Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2013 29.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1744
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 29-noyabrda 1744-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 09.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 155-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shakli 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2007-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son

Moliya vazirining
2007-yil 30-oktabrdagi 98-sonli buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shakli
20___ yil ____________uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining nomi‎
Pochta manzili‎
Litsenziya turi, raqami va berilgan sanasi‎
Ustav kapitali‎
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎
Auditorlarning jamoat birlashmasida aʼzoligi‎
Telefon/faks, E-mail ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Auditorlik tashkiloti rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar nomi‎

Satr raqami‎

Rahbarning familiyasi, ismi va sharifi‎ 01‎
Rahbarning lavozimga tayinlangan sanasi‎ 02‎
Pasport maʼlumotlari va yashash joyi‎ 03‎
Rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining raqami va sanasi ‎ 04‎
Malaka oshirish kursini oʻtgan joyi va sanasi‎ 05‎
Rahbarning attestatsiyadan oʻtganligi‎ 06‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tashkilot xodimlarining soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar nomi‎

Satr raqami‎

Hisobot sanasiga‎

1‎ 2‎ 3‎
Xodimlar soni — jami,‎ 07‎
ulardan auditorlar‎ 08‎
Shu jumladan:‎
a) shtatdagi auditorlar‎ 09‎
b) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan auditorlar‎ 10‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik- huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorning familiyasi, ismi va sharifi‎ Lavozimga tayinlangan sana‎ Auditor malaka sertifikatining raqami va sanasi‎ Malaka oshirishdan oʻtgan sanasi va joyi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar nomi‎‏ Satr raqami‎‏ Hisobot davrida Oʻtgan yilning tegishli davrida‎‎‎
auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni‎ xizmatlar summasi‎ auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni‎ xizmatlar summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Auditorlik xizmatlari hajmi — jami,‎ 11‎
shu jumladan:‎
a) majburiy auditorlik tekshiruvlari‎ 12‎
b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari ‎ 13‎
v) professional xizmatlar‎ 14‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar nomi‎‏ Satr raqami‎‏ Hisobot davrida‎‎‎
soni‎ xizmatlar summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
Majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — jami,‎ 15‎
shu jumladan, asosiy faoliyati boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi sohalarga taalluqliligi: ‎
sanoat (yengil va oziq-ovqat sanoati, elektroenergetika bundan mustasno)‎ 16‎
yengil va oziq-ovqat sanoati‎ 17‎
elektroenergetika‎ 18‎
qurilish‎ 19‎
transport, aloqa‎ 20‎
qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi‎ 21‎
savdo va umumiy ovqatlanish‎ 22‎
boshqalar‎ 23‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Auditorlik xulosalari boʻyicha maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar nomi Satr raqami‎‏ Hisobot davrida
jami‎‏ shu jumladan:‎‎
ijobiy xulosalar‎ salbiy xulosalar‎ auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Berilgan auditorlik xulosalarining soni — jami,‎ 24‎
shu jumladan:‎
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan korxonalar boʻyicha‎ 25‎
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha‎ 26‎
‎‎
‎Auditorlik tashkilotining rahbari

‎‎
‎_______________

‎___________________

‎‎(familiyasi)‎

‎‎(imzo)‎

‎‎20___ yil “___” _______________

‎‎(maʼlumotlarni toʻldirish sanasi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining
2007-yil 30-oktabrdagi 98-sonli buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot” shaklini toʻldirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALAR

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 155-modda) qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni (bundan keyingi oʻrinlarda — Maʼlumotlar) taqdim etish auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumotlar qoʻlda yoki pochta orqali 1-iyul va 31-dekabr holatlariga koʻra belgilangan sanadan keyin 20 kundan kechikmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. III, IV va V boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan buyon jamlangan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumotlarda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Auditorlik tashkilotida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun), toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Maʼlumotlardagi yozuvlar yozuv mashinkalari, mexanizatsiya vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumotlarning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik tashkilotining nomi”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pochta manzili”da — belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyaning turi, raqami va berilgan sanasi”da — ruxsat etilgan auditorlik tekshiruvi turini qayd etgan holda olingan litsenziyaning sanasi va raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ustav kapitali”da — amalda shakllantirilgan ustav kapitalining summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami”da — auditorlik tashkilotining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlarning jamoat birlashmasida aʼzoligi”da — auditorlik tashkiloti aʼzo boʻlgan auditorlarning jamoat birlashmasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Telefon/faks, e-mail”ida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni raqami, elektron pochtasi (e-mail)ning manzili koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik tashkiloti filiallarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auditorlik tashkilotining Maʼlumotlariga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumotlar rahbar tomonidan imzolanadi va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼlumotlarda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼlumotlarda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tashkiloti amalda faoliyat koʻrsatgan vaqtdan qatʼi nazar, Maʼlumotlar har yarim yilda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Auditorlik tashkiloti rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning familiyasi, ismi va sharifi (toʻliq) (01 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning lavozimga tayinlangan sanasi, tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi (02 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport maʼlumotlari, yashash joyi (pasport boʻyicha) (03 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (04 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarini oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: kurslarni oʻtgan sanasi, kurslarni oʻtagan oʻquv markazining nomi (05 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtgan sana (06 satr).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkilot xodimlarining soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 07 satrda hisobot sanasi holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 08 satrda hisobot sanasi holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan auditorlarning soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan son shtatdagi auditorlar (09 satr) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga (10 satr) asosan ishlayotgan auditorlar boʻyicha taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
08 satr 09 va 10 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va sharifi (1 ustun), uning lavozimga tayinlangan sanasi (2 ustun), malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3 ustun), auditor tomonidan malaka oshirilganligi sanasi va oʻtgan joyi (4 ustun) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalda koʻrsatilgan auditorlarning soni 08 satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 11 satrning 3 ustunida hisobot davri mobaynida auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni, 4 ustunida — hisobot davri mobaynida koʻrsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi. 5 va 6 ustunlarda oʻtgan yilning tegishli davri boʻyicha xuddi shunday koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 12, 13 va 14 ustunlarda mos ravishda hisobot davrida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari va professional xizmatlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 11 satr 12, 13 va 14 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” bobida hisobot davri mobaynida tekshiruv oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tavsiflaydigan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 15 satrda majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 satr 16 dan to 23 gacha boʻlgan satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 16—23 satrlarda auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (15 satr) faoliyat turlari boʻyicha taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu satrlarni toʻldirishda auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun faoliyatning faqat bir (asosiy) turi tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga berilgan XXTUT kodi boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 16 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Sanoat” boʻlimida (10000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yengil va oziq-ovqat sanoati, elektroenergetika bundan mustasno, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 17 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Engil va oziq-ovqat sanoati” boʻlimida (17000, 18000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 18 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Elektroenergetika” boʻlimida (11100) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 19 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qurilish” boʻlimida (60000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 20 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Transport, aloqa” boʻlimida (50000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 21 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi” boʻlimida (20000, 30000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 22 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Savdo va umumiy ovqatlanish” boʻlimida (70000) XXTUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 23 satrning 3 va 4 ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha boshqa boʻlimlar boʻyicha XXTUT kodiga ega boʻlgan, “a” — “j” quyi bandlarda qayd etilganlardan tashqari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mos ravishda, koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Auditorlik xulosalari boʻyicha maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 24 — 26 satrlarda oʻtkazilgan majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot davri mobaynida berilgan auditorlik xulosalari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaning vaqtidan, shartnoma boʻyicha amalda bajarilgan ishning vaqtidan va bunday xizmatlar uchun haq toʻlangan vaqtdan qatʼi nazar, auditorlik xulosasida qayd etilgan sana auditorlik xulosasining berilgan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 24 satrning 3 ustunida berilgan auditorlik xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. Ushbu auditorlik xulosalarning koʻrsatilgan soni quyidagilar boʻyicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (25 satr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (26 satr).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 24 satr 25 va 26 satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jadvalda 3 ustunning koʻrsatkichlari 4—6 ustunlar boʻyicha 70-sonli Auditorlik faoliyatining milliy standarti “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”da (2001-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1016 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 5-son) koʻzda tutilgan auditorlik xulosalarining turlari boʻyicha taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston auditorlar Palatasi raisi R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 29-oktabr

Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TOʻLAXOʻJAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 29-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 493-modda)