Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IQTISODIYOTNING STRATEGIK TARMOQLARI KORXONALARINI XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 20 IYuLDAGI PF-3897-SON FARMONI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” 2007-yil 24-iyuldagi 151-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-sentabr,
193-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
a) III boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kuzatuvchi kengash aʼzolarini saylash va tayinlash”;
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)ni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda:
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qarori asosida kuzatuvchi kengash tarkibiga davlat vakili tayinlanadi;
ilgari jamiyat ustavida belgilangan kuzatuvchi kengash aʼzolari soni uning tarkibiga tayinlangan davlat vakilini kiritishni hisobga olgan holda koʻpaytiriladi”;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi aʼzolari tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan holda qayta saylanishlari mumkin.
Kuzatuvchi kengashning saylangan aʼzosining vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra;
davlatning tayinlangan vakilining vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish Davlat mulki qoʻmitasi taklifi boʻyicha Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga koʻra amalga oshiriladi”;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Davlat ulushi ustav fondining 25 foizidan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ishonchli vakili, shuningdek davlat vakili lavozimiga koʻra aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashi aʼzosi hisoblanadilar, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanmaydilar (qayta saylanmaydilar).
Davlat ayni bir paytda “oltin aksiya”ga hamda aksiyadorlik jamiyatining 25 foizdan ortiq boʻlmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili “oltin aksiya” egasi boʻlgan davlat vakolatlarini amalga oshirish bilan bir qatorda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini ham bajaradi”;
d) 12 va 18-bandlarga “saylangan” soʻzidan keyin “(tayinlangan)” soʻzi qoʻshilsin;
e) 20-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlatning ushbu vakili tomonidan “veto” qoʻyilgan qarorlari ijro etilmaydi”;
j) 26-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Kuzatuvchi kengashning yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakili tomonidan “veto” qoʻyilgan qarorlari ijro etilmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda):
a) 2-bandda:
oltinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalarning” soʻzlaridan keyin “aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
b) 2-ilovada:
oltinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalarning” soʻzlaridan keyin “aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
ikkinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” soʻzlaridan keyin “davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgungacha boʻlgan muddatga” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
uchinchi—sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—toʻqqizinchi xatboshi hisoblansin;
7-bandning uchinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini” soʻzlari qoʻshilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshiga, 11-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar hamda aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar (axborotlar)ni yigʻish, tartibga keltirish va ishlash”;
beshinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarining” soʻzlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshiga “hisobotlari” soʻzidan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining oʻz vakolatlarini amalga oshirish boʻyicha hisobotlari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 386-modda)