14.07.2006 yildagi PQ-416-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYuMLARI IShLAB ChIQARUVChILARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning dori-darmon va tibbiyot buyumlari ichki bozorida raqobat muhitini shakllantirish, aholining raqobatbardosh mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2006-yilning 1-iyulidan 2009-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari, shuningdek ular tomonidan oʻzlari dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo va materiallar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelinadigan xomashyo va materiallarga boj toʻlovlarini bojxona rasmiylashtiruvidan keyin 60 kundan kechiktirmay toʻlash tartibi oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan birgalikda bir oy muddatda, chetdan olib kelinganida mazkur qarorda belgilangan imtiyozlar qoʻllanadigan xomashyo va materiallar Roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi chetdan olib kelinganida mazkur qarorda belgilangan imtiyozlar qoʻllanadigan xomashyo va materiallardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo va materiallardan maqsadli foydalanilmagan holatlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hamda xomashyo va materiallarni sotishdan tushgan daromad qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar joriy etilishini hisobga olgan holda budjetga undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2006-yil 1-iyuldan boshlab dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-sonli qarorining 1-bandida isteʼmol tovarlari ishlab chiquruvchilar uchun belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzfarmsanoat” DAK 2006-yilning 1-sentabrigacha “Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda dori-darmon va tibbiyot buyumlarini tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish kompleks dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-416-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 267-modda)