Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2016 26.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 697-4
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOJXONA TOʻLOVLARINI TOʻLASh MUDDATINI UZAYTIRISh VA KEChIKTIRISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 697-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 17-noyabrdagi 01-02/8-62-sonli “Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlarini uzaytirish va ularni boʻlib toʻlashga imkon berish boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 697-6, 30.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 110-moddasi (Oliy Majlis axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi PQ-416 sonli “Mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 28-29-son, 267-modda) muvofiq qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 16-martdagi 03/8-78-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Markaziy bank bilan 121-V-sonli va Moliya vazirligi bilan 24-sonli roʻyxat raqamlari orqali kelishilgan “Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini uzaytirish va kechiktirish boʻyicha yoʻriqnoma”ga (1999-yil 8-aprel, roʻyxat raqami 697) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 540-modda)