21.11.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKIYoQLAMA SOLIQQA TORTIShNING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA SARMOYa SOLIQLARINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Konvensiyaning qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Shaxslarga nisbatan qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar nomidan yoki ularning mahalliy hokimiyat organlapi nomidan olinayotgan daromad va sarmoya soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va sarmoya soliqlariga umumiy daromaddan, umumiy sarmoyadan yoki daromad yoki sarmoyaning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlapdan, hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar, shuningdek, sarmoya qiymatining oshishidan undiriladigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya qoʻllanadigan amaldagi soliqlar, jumladan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-yuridik shaxslarning foydasidan (daromadidan) olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular manbadan undirish yoʻli bilan yoki boshqacha yoʻl bilan olinishidan qatʼi nazar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Italiya Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-daromaddan olinadigan korporativ soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular manbadan undirish yoʻli bilan yoki boshqacha yoʻl bilan olinishidan qatʼi nazar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Italiya soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiya imzolangan sanadan soʻng mavjud soliqlarga qoʻshimcha yoki ular oʻrniga kiritilgan har qanday oʻxshash yoki mohiyati jihatidan bir xil soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oʻzlarining tegishli soliq qonunlarida boʻlgan har qanday muhim oʻzgapishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyada, agar matn mazmunidan boshqacha maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va geografik maʼnoda ishlatilganda uning hududini, hududiy suvlarini va osmon kyengliklarini oʻz ichiga oladi, ana shu hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, oʻzining suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Italiya” atamasi Italiya Respublikasini anglatadi va Italiya qonunlari hamda xalqaro huquqqa binoan Italiya hududiy suvlaridan tashqaridagi tabiiy resurslar, dengiz tubi, yer osti va yer usti suvlarini tadqiq qilish va ishlab chiqishga boʻlgan suveren huquqlarini amalga oshiradigan har qanday zonani oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda Oʻzbekistonni yoki Italiyani bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani va shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday korporativ birlashmani yoki har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvida ishlab turgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvida ishlab turgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida har qanday tashishni anglatadi, qachonki, dengiz yoki havo kemasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) “fuqarolar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan barcha yuridik shaxslarni, sheriklik va assotsiatsiyalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “vakolatli idora” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekistonga nisbatan — Davlat soliq qoʻmitasini,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Italiyaga nisbatan — Moliya vazirligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani Ahdlashuvchi Davlat qoʻllaganida, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzgacha maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan mazkur Davlat qonunlarida qoʻllangan maʼnoni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlib turish joyi, boshqaruv joyi yoki shunga oʻxshash har qanday boshqa mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq bu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan manbalardan yoki sarmoyadan daromad olayotgani uchungina ushbu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikki Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyi joylashgan Davlatninggina rezidenti hisoblanadi. Agar u har ikki Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari qalinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki u Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) agar u odatda har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boʻlsa yoki ularning hech birining fuqarosi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralapi bu masalani oʻzaro kelishuvga muvofiq hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkisining rezidenti boʻlsa, oʻzining amaldagi boshqaruv idorasi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadi uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) kon, karyer yoki tabiiy resurslarni qazib olishga taalluqli har qanday boshqa joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 12 oydan ortiq vaqt mobaynida mavjud boʻlgan qurilish maydonchasi, montaj yoki yigʻish obyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi, deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) inshootlardan kopxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadidagina foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadidagina ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasining boshqa korxona qayta ishlashi maqsadidagina ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki korxona uchun axborot yigʻish maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat reklama maqsadida, axborotni yetkazib berish, ilmiy tadqiqot uchun yoki boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar 5-bandda koʻrsatilganlar tatbiq etilishi mumkin boʻlgan mustaqil maqomli agentdan boshqa boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning birida boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatdan foydalansa, agar faqat uning faoliyati korxona uchun tovar yoki buyumlarni xarid qilish bilangina cheklanib qolmasa, u birinchi eslatilgan Davlatda doimiy muassasa deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi, agar boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritgan taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki shu kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Daromadning soliqqa tortilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat soliq qonunlarida belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunlarning qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalarini oʻz ichiga oladi. Koʻchmas mulkning uzufrukti va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamalarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqi, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqi ham koʻchmas mulk sifatida qaraladi. Kema, qayiq va havo kemalariga koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻrifoydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1- va 3-bandlar qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlarga ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining foydasi faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlmasa. Korxona, oʻz faoliyatini yuqorida aytilgan tarzda amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ammo faqat quyidagilarga taalluqli boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ana shu doimiy muassasaga; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ana shu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali sotiladigan xuddi shu turdagi yoki ana shu kabi tovar yoki buyumlarning sotilishiga tegishli qismi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, unda har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda, agar u alohida va mustaqil korxona boʻlib, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirib, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida va doimiy muassasa hisoblanib, korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish yuritgan holda olishi mumkin boʻlgan foyda kabi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadi uchun sarflangan xarajatlarni chegirishga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadi uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga royalti, gonorarlar yoki boshqa shunday toʻlovlar sifatida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun toʻlangan toʻlovlar yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoxud menejmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash tarzida, yoki ushbu doimiy muassasaga berilgan qarz puliga foizlarni toʻlash tarzida toʻlangan pul miqdorini, bank korxonasiga tegishli boʻlgan hollardan tashqari, agar ular umuman bor boʻlsa (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari), hech qanday chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻladigan foydani korxona foydasining umumiy miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida belgilash odatdagi hol boʻlishiga qaramasdan, 2-banddagi hech qanday holat ushbu Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani amaliyot taqozo qiladigani kabi ana shunday taqsimot vositasida belgilashiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq tanlangan taqsimot usuli shunday boʻlishi kerakki, natija ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlar xarid qilinishi asosida doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub foyda, agar boshqasi uchun asosli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil metodda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtiladigan daromad turlarini ham qamrab olsa, ularning qoidalariga ushbu modda qoidalari daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Dengiz va havo transporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda kemalar va samolyotlardan foydalanishdan oladigan foydasi faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kema qatnovi korxonasining amaldagi boshqaruv idorasi kema bortida joylashgan boʻlsa, unda tegishlicha, bunday idora kemaning hisobda turgan porti joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda, deb hisoblanadi, agar bunday hisobda turadigan port boʻlmasa, kemaning foydalanuvchisi rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pul(daromad va xarajatlari umumiy boʻlgan jamgʻarma)da, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro transport tashkilotida ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoxud bilvosita qatnashsa va har qanday holda ham korxonalar oʻrtasida ularning tijoriy va moliyaviy munosabatlaridan mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan oʻzgacha sharoitlar vujudga keltirilsa yoki oʻrnatilsa, unda bunday munosabatlar natijasida bir korxonada toʻplangan foyda ana shunday munosabatlar sababli bunday hajmda boʻlmasa ham, ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli darajada soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani, shuningdek soliqlarni kiritganida, shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Har qanday bunday tuzatish ushbu Konvensiyaning 26-moddasida va Bayonnomaning 7- va 8-bandlarida nazarda tutilgan oʻzaro kelishuv tartib-qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ana shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar oluvchi dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda shu tarzda olinadigan soliqning miqdori dividendlar yalpi miqdorining 10 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari bunday cheklashlarni qoʻllash usulini belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band dividendlar toʻlanadigan foydaga nisbatan kompaniyaning soliqqa tortilishiga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida aksiyalardan, aksiyalardan “foydalanish”dan yoki huquqlardan “foydalanish”dan, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan, muassislar aksiyalaridan yoki qarz talabnomalari boʻlmagan, foydada qatnashishga huquq beradigan boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek boshqa korporativ huquqlardan olinadigan, foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti hisoblangan Davlatning soliq qonunlariga