Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ITALIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDAGI IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTISHNING OLDINI OLISH HAMDA DAROMAD VA SARMOYA SOLIQLARINI TOʻLASHDAN BOSH TORTISHNI BARTARAF QILISH TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
179-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 170-modda)