Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 28.03.2011 yildagi PQ-1512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARINI JADAL RIVOJLANTIRISHNI RAG‘BATLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishni ta’minlash, paxta tolasini yanada chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirishni kuchaytirish va zamonaviy raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori 6-bandida ko‘zda tutilgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar tomonidan olib kirilayotgan ximikatlar, bo‘yoqlar, furnitura va aksessuarlar, shuningdek, respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallarni import bojxona bojlari to‘lashdan ozod qilishga oid imtiyozning amal qilish muddati 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori 6-bandining amal qilishi barcha tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarga 2020-yilning 1-yanvariga qadar to‘qimachilik yarim fabrikatlarini (kalava, gazlama, trikotaj polotnosi, paxta yigirish chiqitlari, aksessuarlar va furnitura) qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasida xarid qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi va respublikadagi to‘qimachilik korxonalari bilan birgalikda bir oy muddatda 2010-yil hosilidan ichki bozorga amalda yetkazib berilgan paxta tolasi hajmi uchun to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilishni, 2011-yil 1-yanvardan boshlab respublika to‘qimachilik korxonalari foydasiga 2010-yil hosilidan kelgusida paxta tolasini yetkazib berish uchun ularning oldindan haq to‘lashi hisobiga ijobiy tafovutni o‘tkazib berishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi “Respublika to‘qimachilik tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 38-son qarori 5-bandidan “va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1512-son