OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
ISHLAYOTGAN ONALARGA BOLANI IKKI YOSHGA TOʻLGUNGACHA PARVARISH QILISH BOʻYICHA HAR OYLIK NAFAQA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDAGI QARORIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-fevralda 1113-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2002-yil 18-fevraldagi 558 va 35-sonli, “Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2002-yil 14-mart roʻyxat raqami 1113 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-fevral,
2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-fevral,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 52-modda)