1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DEHQON XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 605-I-sonli “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Dehqon xoʻjaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan xoʻjalikni mustaqil tarzda yurituvchi, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi bilan, shu jumladan oʻzi egalik qiladigan yer uchastkasidan foydalangan holda qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi subyekt dehqon xoʻjaligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik boshligʻi, uning xotini (eri), farzandlari, asrandi bolalari, ota-onasi, boshqa qarindosh-urugʻlari, shuningdek mehnat qila olish yoshiga yetgan, birgalikda dehqon xoʻjaligi yuritayotgan, shu xoʻjalikdagi ish asosiy mehnat faoliyati joyi boʻlgan oʻzga shaxslar dehqon xoʻjaligining aʼzosi hisoblanadilar. Xoʻjalikda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaxslar dehqon xoʻjaligi aʼzosi hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik boshligʻi davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va ayrim shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda dehqon xoʻjaligining manfaatlarini himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalikning 18 yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan yoki qishloq xoʻjalik mutaxassisligi boʻlgan yoxud maxsus tayyorgarlik koʻrgan, ishga layoqatli, sogʻlom aʼzolaridan biri dehqon xoʻjaligining boshligʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining boshligʻi ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan yoki xoʻjalikda uzoq muddat boʻlolmagan taqdirda oʻz vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini shu jamoa aʼzolaridan biriga, dehqon xoʻjaligini bir kishi yuritayotgan hollarda esa shartnoma asosida istalgan shaxsga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xoʻjaligi mulkning boshqa shaklidagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar bilan teng huquqli mustaqil ishlab chiqarish birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yangi barpo etilayotgan dehqon xoʻjaliklari dastlab jamoa va davlat xoʻjaliklari tarkibida shartnoma asosida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari tuzish, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun bilan, “Yer toʻgʻrisida”gi, “Mulkchilik toʻgʻrisida”gi, “Ijara toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida dehqon xoʻjaliklarini tuzish, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Dehqon xoʻjaliklarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaliklari zaxira yerlarda, respublikaning maxsus fondidagi yerlarda, mehnat resurslari yetishmaydigan xoʻjaliklarda va yangi sugʻoriladigan yerlarda tuziladi. Davlat xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi korxonalarining foyda bermaydigan yoki kam rentabelli yerlarida ham dehqon xoʻjaliklari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari jamoa xoʻjaliklarining va oʻzga kooperativ xoʻjaliklarning yerlarida ushbu xoʻjaliklar aʼzolari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv yurtlari va oʻzga qishloq xoʻjalik muassasalariga, qishloq hunar-texnika bilim yurtlari va umumtaʼlim maktablariga berilgan, shuningdek sanoat, transport va oʻzga korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xoʻjaliklari uchun berilgan yerlarda va suv fondiga tegishli yerlarda dehqon xoʻjaliklari tuzilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligi uning aʼzolarining tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi va erga muntazam egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi berilganligi xususidagi davlat hujjati berilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi. Dehqon xoʻjaligi nohiya hokimi tomonidan roʻyxatdan oʻtgach, dehqon xoʻjaligi yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlari va oʻzga schyotlarni ochish, oʻz nomida muhrga ega boʻlish, oʻzga korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar, ajnabiy firmalar va ayrim shaxslar bilan amaliy munosabatlarga kirishish huquqini qoʻlga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli tuman hokimi vakolat bergan idora har bir dehqon xoʻjaligining roʻyxat varaqasi yuritilishini tashkil etadi, xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashi har bir dehqon xoʻjaligini xoʻjalik kitobida qayd etadi, bu kitobga dehqon xoʻjaligi tarkibi toʻgʻrisidagi, xoʻjalikning boshligʻi hamda xoʻjalik boshligʻi vaqtincha yoʻq boʻlgan hollarda uning vazifalarini bajarib turuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek xoʻjalikka ajratilgan yer uchastkasi xususidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Dehqon xoʻjaliklarining faoliyatini uygʻunlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroiya hokimiyati idoralari tizimida tarmoq boʻlinmalari tuzilib, ular dehqon xoʻjaliklarining ishlab chiqarish xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda dehqon xoʻjaliklarining faoliyatini uygʻunlashtiradilar, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, investitsiya, taraqqiyot istiqbolini oldindan belgilash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. YER AJRATISh. YERGA EGALIK QILISh, YERDAN VA SUVDAN FOYDALANISh
