Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2015 07.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1715
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 07.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1715
Кучга кириш санаси
17.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TOShAVTOBUSTRANS” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI AVTOBUS PARKLARINING DAVLAT AKSIYA PAKETLARINI YoPIQ KIMOShDI SAVDOLARIDA SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-sentabrda 1715-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 17-fevralrdagi 01/10-26/05, 14-sonli “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1715-1, 20.02.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3713-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 2-son, 7-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-iyuldagi “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida”gi PQ-396-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 27-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 57-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/10-18/09-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligining
2007-yil 18-iyundagi 01/10-18/09, 52-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 7-modda), “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 23-martdagi 57-son qaroriga muvofiq “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — yopiq kimoshdi savdosida ishtirok etish maqsadida ariza bilan murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari — qatnashish uchun maxsus taklif qilingan shaxslar ishtirokidagi savdolar shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) — yopiq kimoshdi savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining buyrugʻi bilan tashkil qilinadigan vaqtinchalik komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari obyekti (bundan keyingi oʻrinlarda savdolar obyekti deb yuritiladi) — avtobus parklarining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga oʻtkazilgan davlat aksiya paketlari, shuningdek avtobus parklarining qoʻshimcha chiqarilgan va sotilishiga qadar davlat mulki boʻlgan aksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari — yopiq kimoshdi savdosida ishtirok etishiga tegishli tartibda ruxsat etilgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi (bundan keyingi oʻrinlarda savdo tashkilotchisi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi) yoki shartnoma asosida jalb etilgan yopiq kimoshdi savdolarini tashkil etish va oʻtkazishga ixtisoslashgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari hujjatlari — yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari tomonidan Komissiyaga taqdim qilinadigan hujjatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Davlat mulki qoʻmitasi, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdolar obyekti birinchi navbatda avtobus parklari mehnat jamoalarining aʼzolariga, shuningdek “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan hamda yoʻlovchilarga bir maromda va bexatar xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan ishonchli avtoyoʻlovchi tashuvchi sifatida oʻzini namoyon etgan avtokorxonalarga sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi talablarga javob beruvchi avtoyoʻlovchi tashuvchi avtokorxonalar yoʻlovchilarga bir maromda va bexatar xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan ishonchli avtoyoʻlovchi tashuvchi sifatida oʻzini namoyon etgan avtokorxonalar deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtoyoʻlovchi tashuvchining aybi bilan sodir etilgan ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisasining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtoyoʻlovchi tashuvchi avtokorxonaning bir maromdagi moliyaviy ahvolining mavjudligi. Bunda, bir maromdagi moliyaviy ahvol deganda mazkur avtokorxonaning oxirgi bir yil davomida zarar koʻrmasdan ishlaganligi, davlat budjetidan va xodimlarga ish haqi boʻyicha qarzdorlikning yoʻqligi hamda toʻlov qobiliyatining mavjudligi tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtoyoʻlovchi tashuvchi avtokorxonaning faoliyat yurituvchi yoʻnalishida bir maromda xizmat koʻrsatishi. Bunda bir maromda xizmat koʻrsatish deganda mazkur avtokorxonaga tegishli avtoyoʻlovchi tashuvchilarning belgilangan yoʻnalish boʻyicha ish vaqti intervaliga (oraliq daqiqaga) doimiy rioya etishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdolar obyekti, ularni sotib olishda imtiyozga ega boʻlgan shaxslar tomonidan sotib olinmagan taqdirda, yopiq kimoshdi savdolarining boshqa ishtirokchilariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdolar obyekti avtobus parklari faoliyatining ixtisosligini saqlab qolish va avtobuslardan avtobus parklariga biriktirilgan yoʻnalishlarda maqsadli foydalanish majburiyati olingan holda ikki bosqichda sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda 2007-yil davomida “Toshavtobustrans” AK ustav fondiga berilgan davlat aktivlarini ham oʻz ichiga olgan avtobus parklarining ustav fondidagi 40 foiz aksiya paketlari Davlat mulki qoʻmitasi va “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda 2008 — 2010-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan avtobus parklarining davlat aksiya paketlarining qolgan qismi sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdolar obyektini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 23-martdagi 57-son qaroriga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazishdan oldingi tayyorgarlik tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdolar tashkilotchisi yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazishdan oldin quyidagi tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining mehnat jamoalarida savdolar obyektining xususiy mulk etib sotilishida yopiq kimoshdi savdolarining maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining mehnat jamoalari aʼzolarining, shuningdek yopiq kimoshdi savdolariga taklif qilish uchun “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining roʻyxatlarini tuzish va ularning sotilayotgan aksiyalarga boʻlgan talabini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish joyi va sanasini belgilash va bu haqda Komissiya aʼzolarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan 30 kun oldin arizachilarga xabarnoma yuborish. Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish joyi, sanasi va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar obyektining tavsifi va boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari toʻlaydigan zakalat summasi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hisob-kitob va tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va yopiq kimoshdi savdolari shartlariga zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizachilar quyidagi hujjatlarni savdolar tashkilotchisiga taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (ikki nusxada);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan berilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot boshlangʻich qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda zakalat summasining toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mersedes-Bens” avtobuslaridan maqsadli foydalanish boʻyicha majburiyatlarni zimmasiga olish toʻgʻrisidagi arizachining imzosi bilan tasdiqlangan yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (ikki nusxada);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdosida qatnashish