Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZQISHLOQXOʻJALIKMASH-XOLDING” KOMPANIYASINI TUGATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 29-DEKABRDAGI PQ-766-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-mart,
41-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 83-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 157-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, idoralar va korxonalarning aylanma mablagʻlari normativlari toʻgʻrisida” 1997-yil 25-fevraldagi 108-son qaroriga ilovadagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” soʻzi esa “Oʻzagromashservis” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-martdagi 97-son qarorida:
a) 1-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzagromashservis” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzagromashservis” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 4-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining va” hamda “boshqa idoralarning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “OʻzKamminzMotor” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 413-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “SamKochavto” qoʻshma korxonasi” soʻzlari “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “SamKochavto” qoʻshma korxonasi” soʻzlari “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzagromashservis” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18 va 19-bandlardagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi hamda 4-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tizimining qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodlariga” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorining 11-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda) “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun XXR Hukumatining imtiyozli kreditidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 3-noyabrdagi 437-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi hamda “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik birlashmasi rahbarlariga” soʻzlari “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik birlashmasi rahbariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8 va 9-bandlardagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik birlashmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar sportini targʻib qilish va bolalar uchun sport tovarlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-iyuldagi 318-son qarorining 4-bandida:
a) “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” (Matchonov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “kompaniyalari” soʻzi “kompaniyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilova 2-roʻyxatining 4.4.5-bandi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida lizing xizmatlarini yanada kengaytirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 18-iyundagi 123-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 3-iyuldagi 326-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadagi 5-pozitsiya.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 19-son, 157-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)