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Dehqon xoʻjaliklariga yer ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, kamida 10 yil muddat bilan foydalanish uchun yoki ijaraga yer uchastkalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadida qoʻshimcha yer uchastkalarini ijaraga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkasining sahni har bir alohida holda mahalliy sharoitni (erning unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligi, suv berish usullari, jamoa xoʻjaligi yoki davlat xoʻjaligidagi mehnatga layoqatli har bir shaxs yer bilan oʻrtacha qay darajada taʼminlanganligi, shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarini yuritish uchun, aholi punktlarini kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun qishloq xoʻjaligi maydonlariga boʻlgan talabni va boshqa holatlarni), shuningdek dehqon xoʻjaligi qancha kishidan iborat ekanligini hisobga olgan holda tuman hokimi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalari dehqon xoʻjaliklariga odatda sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari boʻlgan va dala yoʻllari oʻtkazilgan yaxlit maydondan ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dehqon xoʻjaligi yuritish istagini bildirgan shaxslar xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashiga yer ajratib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etadilar. Arizada soʻralayotgan yer maydoni qayerda joylashganligi, uning sahni, dehqon xoʻjaligining tarkibi koʻrsatiladi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish dasturi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashi yer ajratish toʻgʻrisidagi arizani 15 kunlik muddat ichida qarab chiqadi va arizachining iltimosini qoʻllab-quvvatlagan taqdirda tuman hokimidan yer ajratishni soʻraydi, hokim ariza berilgan kundan boshlab uzogʻi bilan ikki oy muddat ichida dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Hokimning yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dehqon xoʻjaliklariga yer ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlaridan, Dehqon ittifoqi, kasaba uyushmasi, suv xoʻjaligi idoralari va yer tuzuvchi xizmatlar vakillaridan iborat tarkibda tuman komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu hududda yashaydigan shaxslar yer maydoni olishda ustun huquqqa ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yerga doimiy egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati dehqon xoʻjaligining boshligʻiga yer toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan hamda qishloq aholi punktida uy-joyi boʻlgan shaxslarning uyga tutash tomorqasi — chek eri saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dehqon xoʻjaligiga ajratilgan erning chegaralari natura holida yer tuzuvchi xizmatlar tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dehqon xoʻjaligiga kirish yoʻllarini loyihalash va qurish ishlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, yerlarni melioratsiya ishlari esa yagona mavze tarkibida respublika budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladi. Dehqon xoʻjaligi hududidagi gidromelioratsiya inshootlarini taʼmirlash, tuzatish ishlari va ularning taʼminoti shu xoʻjalik hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va vazifalari “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi taqsimlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining sahni va uning chegaralari dehqon xoʻjaligi rahbarining roziligi bilangina oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkasi tortib olingan yoki boshqa shaxsga, korxona yoxud tashkilotga berilgan taqdirda dehqon xoʻjaligi qonunlarga muvofiq koʻrgan zararining va qilgan sarf-xarajatlarining oʻrnini qoplatib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga doir nizolar sud orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda yoki mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish yoxud yer uchastkasidan foydalanish huquqi xoʻjalik aʼzolarining roziligi bilan ulardan biriga yoki qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda oʻzga shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatini toʻxtatgan hollarda unga ajratilgan yerga egalik qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi masala tuman hokimi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yer haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer haqi yer soligʻi yoki ijara haqi tarzida, yer uchastkasining sifatiga, qayerda joylashganligiga va suv bilan taʼminlanganligiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan hajmda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklariga soliq solish tartibi, ularning yer haqi toʻlovining stavkasi va eng kam hamda eng koʻp miqdorlari davlat, jamoa va oʻzga korxonalar hamda xoʻjaliklardan undiriladigan darajaga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi roʻyxatga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida undan yer soligʻi olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tegishli Kengashlari yer haqini undirishda boshqa imtiyozlar ham belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dehqon xoʻjaligida suvdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaliklari uchun suv ishlatishning limitlari davlat, jamoa korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari hamda ayrim shaxslarga belgilangani kabi tuman hokimi vakolat bergan idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga berilayotgan suvning sarflanishini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xoʻjaligi idoralari bilan dehqon xoʻjaliklari oʻrtasidagi munosabatlarda kelib chiqadigan nizolar sud va hakamlik sudi tomonidan qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlari aʼzolari tomonidan dehqon xoʻjaligini tashkil etishning oʻziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlarining, xoʻjalik yoki kooperativ tarkibidan chiqib, mustaqil dehqon xoʻjaligi yuritish istagini bildirgan aʼzolari kooperativ ustaviga muvofiq mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushini olishga haqlidirlar, bu ulush kooperativ aʼzosining mehnat ishtirokini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlari jamoa xoʻjaligi yoki kooperativning dehqon xoʻjaligi tuzish istagida boʻlgan aʼzolariga mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushi hisobidan oʻzaro kelishuvga muvofiq jamoa xoʻjaligidan chiqayotganlarga asosiy va oborot mablagʻlarini beradilar yoki ularni ijaraga topshiradilar yoxud dehqon xoʻjaligi banklardan kredit olayotganda kafil boʻladilar yoinki ijara haqi va ssudalardan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash sarf-xarajatlarini ulush summasi doirasida qoplaydilar. Jamoa xoʻjaligidan va boshqa kooperativ tashkilotlardan chiqayotganlarga mol-mulk qiymatining yoki foydaning ulushini toʻlash muddati besh yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. DEHQON XOʻJALIGINING MOL-MULKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Dehqon xoʻjaligining mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi turar joylar, xoʻjalik binolari, tomorqadagi dov-daraxt va ekinlar, mahsuldor chorva, parranda, qishloq xoʻjaligi texnikasi, anjomlar, uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, shuningdek boshqa narsalarga mulk egasi boʻlishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligining pul jamgʻarmalarini hosil qilish manbalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi aʼzolarining pul va moddiy mablagʻlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot realizatsiya qilishdan, ish bajarish, xizmat koʻrsatishdan, shuningdek mehnat faoliyatining oʻzga turlaridan kelgan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan qilingan kapital ajratmalar va dotatsiyalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar ,tashkilotlar va fuqarolarning xayriya va oʻzga badallari, ehsonlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda taqiqlanmagan oʻzga manbalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish huquqi davlat himoyasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligining mol-mulki umumiy (paychilik yoki hamkorlikdagi) egalik asosida uning aʼzolariga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolari tomonidan oʻzaro kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xoʻjaligining aʼzolari, basharti boshqa dehqon xoʻjaligini tuzish maqsadida uning tarkibidan chiqayotgan boʻlsalar, u holda dehqon xoʻjaligidan chiqayotganlarida ulushlarini natura holida olishga haqlidirlar. Bunday paytda mulkdagi ulush natura holida shunday ajratiladiki, faoliyat koʻrsatib kelayotgan dehqon xoʻjaligi ishlash uchun oʻziga zarur boʻlgan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xoʻjaligi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish yoki vaqtincha foydalanib turish uchun olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Dehqon xoʻjaligining mablagʻi va hisob-kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi pul operatsiyalarini yuritish va pul mablagʻlarini saqlash uchun bank boʻlinmalarida schyotlar ochish hamda bu mablagʻlarni erkin tasarruf qilish huquqiga egadir. Dehqon xoʻjaligining hisob-kitob schyotidan mablagʻlar faqat xoʻjalikning roziligiga binoan yoki sud qaroriga koʻra chegirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob schyotidagi mablagʻlar naqd pulsiz tartibda ham, naqd pul berish yoʻli bilan ham ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. DEHQON XOʻJALIGI FAOLIYATINING ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dehqon xoʻjaligidagi mehnat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligining faoliyati koʻproq xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xoʻjaligidagi ishlarni bajarishga oʻzga shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligida mehnat qilish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligidagi mehnat tartibini xoʻjalik boshligʻi belgilaydi. Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyatini dehqon xoʻjaligi hisob qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar mehnatiga tomonlarning kelishuviga muvofiq pul bilan ham, natura bilan ham, ammo belgilangan eng kam ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligiga binoan dehqon xoʻjaligida shartnoma boʻyicha ishlayotgan shaxs xoʻjalik mulkiga pul yoki oʻzga ulush kiritib, ana shu ulushga mutanosib tarzda xoʻjalik daromadini taqsimlashda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi oʻz xoʻjaligining aʼzolari uchun va mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar uchun bexatar mehnat sharoitlarini yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining aʼzolari, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasiga binoan ishlayotgan shaxslar qonunlarga muvofiq ijtimoiy sugʻurtalanishi va ijtimoiy jihatdan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining boshligʻi tegishli kasaba uyushmasida va sugʻurta idoralarida sugʻurtalovchi sifatida roʻyxatdan oʻtadi va dehqon xoʻjaligining barcha aʼzolari uchun hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga belgilangan tartibda badallar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dehqon xoʻjaligida ishlangan vaqt ijtimoiy sugʻurta yuzasidan badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining hamda mehnatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzgan shaxslarning ish stajiga oid yozuv mehnat daftarchalariga xoʻjalik boshligʻi tomonidan kiritiladi va xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashlarining raislari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari tayinlash, pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonunlarda belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi. Dehqon xoʻjaligining aʼzolariga va mehnat shartnomasiga binoan ishlayotgan fuqarolarga tayinlangan pensiyalar, olayotgan maoshi (daromadi)ni hisobga olmagan holda, toʻlaligicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dehqon xoʻjaligining aʼzolariga ijtimoiy va madaniy xizmat koʻrsatish xoʻjalikning oʻz mablagʻlari hisobiga hamda ijtimoiy isteʼmol jamgʻarmalari evaziga taʼminlanadi. Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining umumiy foydalanishdagi ijtimoiy muassasalar xizmatlaridan jamoa xoʻjaligi va oʻzga qishloq xoʻjaligi korxonalarining ishchilari, xizmatchilari va aʼzolari bilan teng ravishda foydalanishlari taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dehqon xoʻjaligi bilan mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar oʻrtasidagi mehnatga oid nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatining yoʻnalishini, ishlab chiqarish tarkibi va hajmlarini mustaqil tarzda belgilaydi. Dehqon xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining amaldagi qonunlarda man etilmagan har qanday turi bilan shugʻullanishga, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va realizatsiya qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat, jamoat, kooperativ va oʻzga idoralar hamda tashkilotlarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, bu xoʻjaliklar tomonidan qonunlar buzilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat, jamoat, kooperativ va oʻzga idoralarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida, shuningdek bunday idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning dehqon xoʻjaligi oldida qonunlarda koʻzda tutilgan oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qoplanmogʻi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligi boshqa mulk egalari bilan teng shartlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Dehqon xoʻjaligi tomonidan mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzi yetishtirgan mahsulotni tasarruf etishdan, shu jumladan uni oʻz ixtiyoriga koʻra isteʼmolchilarga sotishdan iborat mutlaq huquq dehqon xoʻjaligiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi mahsulot sifatiga doir amaldagi normativlar va standartlarga, qonunlarda belgilangan ekologik, sanitariya hamda oʻzga meʼyorlar va qoidalarga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirgan mahsulotga mustaqil tarzda narx qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun davlat, kooperativ korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalarini tuzishga haqlidir. Shartnomaga rioya qilmagan yoki uning talablari buzilgan taqdirda tomonlar amaldagi qonunlarda yoki shartnomada belgilangan tartibda mulkiy javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi yetishtirgan mahsulotlarni eksportga joʻnatish, shuningdek xorijiy mijozlar bilan hisob-kitob qilish qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Dehqon xoʻjaliklarining hamkorlikdagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari mahsulot yetishtiruvchi, ularni xarid etuvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi, moddiy-texnika taʼminoti bilan, qurilish, texnika, suv xoʻjaligi, veterinariya, agroximiya xizmati koʻrsatish, maslahat berish va xizmat koʻrsatishning oʻzga shakllari bilan shugʻullanuvchi kooperativlarga, jamiyatlarga, uyushmalarga, konsernlarga va boshqa birlashmalarga ixtiyoriylik asosida birlashishi yoki ular tarkibiga kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Dehqon xoʻjaligining moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi davlat hamda kooperativ korxonalari va tashkilotlaridan, birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda, aholidan oʻzi uchun zarur mol-mulk va ishlab chiqarish vositalari sotib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaliklari oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarining shartnomada aytilgan qismini davlatga (respublika fondiga) kelishuv asosidagi narxlarda sotsalar va davlat buyurtmalarini bajarsalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, yonilgʻi-moylash materiallari, yosh mollar va parranda bilan, zooveterinariya yordami, yem-xashak va boshqa resurslar bilan davlat korxonalari uchun belgilangan tartibda va narxlarda taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaliklari ishlab chiqarish hamda ijtimoiy va maishiy yoʻnalishdagi obyektlar yoʻq hududda tuzilgan taqdirda mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari uning dastlabki qulayliklarini taʼminlab beradilar: yoʻllarni, elektr uzatkich tarmoqlarini qurish, suv taʼminoti, gazlashtirish, telefonlar oʻrnatish, radiolashtirish, yerlarni tekislash, yerlarni melioratsiyalash ishlarini markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan davlat kapital mablagʻlari va moliya resurslari hisobidan amalga oshiradilar. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylarni tiklashda dehqon xoʻjaliklariga yordam koʻrsatadilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Dehqon xoʻjaligidan soliq olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq soliq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida dehqon xoʻjaliklarini soliq toʻlashdan ozod etish yoki soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligining daromadlari, xoʻjalik aʼzolarining hamda xoʻjalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (deklaratsiya)larda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Dehqon xoʻjaligining moliyaviy va kredit munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligiga qarashli ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlar qurilishiga uzoq muddatli kreditlar berish, ishlab chiqarishning asosiy vositalarini sotib olish va xoʻjalikning joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar berish kredit shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari, ayrim shaxslar dehqon xoʻjaliklariga tuzilgan shartnomalarga muvofiq