19.01.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

JINOYaTChILIKKA QARShI KURASh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning barcha koʻrinishlariga, xususan, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va giyohvand vositalar hamda psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda bir-birlari bilan tajriba almashishga boʻlgan intilishlarini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning oʻta muhimligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suverenitet, tenglik va oʻzaro foydali hamkorlik tamoyillaridan kelib chiqib, hamda oʻzlarining xalqaro majburiyatlari va qonunchiligiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashda ushbu Bitim qoidalariga muvofiq oʻzlarining vakolatli organlari orqali hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim maqsadlarida vakolatli organlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoyalash qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Quvayt Davlati uchun — Ichki ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirgandan keyin bir oy ichida vakolat doirasi, manzili va boshqa axborotni oʻzida aks etgan vakolatli organlar roʻyxatlarini almashadilar. Tomonlar oʻzlarining roʻyxatlariga kiritiladigan har bir oʻzgarish toʻgʻrisida bir-birlarini zudlik bilan xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar xavfli jinoyatlarning barcha koʻrinishlarini, xususan quyidagilarning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va tergov qilishda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) terrorizm va ekstremizm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) uyushgan jinoyatchilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qalbaki pul belgilari, qimmatbaho qogʻozlar va kredit kartochkalari, hamda pasportlar, vizalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni tayyorlash va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni qonuniylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) oʻq-dorilar, qurol-yarogʻ, portlatish moslamalari, zaharlovchi, portlovchi moddalar hamda radioaktiv materiallarning noqonuniy yurgizilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) koʻchar madaniy va tarixiy boyliklarga tajovuz qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar quyidagilarni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoiy faoliyatga daxldor boʻlgan oʻgʻirlangan buyumlar, shuningdek Tomonlardan birining hududida joylashganligi gumon qilinayotgan transport vositalarining joyini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jismoniy shaxslar, aeroportlar, yoʻllar, tonnellar va boshqa obyektlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida maslahatlashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) maʼlumotlarni ishlab chiqish sohasida xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yetkazib berishni nazorat qilish usulini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni taʼminlash sohasida hamkorlikni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyatning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh etishga hamda ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq boshqa masalalarni hal etishga yordam berishi mumkin boʻlgan axborotni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxslar faoliyati, buyumlar va tegishli hisob-kitoblar boʻyicha hujjatlarni oʻrganish orqali ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyat faktlarini tergov qilishda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatini oldini olishga yoʻnaltirilgan va muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) stajirovkalar, maslahatlashuvlar va seminarlarni tashkillashtirish orqali ham tajriba almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida ikkala Tomon oʻrtasidagi hamkorlik boshqa Tomonga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida yozma soʻrovni yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Tomonlardan biri olgan axborot, uning fikriga koʻra, boshqa Tomon uchun muhim ahamiyatga ega boʻlsa, bunday axborot bu Tomonga soʻrov olinmasdan turib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yordam koʻrsatayotgan Tomon davlati soʻrovning bajarilishida uning maxfiyligini taʼminlash borasida zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrovning bajarilishi inson huquqlariga ziyon keltirsa, suverenitet yoki davlat xavfsizligiga zarar keltirsa, yoxud soʻrayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga zid boʻlsa, Tomonlardan biri uni butunlay yoki qisman rad etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Tomonlardan biri yordamni butunlay yoki qisman rad etsa, bu Tomon boshqa Tomonni yozma ravishda rad javobining sabablarini keltirib xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar, agar bunday axborot maxfiy hisoblansa, yoki yuborayotgan Tomon boshqa sabablarga koʻra uni oshkor etishni istamayotgan boʻlsa, qonunchilikka muvofiq bir-birlaridan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlaydilar. Axborotning maxfiylik darajasini yuborayotgan Tomon belgilaydi. Ushbu qoida mazkur Bitim doirasida taqdim etilgan texnik vositalar, uskuna va materiallarga ham taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan biri taqdim etgan axborot, materiallar va texnik vositalar uchinchi tomonga ularni taqdim etgan Tomonning roziligisiz berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar yoʻlovchi va yuklarning xalqaro tashuvlariga jalb etilgan tijorat tashuvchilari foydalanayotgan transport vositalari ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoiy faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanmasligini taʼminlash maqsadida tegishli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyatni sodir etish uchun transport vositalaridan foydalanishning oldini olish maqsadida tijorat tashuvchilari zarur xavfsizlik choralar koʻrishlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar transport vositalari va yuklardan ruxsatsiz foydalanish hamda tegishli xavfsizlik choralarini amalga oshirish maqsadida chegaradan oʻtkazish nuqtalarida va bojxona nazorati amalga oshiriladigan boshqa hududlarda tijorat tashuvchilari va tegishli organlar oʻrtasida hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim ikkala Tomonning ular imzolagan boshqa ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama shartnomalar boʻyicha huquq yoxud majburiyatlariga ziyon keltirmaydi, shuningdek jinoiy ishlar hamda ushlab topshirish boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish masalalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning yozma roziligiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Bu holda bunday oʻzgartishlar alohida bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlarning vakolatli vakillaridan tashkil topgan Qoʻshma Komissiyani taʼsis etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma Komissiya oʻzaro manfaatli boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish hamda oʻzaro kelishilgan qarorlarni qabul qilish uchun zarur hollarda va tez-tez oʻz majlislarini navbatma-navbat Tomonlar davlatlarining poytaxtlarida oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil amal qiladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki huquqiy protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor etgan soʻnggi xabarnoma olingan kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlardan biri boshqa Tomonni yozma ravishda va diplomatik kanallar orqali uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida oʻz niyati haqida xabardor qilmagunga qadar, oʻz-oʻzidan xuddi shunday muddatlarga uzayaveradi. Ushbu Bitim boshqa Tomonning xabarnomasi olingandan soʻng olti oy oʻtgach amal qilishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Al-Quvayt shahrida 2004-yil 19-yanvarda, hijriy 1424 yil 27 zulqidada, ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 2-3-son)