Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 21.11.2007 yildagi PQ-733-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 21.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTEʼMOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻQIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining yuqori likvidli resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek sifatli, eksportga yoʻnaltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan barcha korxonalari uchun paxta tolasini erkin ayirboshlanadigan valyutada “Oʻzpaxtaeksport” AJ va Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq xarid qilishning yagona tartibi oʻrnatilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PF-4854-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 527-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalariga ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) shartnoma tuzish paytida tarkib topgan jahon narxlaridan past boʻlmagan narxlarda erkin muomaladagi valyutaga (qoʻshilgan qiymat soligʻi nulinchi stavka boʻyicha qoʻshib hisoblangan holda) sotib olishga ruxsat berish boʻyicha imtiyozlar muddati 2011-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, respublikaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy realizatsiya hajmida 80 foiz va undan ortiq foiz tayyor toʻqimachilik mahsulotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy realizatsiya hajmida 60 foiz va undan ortiq foiz toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarini (kalava ip, gazlama, trikotaj polotno) erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari mol-mulk soligʻi toʻlashdan 2016-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrga ozod qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-733-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 467-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda, 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5197/0045-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)