kreditlar berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari ularga xizmat koʻrsatish uchun bank muassasalari tomonidan tuzilgan maxsus kredit fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni melioratsiyalashga, yoʻllar, koʻpriklar, gaz, elektr, issiqlik tarmoqlari, suv quvurlari, kommunal yoʻnalishdagi oʻzga obyektlar qurish ishlariga qaratiladigan budjet mablagʻlari ham dehqon xoʻjaliklarini pul bilan taʼminlashning manbai boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligi tuzilayotgan paytda, unga ssudalar va kreditlar berilayotganida mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan oʻzga yuridik hamda jismoniy shaxslar, shuningdek oʻz mol-mulkini garovga qoʻyib dehqon xoʻjaliklarining oʻzi ham kafil boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida oʻziga qarashli va ijaraga olgan ishlab chiqarish vositalarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari (koʻchatlari)ni, koʻp yillik dov-daraxtlarni, tayyorlangan mahsulotni, xomashyoni, materiallarni nobud boʻlishdan yoki shikastlanishdan sugʻurtalaydi va amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurta toʻlovlarini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Dehqon xoʻjaligi faoliyatining natijalarini hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz ishining natijalarini hisob-kitob qilib boradi hamda mahalliy statistika va moliya idoralariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Dehqon xoʻjaligining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz majburiyatlariga mol-mulki bilan javob beradi, amaldagi qonunlarga binoan bu mol-mulki tortib olinishi mumkin. Davlat dehqon xoʻjaligining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, dehqon xoʻjaligi esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablarini buzishda aybdor boʻlgan aʼzolari belgilangan tartibda moddiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlarga muvofiq dehqon xoʻjaligi mehnat vazifalarini ado etish chogʻida xoʻjalik aʼzolari va mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaxslar shikastlanish yoki salomatligiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Dehqon xoʻjaligining mol-mulki va erini meros qoldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligining mol-mulki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunlari qoidalariga muvofiq meros qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatini davom ettirayotgan merosxoʻrlar meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat poshlinasi toʻlashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer maydoni “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibga muvofiq meros qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. DEHQON XOʻJALIGI FAOLIYATINING TOʻXTATILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Dehqon xoʻjaligi faoliyatining toʻxtatilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining faoliyati quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni istaydigan xoʻjalikning birorta aʼzosi, merosxoʻr yoki oʻzga shaxs qolmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoniga egalik qilish va undan foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoni berilgan muddat tugagan va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tiklash imkoni boʻlmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erdan oʻzga maqsadlarda foydalanilganda, yer maydonidan samarasiz foydalanilganda, kadastr bahosi meʼyoridan muttasil past darajada mahsulot olingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erlarning ekologik holati buzilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoni belgilangan tartibda davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi yoki ijara haqi muntazam ravishda belgilangan muddatlarda toʻlanmayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti dehqon xoʻjaligi roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini boshlamagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunlar bir necha bor yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma talablarini buzganligi sababli ijara shartnomasi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi qaytadan tuzilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Dehqon xoʻjaligining faoliyatini toʻxtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xoʻjaligi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror nohiya hokimi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xoʻjaligining faoliyatini toʻxtatish bilan bogʻliq nizolar sud orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xoʻjaligidan davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qoʻyish — xoʻjalik ixtiyoriga koʻra, unga shu erga teng yer uchastkasi ajratilib, uning yer maydoni kimga berilayotgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot tomonidan olib qoʻyilayotganlarining oʻrniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish va oʻzga imoratlar qurib berilgach hamda yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda oʻrni toʻla hajmda toʻlangach amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xoʻjaligining faoliyati toʻxtatilgan taqdirda uning mol-mulki xoʻjalikda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash uchun, budjet toʻlovlari toʻlash, banklarning ssudalarini qaytarish hamda oʻzga qarz berganlar bilan hisob-kitob qilish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining faoliyati toʻxtatilishi bilanoq xoʻjalik aʼzolarining egaligida boʻlgan turar joy, tomorqa, shuningdek oʻzga mol-mulk ular ixtiyorida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
654-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 403-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)