Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (Boku shahri, 2000-yil 25-iyul);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari shartlari toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent shahri, 2000-yil 12-oktabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida davlatlar hududida noqonuniy boʻlib turgan shaxslarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida Bitim (Toshkent shahri, 2000-yil 12-oktabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida Bitim (Toshkent shahri, 2000-yil 12-oktabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida 2000 — 2005-yillarda Oʻzbekiston va Ukraina avtomobilsozlik sanoatidan mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 2000-yil 12-oktabr).
2. Bosh vazir oʻrinbosarlari M. Usmonov, R. Yunusov, tashqi ishlar vaziri A. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 7-noyabr,
434-son