Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda mustaqil audit tizimini yanada rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish usullarini qo‘llash, auditorlik tekshiruvlarining natijalari va xolisligi uchun ularning javobgarligini kuchaytirish, shu orqali tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan ularga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga auditorlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi sifatida yuklatilgan vazifalarini bajarishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2008-yilning 1-yanvarigacha mazkur qarorda tasdiqlangan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan ustav kapitali miqdorlariga yetkazish va faoliyatni tashkil etish hamda litsenziya shartlari bo‘yicha majburiy talablarni bajarishni ta’minlasin.
auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom talablari va shartlariga to‘liq javob beradigan faoliyat ko‘rsatayotgan auditorlik tashkilotlarini belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya bersin;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlarining faoliyatini belgilangan tartibda to‘xtatish va litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsin.
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va auditorlik tashkilotlarining maqomi, vazifasi, majburiyatlari, huquq va javobgarligini belgilab beradi.
2. Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, auditorlik faoliyatining standartlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida beshinchi-oltinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, auditorlik faoliyatining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi