Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlar turlariga tegishli moddiy balanslarning choraklik va oylik ijrosi jadvallarini tuzish prognozlashtiriladigan mavsumiy talab omillari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, monopol mahsulotga mavsumiy talab oshgan davrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga monopolist korxonalar mahsulotlarining yuqori likvidli turlariga moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosi jadvallariga tuzatish kiritishga oid takliflar kiritish;
monopolist korxonalarga yuqori likvidli mahsulotlar turlariga kiritilmagan monopol mahsulotlar turlariga birja savdolariga majburiy qoʻyish hajmini belgilash huquqiga egadir.
3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 2-son, 10-modda) “yil davomida teng ravishda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2008-yil 4-mart,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”, “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi
2. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish prognozlashtirilgan mavsumiy talab omillari hisobga olingan holda tasdiqlangan monopolist korxonalar mahsulotlarining yuqori likvidli turlariga moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosi jadvallariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda monopolist korxonalar tomonidan tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kalendar davrlarga yuqori likvidli monopol mahsulotga prognozlashtiriladigan mavsumiy talab oʻtgan yilning shu davrlarida bunday mahsulotning birja savdolariga qoʻyilishi va sotilishini tahlil qilishdan kelib chiqib belgilanadi.
4. Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi birja savdolarida sotiladigan yuqori likvidli monopol mahsulotga talabni doimiy asosda oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish nazarda tutilgan yuqori likvidli monopol mahsulotlar hajmi aniqlangan mavsumiy talabga mos kelmagan taqdirda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligiga muayyan kalendar davrda birja savdolariga qoʻyiladigan ushbu mahsulotning hajmini koʻpaytirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot hajmiga tuzatish kiritishga doir takliflar kalendar davrga tuzatish kiritish uchun belgilanadigan oy boshlanishidan bir oydan kechikmay kiritilishi mumkin.
5. Muayyan kalendar davrga yuqori likvidli monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish hajmini koʻpaytirish:
yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan;
oldingi davrlarda birja savdolarida sotilmagan;
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq keyingi davrlarda birja savdolariga qoʻyish nazarda tutilgan hajm hisobiga amalga oshiriladi.
6. Moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosining tuzatish kiritilgan jadvallari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan monopolist korxonalarga va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga tuzatish kiritiladigan kalendar davr boshlanishidan kamida 20 kun oldin yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Kalendar davrga tuzatish kiritilgan jadvallar asosida monopolist korxonalar jadvallar olingan kundan boshlab 10 kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda ushbu davrning har oyi mobaynida monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini hajmlarni birja savdolari kunlari boʻyicha boʻlib chiqqan holda tasdiqlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida nazarda tutilmagan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish monopolist korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan monopolist korxonalarda yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan monopol mahsulot hajmi mavjudligi va talab mavjud boʻlgan bir sharoitda bunday mahsulotning birja savdolariga qoʻyilmaganligi aniqlangan taqdirda — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Birja savdolariga qoʻyiladigan monopol mahsulotlarning aniq turlari va hajmini aniqlash uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasida masʼul xodimlardan iborat tarkibda maxsus komissiya tashkil etiladi. Komissiya raisi, tarkibi va ish reglamenti Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Monopol mahsulotlarning turlari va hajmi, ularni birja savdolariga qoʻyish davrlari ularga boʻlgan mavsumiy talabdan kelib chiqib monopolist korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan hajm hisobiga komissiya tomonidan belgilanadi.
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qaror komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining uni ijro etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi monopolist korxonalarga Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining koʻrsatib oʻtilgan qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda yetkaziladi.
Monopolist korxonalar komissiyaning qarori va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining koʻrsatmasi olingandan keyin 10 kun mobaynida Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda monopol mahsulotlarni birja savdolari kunlari boʻyicha qoʻyish jadvallarini tasdiqlaydilar. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga birinchi qoʻyish monopolist korxonalar tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan deklaratsiyada koʻrsatilgan darajada boshlangʻich narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilishini nazorat qilish
10. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilishini nazorat qilish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nazorat qilish monopolist korxonalar va birjalarning axborotini oʻrganish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish vositasida amalga oshiriladi.
12. Monopolist korxonalar har oyning 3-kunidan kechikmay Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga oldingi oyda birja savdolariga qoʻyilgan va sotilgan monopol mahsulotlar hajmi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish hajmi va muddatlarini xolisona va monopolist korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda monopolist korxona bu haqda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini oldindan xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Birjalar har kuni Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga qoʻyilgan monopol mahsulotlarning haqiqiy hajmi, tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek har haftada — birja savdolari natijalari boʻyicha shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
15. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyishning ushbu Nizomda nazarda tutilgan jadvallari bajarilmasligi monopolist korxonalarning oʻz ustunlik mavqeyini suiisteʼmol qilishi deb baholanadi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga muvofiq ularning javobgarligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)