amalga oshirish, bunday talablarni ilgari surish va barcha majburiyatlarni qabul qilish huquqlarini eʼtirof etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovchi Tomon quyidagilarga nisbatan barcha hollarda bir xil muomala qilish huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 1-band qoidalari tufayli oʻz zimmasiga olgan huquqlar, talablar va majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tegishli investitsiyaga taalluqli hamda ushbu Bitimga koʻra dastlabki investor taʼkidlab oʻtilgan huquq va talablarga muvofiq olgan har qanday toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ahdlashuvchi Tomon bilan investor oʻrtasida nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasida birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan investitsiya boʻyicha yuzaga kelgan nizolar imkon qadar doʻstona yoʻl bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday nizo uni hal etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab olti oy mobaynida doʻstona hal etilmasa, investor oʻz ixtiyoriga koʻra nizoni koʻrib chiqish uchun quyidagilarga taqdim etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududiy yurisdiksiyaga ega boʻlgan qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon davlat sudiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nizo vujudga kelishidan ilgari, uni hal etish uchun ahdlashib olingan protseduralarga muvofiq; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) xalqaro arbitrajga quyidagilarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Xalqaro savdo huquqi boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Komissiyasining (UNCITRAL) arbitraj qoidalariga muvofiq “ad hos” arbitraj sudiga. Qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon taʼkidlab oʻtilgan arbitrajni qabul qilish majburiyatini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) 1965-yil 18-martdagi Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasida investitsiyaviy nizolarni hal etish toʻgʻrisida Vashington Konvensiyasiga muvofiq arbitraj protseduralarini bajarish maqsadida, ikkala Ahdlashuvchi Tomon ham unga qoʻshilgan boʻlsa yoki qoʻshilganidan soʻng Investitsiyaviy nizolarni hal etuvchi xalqaro markazga; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) nizodagi taraflar oʻrtasida oʻzaro kelishib olingan har qanday arbitraj muassasasining arbitraj qoidalariga muvofiq taʼsis etilgan arbitraj sudiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investor, 2-bandga koʻra nizoni arbitrajga taqdim etishiga qaramasdan, arbitraj jarayonini qoʻzgʻatishdan oldin yoki shu jarayon davomida, yetkazilgan har qanday zararni qoplash talabini qoʻymagan holdagina, Ahdlashuvchi Tomonning sud yoki maʼmuriy organlariga oʻz huquq va manfaatlarni himoya qilish boʻyicha murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon investitsiyalar bilan bogʻliq nizolarni 2-bandda koʻrsatilgan tartibda arbitrajda koʻrib chiqish uchun taqdim etishga oʻzining soʻzsiz roziligini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon sud jarayoni tugamagunicha va Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaga binoan chiqarilgan arbitraj sudi qarorini bajarmagunicha va unga rioya qilmagunicha, arbitraj sudiga berilgan har qanday ishga nisbatan diplomatik himoyani bermasligi zarur. Lekin, nizo hal etilishini yengillashtirish maqsadida olib borilgan norasmiy diplomatik yozishmalar ushbu band maqsadlaridagi diplomatik himoyani qamrab olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaga muvofiq taʼsis etilgan arbitraj sudi nizodagi tomonlar kelishib olgan huquqiy meʼyorlar asosida nizo predmeti hisoblangan masalalarni hal etadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, ushbu Bitimning tegishli qoidalarini hisobga olgan holda, nizoda ishtirok etuvchi Ahdlashuvchi Tomon huquqi, shuningdek kollizion meʼyorlar hamda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arbitraj qarori, shuningdek foizlarning toʻlanishiga oid qaror nizodagi taraflar uchun qatʼiy va majburiy boʻlishi kerak. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida har qanday bunday qarorni darhol bajarishi yoki uning samarali bajarilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har qanday norozilik daʼvosi yoki qarshi daʼvo hech qachon investorning sugʻurta shartnomasiga koʻra har qanday uchinchi tomondan, xoh davlat organi yoki xususiy tashkilotlardan, shuningdek boshqa Ahdlashuvchi Tomon hamda uning boʻlimlari, agentliklari yoki muassasalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararning toʻla yoki bir qismini qoplash uchun olgan yoki olishi kerak boʻlgan mablagʻlar hamda badal toʻlovlarini eʼtiborga olib amalga oshirilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha har qanday nizolarni imkon qadar maslahatlashuvlar yoki boshqa diplomatik yoʻllar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar nizo har bir Ahdlashuvchi Tomonning bunday maslahatlashuvlar yoki diplomatik yoʻllar haqida talabi maʼlum boʻlgan kundan boshlab olti oy mobaynida hal etilmasa, va Ahdlashuvchi Tomonlar yozma ravishda boshqa murosaga kelmasalar, har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma shaklda xabardor qilishi bilan nizoni “ad hoc” arbitraj sudiga ushbu moddaning quyida belgilangan qoidalari asosida taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Arbitraj sudi quyidagicha tashkil etiladi: har bir Ahdlashuvchi Tomon bir aʼzoni tayinlaydi va bu ikki aʼzo ikkala Ahdlashuvchi Tomon tayinlaydigan arbitraj sudi Raisi vazifasini bajaradigan uchinchi davlat fuqarosi haqida kelishib oladilar. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri nizoni koʻrib chiqish uchun arbitraj sudiga berish niyati toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilgan kundan boshlab, bunday aʼzolar ikki oy, Rais esa toʻrt oy davomida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar 3-bandda koʻrsatilgan muddatlarga amal qilinmagan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon, boshqa har qanday kelishuv boʻlmagan taqdirda, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Raisini taklif qilishi mumkin. Agar Xalqaro Sud Raisi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki shu vazifani boshqa sabablarga koʻra bajara olmasa, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Raisining oʻrinbosari taklif qilinadi. Agar Xalqaro Sud Raisining oʻrinbosari Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u ham shu vazifani boshqa sabablarga koʻra bajara olmasa, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun hech bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlmagan, lavozimi keyingi oʻrinda turgan Xalqaro Sudning aʼzosi taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arbitraj sudi oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Bunday qaror ushbu Bitim va qoʻllanilishi mumkin boʻlgan umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq qabul qilinadi va har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun tugal va majburiy hisoblanadi. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan arbitraj sud aʼzosi hamda arbitraj jarayonida uning vakilligi bilan bogʻliq xarajatlarni har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi qoplaydi. Rais hamda arbitraj jarayoni bilan bogʻliq har qanday boshqa xarajatlarni ikkala Ahdlashuvchi Tomon teng tarzda qoplaydi. Biroq, arbitraj sudi oʻz ixtiyori bilan Ahdlashuvchi Tomonlardan qaysi biri bunday xarajatlarni butunlay yoki qisman qoplashlarini belgilab berishi mumkin. Qolgan barcha hollarda arbitraj sudi ish faoliyati tartibini oʻzi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari oʻrtasida munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari oʻrtasida diplomatik yoki konsullik munosabatlari mavjudligidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligi, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida mavjud boʻlgan yoki kelgusida qabul qilinadigan xalqaro huquq majburiyatlari boʻyicha boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari investitsiyalari uchun umumiy yoki maxsus meʼyorlarni yaratishidan qatʼi nazar, ushbu Bitimda koʻrsatilgan rejimdan qulayroq rejimni yaratib berish huquqini bersa, bunday meʼyorlarning investorga nisbatan qulayrogʻi ushbu Bitimdan ustun boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Qoʻllaniladigan qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga muvofiq barcha investitsiyalarni amalga oshirish Ahdlashuvchi Tomon davlatida amal qilayotgan milliy qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalaridan qatʼi nazar, qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomonning oʻz milliy xavfsizligi va manfaatlarini himoya qilish uchun yoki favqulodda vaziyat holatida oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq va kamsitmaslik asosida qabul qilingan choralarni qoʻllashiga hech narsa toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bitimni qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishidan oldin mavjud boʻlgan yoki kuchga kirgan sanadan soʻng boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining investorlari amalga oshirgan barcha investitsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan konstitutsiyaviy talablarning bajarilganligi toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qiladi va mazkur Bitim eng soʻnggi xabarnoma olingan sanadan oʻttiz kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Bitimning davomiyligi va amal qilishining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim dastlabki oʻn besh (15) yil davomida amal qiladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida dastlabki muddat yoki har qanday keyingi muddat tugashidan bir yil oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilguniga qadar oʻn yillik (10) muddatga yoki muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimni bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma kuchga kirishiga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan ushbu Bitim qoidalari Bitimning amal qilishi toʻxtatilgandan keyingi oʻn yil (10) muddat ichida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakolatlanganlari ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Al-Quvayt shahrida 2004-yil 19-yanvarda, hijriy 1424 yil 27 zulqidada, ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2006-y., 1-2-son)