12.10.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN UKRAINA VAZIRLAR MAHKAMASI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING NOQONUNIY YuRGIZILIShIGA QARShI KURAShDA HAMKORLIK QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik koʻlami va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar (bundan keyin giyohvandlik vositalari deb ataladi) hamda prekursorlarning noqonuniy yurgizilishi tamoyilining kuchayib borayotganligidan tashvishlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishi milliy xavfsizlikka, ular xalqlarining salomatligi va farovonligiga jiddiy tahdid solishini hamda jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tuzilmalariga, ijtimoiy va madaniy sohalariga daxldor muammo ekanligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida 1961-yildagi Yagona konvensiyaning, Psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yildagi konvensiyaning va BMTning Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yildagi konvensiyasi maqsadlaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash ikki tomonlama hamkorlik doirasida muvofiqlashtirilgan harakatni talab qilishini hisobga olib, hamda bir-birlariga zarur koʻmak berishga qatʼiy ahd qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va meʼyorlariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni amalga oshirishda quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish milliy markazi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ukrainadan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ukraina davlat chegaralarini qoʻriqlash Davlat qoʻmitasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik xizmati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona xizmati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan har biri oʻzining vakolatli organlari roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritilganligi toʻgʻrisida boshqa Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni bajarish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqa qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilishni bartaraf etish, giyohvand bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish, giyohvandlik vositalari va prekursorlarning qonuniy yurgizilishi ustidan nazorat, shuningdek ularning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurash sohalarida muvofiqlashtirilgan dasturlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarni xalqaro huquq prinsiplari va meʼyorlariga muvofiq bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatli organlari orqali giyohvandlik vositalarining noqonuniy yurgizilishi, ularni suiisteʼmol qilishga qarshi kurash sohasida, shuningdek quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda prekursorlarni noqonuniy yurgizishga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy va tezkor darajalarda hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini nazorat qilish sohasidagi milliy qonunlarni yaqinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va tarqatilishiga barham berishda, ular kontrabandasi harakat yoʻnalishlarini aniqlashda, jumladan uchinchi davlatlardan kelishini fosh etishda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mamlakatlarida giyohvandlik vositalariga boʻlgan talabni va giyohvandlik koʻlamlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarining noqonuniy yurgizilishini yoʻq qilish va giyohvandlikning oldini olish boʻyicha tajriba almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning vakolatli organlari oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi axborotni almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishga kelib tushish manbalarini aniqlashning shakllari va metodlari hamda ularning tarqatilishini bartaraf qilish choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishidan iborat jinoyatlarni aniqlash, ularning oldini olish va tekshirish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tomonlardan birining davlati hududida giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishi va ularni yashirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Tomonlar davlatlarining tegishli qonunlari va ularni tatbiq etish amaliyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy yurgizilishidan olingan daromadni qonuniylashtirish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) noqonuniy yurgizilishdan tortib olingan yangi va nomaʼlum giyohvandlik vositalarining namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat chegarasini kesib oʻtishda qoʻllanadigan noqonuniy giyohvandlik vositalari va prekursorlar turkumini yashirish yoʻllari, shuningdek ularni aniqlash usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) giyohvandlik vositalari va prekursorlarni noqonuniy tashuvchilar deb topilgan shaxslar, ularni tashishning aniqlangan yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) giyohvandlik vositalarini tayyorlovchi jinoiy guruhlar, giyohvandlik vositalari va prekursorlar operatsiyalari bilan noqonuniy shugʻullanuvchi yoki bunday jinoiy faoliyatda shubhalanilayotgan alohida shaxslar, tijoriy va boshqa tuzilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlik qilish Tomonlar vakolatli organlarining koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrov yozma ravishda yuboriladi. Shoshilinch hollarda ogʻzaki taqdim qilinishi mumkin, biroq ular uch kundan kechiktirmasdan yozma tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovning haqiqiy ekanligi yoki mazmuniga shubha tugʻilsa, uning tasdigʻi soʻrab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻmak soʻrayotgan vakolatli organning nomi hamda koʻmak soʻrab murojaat qilingan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish mohiyatining qisqa bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maqsadning koʻrsatilishi va soʻrovning asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻralayotgan koʻmakning mazmuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Lozim topilsa va imkon boʻlsa, soʻrovnomada quyidagilar ham aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ism va familiyalar, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishga daxldor yuridik shaxslarning nomlanishi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisida axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qilmish yoki voqea tafsiloti, jinoiy ishlar boʻyicha esa qilmishning soʻrayotgan Tomon davlatining qonunlariga koʻra toifasi va qoʻllanadigan qonun tegishli moddasi matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) javob olinishi zarur boʻlgan savollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻrovni bajarishda amal qilinishi lozim boʻlgan alohida tartib va bu zaruratning asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻrovni bajarishda asqotishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻmaklashish toʻgʻrisida berilgan va yozma ravishda tasdiqlangan soʻrovnoma soʻrayotgan vakolatli organning rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari ushbu Bitim doirasida bir-birlaridan olinadigan axborotning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida olingan axborot uchinchi tomonga berilishi zarur boʻlsa, uni taqdim qilgan vakolatli organning yozma roziligini olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim maqsadlariga muvofiq ravishda kadrlar malakasini oshirish sohasida oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq “nazorat qilinadigan yetkazib berish” usulini oʻzaro qoʻllash imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha vakolatli organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish Milliy markazi va Ukraina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlikka qarshi kurash boʻyicha Milliy muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv boʻyicha ushbu Bitimda koʻzda tutilgan vakolatli organlar oʻrtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida Tomonlar muvofiqlashtiruvchi organlarining rahbarlari zarur hollarda maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari va prekursorlarning milliy roʻyxatlarini almashadilar hamda ularga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda rus tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash va talqin qilish boʻyicha bahs va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar ularni muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning roziligi bilan ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular alohida bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi va ushbu Bitim 15-moddasining qoidalariga muvofiq kuchga kirgach, ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uni kuchga kiritish uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali olingan oxirgi bildirishnoma sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmagunicha oʻz kuchida qoladi. Bu holda boshqa Tomon bunday bildirishnomani olganidan soʻng olti oy oʻtgach, ushbu Bitim oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2000-yil 12-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)