muvofiq aksiyalardan olingan daromad kabi soliqlar orqali tartibga solinishi lozim boʻlgan daromadni ham anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani holda ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti oʻz faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa, yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, dividendlar ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning oʻz qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarga hech qanday soliq solishi mumkin emas. Dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar esa bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto, toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan taqsimlanmagan foyda soligʻi olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday foizlar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq, agar oluvchi foizlarning amaldagi egasi boʻlsa, shunday tarzda olinadigan soliq, foizlar yalpi miqdorining 5 foizdan oshmasligi kerak. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oʻzaro kelishuvga binoan bunday cheklashni qoʻllash usulini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-banddan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan foizlar quyidagi hollarda ushbu Davlatda soliqdan ozod qilinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlat hukumati yoki shu Davlatning mahalliy hokimiyat organlari boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) foizlar boshqa Ahdlashuvchi Davlat hukumatiga yoki shu Davlatning mahalliy hokimiyat organlariga yoki har qanday muassasalari (shu jumladan, moliyaviy muassasalari)ga toʻlanadigan boʻlsa, va ushbu Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi yoki shu Davlatning mahalliy hokimiyatlari toʻlaligicha ularga egalik qilsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) foizlar Ahdlashuvchi Davlat hukumatlari oʻrtasida tuzilgan bitimga binoan qoʻllanadigan ssudalarga nisbatan har qanday boshqa muassasalar (shu jumladan, moliyaviy muassasalar)ga toʻlanadigan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, va har qanday turdagi foydalar va qarz talabnomalarida qatnashish huquqidan qatʼi nazar, hukumatning qimmatli qogʻozlari, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shuningdek ushbu daromad vujudga kelgan Davlatning soliq qonunlari boʻyicha ssuda qilingan pul miqdorlaridan olingan daromadga tenglashtiriladigan barcha boshqa daromadlarni ham anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1-, 2- va 3-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda foizlar ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, uning mahalliy hokimiyat organlari yoki rezidenti boʻlsa, foizlar ushbu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanayotgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi va foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan foizlar miqdoriga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda, foizlar miqdorining ortiqcha qismidan ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday royaltilar ular vujudga keladigan Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq agar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti royaltining amaldagi egasi boʻlsa, unda bu tariqa undiriladigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oʻzaro kelishuvga muvofiq, bunday cheklashni qoʻllash usulini aniqlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanganda har qanday adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni, shu jumladan radio va televideniye uchun foydalaniladigan kinofilmlar, film yoki kassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, reja, maxfiy formula yoki jarayon uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun yoxud sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat va ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilar benefitsiari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda royalti ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning oʻz qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Davlatning oʻzi, mahalliy hokimiyat organi yoki rezidenti boʻlsa, royalti shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, agar royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Sarmoya qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidenti tomonidan 6-moddaning 2-bandida belgilangan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkini begonalashtirishdan olingan daromadlari, bunga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda shu korxona tomonidan foydalaniladigan kemalar yoki samolyotlarni begonalashtirishdan yoki shunday kemalar, samolyotlardan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromad, 1-, 2- va 3-bandlarda eslatilganlardan tashqari, begonalashtiruvchi shaxs rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlari yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyati uchun oladigan daromadi faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi, qachonki, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning ixtiyorida oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadi uchun muntazam foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy baza mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno. Agar u shunday doimiy bazaga ega boʻlsa, unda daromadning faqat ushbu doimiy bazaga tegishli qismi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, sanʼatkorlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16-, 18-, 19- va 20-moddalar qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining yollanma ish uchun oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar shu yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) taqdirlash haqi oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida turgan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) taqdirlash haqi boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) taqdirlash haqi boʻyicha xarajatlarni yollovchining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi yoki doimiy bazasi oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemasi bortida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlash haqlari shu dengiz yoki havo kemasidan foydalanadigan korxona rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida olinadigan Direktorlarning gonorarlari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadi shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga hisoblansa, 7-, 14- va 15-moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromad sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining jamoat jamgʻarmalari yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1- va 2-band qoidalari sanʼat xodimi yoki sportchilar tomonidan ushbu Davlatda amalga oshiriladigan faoliyatdan olinadigan daromadga taalluqli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda 2-bandi qoidalariga muvofiq, boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblangan jismoniy shaxslarning yollash boʻyicha avvalgi ishlari uchun tovon sifatida bir Ahdlashuvchi Davlat manbaidan oladigan va ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tegishli ravishda soliqqa tortiladigan barcha nafaqa va taqdirlash haqlari birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. (a) Bir Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlaydigan taqdirlash haqlari, nafaqadan tashqari, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Biroq, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday taqdirlash haqlari faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shu Davlatning fuqarosi boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) shunday xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. (a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi yoxud ular tomonidan tuzilgan jamgʻarmalar tomonidan shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat organi uchun koʻrsatayotgan xizmatiga nisbatan jismoniy shaxsga toʻlaydigan har qanday nafaqa faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq, agar jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va fuqarosi boʻlsa, bunday nafaqa faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan taqdirlash haqlariga va nafaqalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Professorlar va oʻqituvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga universitet, kollej, maktab yoki boshqa oʻquv yurtlarida taʼlim berish yoki tadqiqot oʻtkazish maqsadida ikki yildan oshmaydigan davrga vaqtincha tashrif buyurgan hamda tashrifga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib turgan yoki boʻlgan professor yoki oʻqituvchi birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda shunday oʻqitish yoki tadqiqot oʻtkazishga nisbatan beriladigan taqdirlash haqlari soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan va birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadida yashab turgan talaba yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun oladigan toʻlovlari, bunday toʻlovlarning ana shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlganligi sharti bilan shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari, daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, 1-bandining qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, daromad turlari ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning oʻz qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Sarmoyaning soliqqa tortilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Sarmoya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mulk tarzidagi sarmoya ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulk sifatidagi yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulk sifatidagi sarmoyasi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari tarzidagi hamda shunday dengiz va havo kemalaridan foydalanishga taalluqli koʻchar mulkdan iborat sarmoya faqat shu korxona joylashgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti sarmoyasining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkiyoqlama soliqqa tortish ushbu moddaning quyidagi bandlariga muvofiq bartaraf qilinadi, deb kelishib olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Italiyaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Italiya rezidenti Oʻzbekistonda soliqqa tortiladigan daromad turlariga ega boʻlsa, unda Italiya ushbu Konvensiyaning 2-moddasida koʻrsatilgan daromadga nisbatan soliqni belgilashda, bunday holat ushbu Konvensiyaning muayyan qoidalarida alohida nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday soliqlar undiriladigan bazaga qarab unga daromadlarning yuqorida koʻrsatilgan turlarini kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, Italiya shu tarzda hisoblangan soliqlardan Oʻzbekistonda toʻlangan daromad soligʻini chegirib tashlaydi, biroq bunday chegirma yuqorida eslatilgan Italiya soligʻining ushbu qismidan ortiq boʻlmasligi kerak va bunday daromad turlari umumiy daromadga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, agar daromad turi yuqorida koʻrsatilgan daromaddan uni oluvchining talabiga koʻra, Italiya qonunlariga muvofiq soliq butunlay undirilishi lozim boʻladigan boʻlsa, bunday chegirmaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekistonga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiyaga muvofiq Italiyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki sarmoyaga egalik qilsa, bunday holda Italiyada toʻlangan ana shunday daromad yoki sarmoyadan olinadigan soliq miqdori shunday shaxs tomonidan Oʻzbekistonda toʻlangan soliqdan chegirib tashlanadi. Biroq, ana shunday daromad yoki sarmoyaga bunday chegirish ushbu modda qoidalariga daxlsiz boʻlgan Oʻzbekiston qonunlari va yoʻriqlariga muvofiq hisoblangan soliq miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Diskriminatsiya qilmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlat fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlganidan boshqacha yoki ortiqroq har qanday soliqqa tortishlarga yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador majburiyatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida, shuningdek, 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ana shu boshqa Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliqqa tortish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqei yoki oilaviy majburiyati hisobiga beradigan har qanday shaxsiy pul yordami, chegirmalar yoki soliq imtiyozlari berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, royaltilari va boshqa qarz toʻlovlari, bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlganda qoʻllanadigan shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Shunga oʻxshash tarzda, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti oldidagi har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqqa tortiladigan sarmoyasini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidenti oldidagi qarzlarga doir shartlar asosida chegirilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari sarmoyasi toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatga tegishli boʻlgan, yoki shu Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda qoidalari, 2-modda qoidalariga qaramay, turli xil va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Biroq ushbu moddaning bundan oldingi bandlarida eslatilgan qoidalar soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish va ularning oldini olish uchun ichki qoidalarning qoʻllashini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli idorasiga yoki agarda uning holati Konvensiyaning 25-modda 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortilishiga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor eslatilgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli idora uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga nomuvofiq soliqqa tortishdan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli idorasi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin. Agar kelishuvga erishish uchun ogʻzaki fikr almashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblansa, unda bunday fikr almashuv Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli idoralari vakillaridan iborat Komissiyada boʻlib oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari ushbu Konvensiya qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga tegishli ichki qonunlarini qoʻllash uchun ushbu qonunlardan mazkur Konvensiyaga zid tushmaydigan darajada foydalanish, shuningdek soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish maqsadida zarur axborotlarni almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olayotgan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, hamda faqat aniqlash, yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki ushbu Konvensiya qoʻllaniladigan soliqlarga nisbatan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki idoralargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy idoralarga ham) ochiladi. Bunday shaxslar yoki idoralar bu axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular axborotni ochiq sud majlislarida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ham ushbu moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunlari yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) savdo, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini oshkor qiladigan axborotni yoki davlat siyosati (jamoat tartibi)ga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquqning umumiy meʼyorlariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Soliqlarning qaytarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan manbadan undiriladigan soliqlar, agar yuqorida koʻrsatilgan soliqlarni undirish huquqi ushbu Konvensiyaning qoidalariga zid boʻlsa, soliq toʻlovchining talabiga koʻra qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliqlarni qaytarishi lozim boʻlgan oʻsha Davlatning qonunchiligida belgilangan muddatlar mobaynida berilishi lozim boʻlgan soliqlarning qaytarilishi haqidagi talabnoma ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan imtiyozlarning qoʻllash huquqiga ega boʻlish talab qilinadigan shart-sharoitlarning mavjudligini tasdiqlaydigan, soliq toʻlovchi rezidenti boʻlgan oʻsha Davlatning rasmiy guvohnomasi asosida taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari ushbu moddani qoʻllash usulini oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Konvensiyaning 26-moddasi qoidalariga muvofiq belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish mumkin qadar avvalroq boʻlib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiya ratifikatsiya yorliqlarini almashish sanasida kuchga kiradi va uning qoidalari quyidagi tarzda amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvardan keyin olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanadigan har qanday soliqqa tortiladigan davr mobaynida toʻlanishi lozim boʻlgan daromad soliqlariga yoki sarmoyadan olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatgunigacha oʻz kuchini saqlab qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini diplomatik yoʻllar orqali amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtganidan keyin har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolgunigacha xabarnoma yuborish bilan toʻxtatishi mumkin. Bunday holda, Konvensiyaning amal qilishi quyidagi tarzda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bildirishnoma berilgan yildan keyin bevosita boshlanadigan taqvimiy yilda birinchi yanvardan boshlab olinadigan daromaddan manbada undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bildirishnoma berilgan yildan keyin bevosita boshlanadigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvardan keyin boshlanadigan har qanday soliqqa tortiladigan yil uchun daromad soliqlari va sarmoyadan undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rim shahrida 2000-yil 21-noyabrda ikki nusxada har biri oʻzbek, italyan va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Qandaydir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 2-son)