Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 25.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1798
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 25-aprelda 1798-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-fevraldagi 1-n-sonli “Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1798-1, 14.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi, “Garov toʻgʻrisida”gi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat yoʻriqnoma tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2008-yil 24-martdagi 43-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUVAQQAT YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi, “Garov toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil 1-2-son, 9-modda) muvofiq ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkning joylashgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish idoralari (keyingi oʻrinlarda matnda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda “Bino va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi (1998-yil 7-yanvar, roʻyxat raqami 387) Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan tegishli hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnoma asosida harakat qilayotgan shaxsning huquqlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tomonlari soniga teng miqdorda notarial tasdiqlangan ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma va roʻyxatdan oʻtkazish ishiga qoʻshish uchun shartnomaning ikkita asl nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi va bu haqda ariza beruvchiga asoslantirilgan yozma javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Manfaatdor shaxs ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi rad etilishi yuzasidan sudga murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Bino va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi (1998-yil 7-yanvar, roʻyxat raqami 387) Yoʻriqnomaning 16-ilovasida keltirilgan shakldagi Binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda matnda — davlat reyestri deb yuritiladi) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida amalga oshiriladi. Davlat reyestrida maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda ushbu davlat reyestrining tegishli ustunlariga yoki eslatma ustuniga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulkka taqiq mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mulkiy huquqning tavsifi va uning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasining nomi, uning joylashgan joyi, qiymati va qisqacha taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha majburiyatning miqdori va ijro etish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi amalga oshirilgan kun ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish bilan birga, Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registrining 8-ustuniga, tuman (shahar) Bino va inshootlar kadastri daftarining 25-ustuniga, tuman (shahar) Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining 16-ustuniga tegishli koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar boʻyicha shartlar (ipoteka) mavjudligi toʻgʻrisida yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri, tuman (shahar) Bino va inshootlar kadastri daftari, tuman (shahar) Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining tegishli ustunlarida koʻrsatilishi lozim. Bunda mazkur ustunlarda “garov xati berilgan” soʻzlari va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan garov xatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaning barcha asl nusxalariga ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, quyidagilardan iborat boʻlgan ustxatlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan ustxatlar tegishli imzo bilan tasdiqlanadi va ularga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi qoʻllaniladi (ilova), unda “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “ipoteka / garov xati, garov xatining yangi egasi” soʻz(lar)i koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka narsasiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mol-mulkni haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ipotekani qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat reyestriga ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va raqami, mol-mulkka nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va h. k.) rekvizitlari toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri, tuman (shahar) Bino va inshootlar kadastri daftari, tuman (shahar) Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining tegishli ustunlaridagi dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻgʻrisidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka toʻgʻrisidagi yangi yozuvga ishora qilgan holda oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud boʻlgan yoki shikastlangan mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida bitim tuzilganda davlat reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaxsning huquqlariga ipoteka yuklangan boʻlsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ huquqlariga ipoteka yuklangan shaxsning mulk huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda mazkur shaxsni Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri, tuman (shahar) Bino va inshootlar kadastri daftari, tuman (shahar) Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining tegishli boʻlimlariga uning huquqi ipoteka bilan cheklanishi (unga shart belgilanishi) toʻgʻrisidagi yozuv kiritilishi haqida ogohlantiradi, shuningdek bitimga va (yoki) huquqning boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga qonun asosida vujudga kelgan ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida ogohlantirilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat reyestrining ustunlariga tegishli yozuvlar kiritiladi va bu haqda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri, tuman (shahar) Bino va inshootlar kadastri daftari, tuman (shahar) Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining ipotekaga qoʻyuvchining mulkiy huquqi toʻgʻrisida yozuv kiritilgan tegishli boʻlimlariga ishoralar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi shaxsning mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida huquq egasiga (ipoteka qoʻyuvchiga) beriladigan guvohnomada shart belgilanganligini bildiruvchi “Qonun asosidagi ipoteka” soʻzlari yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar bitta koʻchmas mulk obyekti turli asoslar boʻyicha bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada boʻlsa, u