Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013 06.12.2007 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTORLAR TOMONIDAN OʻZ IShLAB ChIQARISh EHTIYoJLARI UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRILADIGAN MOL-MULKKA NISBATAN BOJXONA IMTIYoZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshiga va “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi oltinchi qismiga muvofiq xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga koʻra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yoʻli bilan amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy investorlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk bojxona boji solishdan ozod etilishi boʻyicha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ham joriy etilganligi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy investorlar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkni bojxona boji solishdan ozod etish boʻyicha imtiyozlar 2008-yil 1-yanvardan boshlab ustav sarmoyasida xorijiy investorning ulushi kamida 33 foiz boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 486-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)