holda davlat reyestriga ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash maqsadida ipotekaga qoʻyuvchining mol-mulkka boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga asos boʻlgan hujjatlarga roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi qoʻyiladi va u belgilangan tartibda toʻldiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampida “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “qonun asosidagi ipoteka” soʻzlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) oʻsha yoki oʻzga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoxud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda matnda — Qonun deb yuritiladi) qoidalariga rioya qilingan holda mazkur Yoʻriqnomaning II boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomaga ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomaga roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi (shtamplari) qoʻyiladi. Koʻrsatilgan shtamp oldingi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda kiritilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda mazkur shtampda (shtamplarda) “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “ipoteka” soʻzi oʻrniga “navbatdagi ipoteka” soʻzlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat reyestriga mazkur koʻchmas mulk obyektining oldingi ipotekalari toʻgʻrisida yozuvlar boʻlgan tegishli ustunlariga “navbatdagi ipoteka” soʻzlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Garov xatini (yangi garov xatini, garov xati dublikatini) berish, garov xatini bekor qilish, garov xati mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Garov xati egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, u garov xati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka bilan taʼminlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka belgilangan mol-mulkka boʻlgan garov huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Garov xati mazmuni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki majburiyati ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, agar garov xatini oluvchi bitim tuzilayotgan paytda bunday nomuvofiqlik haqida bilmagan va bilishi lozim ham boʻlmagan boʻlsa, garov xatining mazmuni haqiqiy deb hisoblanadi. Bu qoida garov xatining qonuniy egasi dastlabki ipotekaga oluvchi boʻlgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u uchinchi shaxs boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan ham tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning muhri bilan muhrlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xatining varaqlari varaqning old tomonidagi yuqori oʻng burchagida bir raqamidan boshlangan tartib raqamlari bilan raqamlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xatining raqamlangan varaqlari oʻzaro biriktiriladi (tikiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati oxirgi varagʻining orqa tomoniga, agar unda yozuvlar bor boʻlib boʻsh joy boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan va shunga muvofiq, raqamlanmagan toza varaqning orqa tomoniga garov xatining raqamlangan va biriktirilgan (tikilgan) varaqlari soni, roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari, mazkur yozuv qayd etilgan sana toʻgʻrisida ustxat kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Garov xatining oʻzida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar qoʻyish yoxud boshqa zarur maʼlumotlarni yozish uchun joy yetishmasa, garov xatiga qoʻshimcha varaq biriktirib qoʻyiladi, unga yozuvlar va belgilar garov xatida boshlanib, ana shu varaqda tugaydigan qilib joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qoʻshimcha varaqni (varaqlarni) garov xati bilan biriktirish uchun ipotekaga oluvchining yoki garov xati qonuniy egasining arizasi asosida mazkur bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ipotekaga oluvchining yoki garov xati qonuniy egasining qoʻshimcha varaqlarni garov xati bilan biriktirish toʻgʻrisidagi arizasi arizalarni qayd etish daftariga kiritiladi. Koʻrsatilgan hollarda arizalarni qayd etish daftarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelib tushgan hujjatlar” ustuniga “qoʻshimcha varaqni (yoki varaqlarni) garov xati bilan biriktirish toʻgʻrisida ariza” soʻzlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Roʻyxatdan oʻtkaziladigan huquq, cheklash (shartlar)” ustuniga “qoʻshimcha varaqni (yoki varaqlarni) garov xati bilan biriktirish” soʻzlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qabul qilingan qaror” ustuniga “qoʻshimcha varaq (yoki varaqlar) garov xati bilan biriktirildi” soʻzlari, garov xati qoʻshimcha varaq (varaqlar) bilan ariza beruvchiga topshirilgan sana kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izohlar” ustunida huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni qayd etish daftarining raqamiga va bu kitobda garov xatining dastlabki ipotekaga oluvchiga berilganligi toʻgʻrisidagi yozuvning raqamiga ishora qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni qayd etish daftarining qolgan ustunlariga yozuvlar belgilangan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar garov xatiga biriktiriladigan qoʻshimcha varaqdagi maʼlumotlar davlat reyestrining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritish zaruratini keltirib chiqarsa, qoʻshimcha varaqni garov xati bilan biriktirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma tegishli roʻyxatdan oʻtkazish harakatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizaning tarkibida boʻlishi mumkin. Bunda bunday iltimosnoma ham arizalarni qayd etish daftarining “Roʻyxatdan oʻtkaziladigan huquq, cheklash (shartlar)” ustunida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birgalikda yangi garov xatini beradi, bu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati oʻrniga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Garov xati ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga yoki vujudga keltirgan majburiyati ipoteka bilan taʼminlangan shartnomaga muvofiq kelmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bir vaqtda yangi garov xati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yangi garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ garov xatiga kiritiladigan maʼlumotlardan tashqari, yangi garov xati berilgan sanani, yangi garov xatini bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomini, roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflarini, uning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri ilova qilingan imzosini ham oʻz ichiga olishi lozim.

34. Yangi garov xatining varaqlari Yoʻriqnomada belgilangan tartibda raqamlanadi, oʻzaro biriktiriladi (tikiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bekor qilingan garov xati birinchi varagʻining old tomoniga roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish shtampi bosiladi, unda faqat bekor qilingan garov xatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bekor qilingan garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ipoteka toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish vaqtiga qadar saqlanadi (roʻyxatdan oʻtkazish yigʻma jildiga joylashtiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ipoteka toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi bekor qilingandan soʻng bekor qilingan garov xati u boʻyicha oldin majburiyatli boʻlgan shaxsga uning talabi (arizasi) boʻyicha topshirilishi mumkin. Bu holda bekor qilingan garov xatiga belgilangan tartibda toʻldiriladigan roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish qoʻshimcha shtampi bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Garov xati ipotekaning toʻxtatilishi munosabati bilan bekor qilingan taqdirda bekor qilingan garov xati birinchi varagʻining old tomoniga belgilangan tartibda toʻldiriladigan roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish shtampi bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilingan garov xatining asl nusxasi roʻyxatdan oʻtkazish yigʻma jildiga joylashtiriladi. Bekor qilingan garov xati u boʻyicha oldin majburiyatli boʻlgan shaxsga uning talabi (arizasi) boʻyicha topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Garov xati yoʻqolgan taqdirda yoʻqolgan garov xati boʻyicha huquqlarni tiklash Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekaga qoʻyuvchi, agar u uchinchi shaxs boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor ham imkoni boricha qisqa muddatlarda garov xatining dublikatini unda “dublikat” belgisi bilan tuzishlari va uni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni ichida garov xatining dublikatini rasmiylashtirishi shart, unda “dublikat” degan belgi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Garov xatining dublikati yoʻqolgan garov xatiga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak. Garov xatining dublikati u berilgan sanani, garov xatining dublikatini bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomini, roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflarini, uning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri ilova qilingan imzosini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Garov xati dublikatining varaqlari belgilangan tartibda raqamlanadi, oʻzaro biriktiriladi (tikiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov xatining dublikati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan garov xatini yoʻqotgan shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov xati (shuningdek yangi garov xati, garov xatining dublikati, bekor qilingan garov xati) dastlabki ipotekaga oluvchiga berilganligi toʻgʻrisidagi yozuv huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi berilgan guvohnomalarni qayd etish daftariga kiritiladi. Huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi berilgan guvohnomalarni qayd etish daftariga, shuningdek garov xati u bilan biriktirilgan qoʻshimcha varaqlar bilan birga dastlabki ipotekaga oluvchiga yoki garov xatining qonuniy egasiga topshirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor, ipotekaga qoʻyuvchi va garov xatining qonuniy egasi garov xatining ilgari belgilangan shartlarini kelishuvga koʻra oʻzgartirishlari mumkin. Bu holda, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda kelishuvda garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda tegishli oʻzgartirishlar hisobga olingan holda tuzilgan yangi garov xatini berish nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuvni ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni soʻrab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ davlat reyestrining ipoteka roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlimiga bitimning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bitimga hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik ustxati shtampi bosish yoʻli bilan tasdiqlanadi, unda “davlat roʻyxatidan oʻtkazildi” soʻzlaridan oldin “garov xatining mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim” soʻzlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Garov xatining ajralmas qismi boʻlmish uning mazmunini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning asl nusxasi garov xatiga ilova qilinadi va unga biriktiriladi (tikiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Garov xatining qonuniy egalarini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Garov xatining qonuniy egasi familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini, agar garov xatining qonuniy egasi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan joyini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda, oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatga olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Garov xatining qonuniy egalarini roʻyxatdan oʻtkazish davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga tegishli ariza bilan murojaat etilgandan keyin bir ish kuni ichida amalga oshiriladi va bu haqda arizalarni qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Garov xatining qonuniy egasi toʻgʻrisidagi qayd yozuvi, garov xati taqdim etilgan taqdirda, ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqni Qonunning 34-moddasiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazish hamda garov xatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaxs garov xatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlgan boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov xatini Qonunning 35-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqlar yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov xati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Garov xatining qonuniy egasini roʻyxatdan oʻtkazish davlat reyestrining dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov xatining oldingi qonuniy egasi koʻrsatilgan ustuniga garov xatining yangi qonuniy egasi toʻgʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Garov xatining egasiga davlat reyestriga tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda davlat reyestridan koʻchirma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishda mazkur koʻchirmaga ipoteka koʻrsatilgandan soʻng “garov xatining qonuniy egasi” soʻzlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov xatining yangi qonuniy egasi) toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Garov xati uni boshqa shaxsga (garov xatini garovga oluvchiga) oʻtkazish orqali kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatni yoki shu shaxs bilan garov xatida dastlab koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi yoxud uning oʻzga qonuniy egasi oʻrtasida vujudga kelgan boshqa majburiyatni bajarilishini taʼminlash uchun garov xatining garovi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Garov xatining garovini roʻyxatdan oʻtkazish ipotekani roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat yoʻriqnomaga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipotekani va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar garovini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilgan hujjatlardagi roʻyxatdan oʻtkazish ustxatining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining _______________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish idorasi tomonidan ipoteka / garov xati / garov xatining yangi egasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrining ____-betiga ______-raqam bilan/;
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registrining ____-betiga ______-raqam bilan/;
Tuman (shahar) bino va inshootlar kadastri daftarining ____-betiga ______-raqam bilan/;
Turar-joy bino va inshootlari reyestr daftarining ____-betiga ______-raqam bilan/ 200_ y. “___” ____________da roʻyxatdan oʻtkazish yozuvi kiritildi.