uchun yuridik shaxsning oʻz vakiliga bergan ishonchnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot boshlangʻich qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda zakalat summasining toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mersedes-Bens” avtobuslaridan maqsadli foydalanish boʻyicha majburiyatlarni zimmasiga olish toʻgʻrisidagi arizachining oʻz muhri bilan tasdiqlagan yozma roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlar taqdim etilganda savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilingan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilgan holda arizaning ikkinchi nusxasiga belgi qoʻyiladi va u arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar savdolar tashkilotchisi tomonidan arizalarni roʻyxatga olish kitobida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizalarni qabul qilish jarayonida savdolar tashkilotchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilarni taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va namunalari bilan taʼminlaydi, ularni toʻldirish va rasmiylashtirish tartibini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan hujjatlarning ilovalari bilan birga saqlanishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan arizalar, arizachilar haqidagi maʼlumotlar hamda ariza va maʼlumotlarning sir tutilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizachilardan arizalarni qabul qilish yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan bir kun oldin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar qabul qilinishi toʻxtatilishi bilan savdolar tashkilotchisi tomonidan arizachilarning roʻyxati tuziladi va yopiq kimoshdi savdolari hujjatlarini ilova qilgan holda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizachi yopiq kimoshdi savdolarining boshlanishidan bir soat oldin savdolar tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qilish orqali oʻz arizasini qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyani tuzish va uning faoliyatini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish uchun Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi masʼul xodimlari tarkibidan kamida 9 kishidan iborat Komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur davlat boshqaruv organlari va tashkilotlar Davlat mulki qoʻmitasining yozma soʻrovnomasi olingan kundan uch kun ichida Komissiya tarkibiga kiritish uchun oʻz nomzodlari roʻyxatini taqdim etadilar va keyinchalik Komissiya aʼzosi sifatida Komissiya ishida qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizomga hamda belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻz reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiyaga Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan nomzod raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya yigʻilishi zaruratga qarab, Komissiya raisining taklifiga asosan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi unda qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlisining qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralik, xolis baholash va talablar yaxlitligi asosida yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish hamda savdo gʻoliblarini aniqlash bilan bogʻliq masalalarni hal qilish, muddatlarini choʻzish faktlarini bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga koʻra yopiq kimoshdi savdolari oʻtkazilishining qonuniyligini taʼminlash va yuzaga kelgan qoidabuzarliklarni (til biriktirish, savdo qoidalarini buzish) bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdolarining oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya yigʻilishlarini tashkil qilish, oʻtkazish va hujjatlarini rasmiylashtirish savdolar tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdolar tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan yopiq kimoshdi savdolari oʻtkazilish kunida auksion boshlanishidan oldin koʻrib chiqiladi. Bunda Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilarning yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir lot boʻyicha yetarli ishtirokchilar aniqlanganda yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir lot boʻyicha yetarli ishtirokchilar aniqlanmaganda yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya tomonidan har bir lot boʻyicha yetarli ishtirokchilar aniqlanib yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilarining roʻyxati tuziladi va ushbu ishtirokchilarga raqamlangan chiptalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolarida ishtirok etishi rad etilgan arizachilar mazkur roʻyxatga kiritilmaydilar, savdolarda qatnashmaydilar va bu haqda ularga yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan bir kun oldin xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Savdolar obyektining qiymatini baholash va sotuvga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Savdolar obyektini baholash ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Savdolar obyektini baholash yuzasidan baholovchining hisoboti savdolar tashkilotchisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Savdolari obyekti yopiq kimoshdi savdolariga lotlar boʻyicha sotuvga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish va savdolar obyektining qiymatini toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yopiq kimoshdi savdolari lotlar boʻyicha oʻtkaziladi. Har bir lot boʻyicha kamida ikkita ishtirokchi aniqlanganda mazkur lot boʻyicha kimoshdi savdolari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yopiq kimoshdi savdolarini tegishli malakaga ega boʻlgan kimoshdi savdolari oʻtkazuvchisi (bundan keyingi oʻrinlarda auksionchi deb yuritiladi) oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolari auksionchi tomonidan savdolar obyektining qisqacha taʼrifi va boshlangʻich narxi, shuningdek mazkur kimoshdi savdolari qadamining eʼlon qilinishi bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baho qadami auksionchi tomonidan sotuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch qadamdan soʻng auksionchi tomonidan talabga qarab savdo obyektining baho ortishi tomoniga qarab oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yopiq kimoshdi savdolari jarayonida auksionchi bahoni eʼlon qiladi, yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari esa obyektni ushbu baho boʻyicha sotib olishga tayyorliklarini ishtirokchining maxsus raqamli belgisini koʻtarish orqali bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yopiq kimoshdi savdolari savdolar obyektiga eng yuqori bahoni taklif qilgan yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchisini aniqlangunga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolari erishilgan bahoni uch marta eʼlon qilinib, ushbu baho uchun ishtirokchi oʻzining maxsus raqamli belgisini koʻtarmaganidan keyin tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolarining gʻolibi boʻlib, auksionchi tomonidan raqami oxirgi eʼlon qilingan yopiq kimoshdi savdolarining ishtirokchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yopiq kimoshdi savdolarining tugashi bilan auksionchi savdo obyektining sotilganligini, sotilgan bahosini va gʻolibning raqamini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yopiq kimoshdi savdolari gʻolibi tegishli savdo obyektini sotib olishni rad etgan taqdirda, mazkur savdo obyektini sotib olish undan keyingi oʻrinda turgan yopiq kimoshdi savdosi ishtirokchisiga uning yopiq kimoshdi savdolarida taklif qilgan bahosi boʻyicha taklif etiladi. Agar mazkur ishtirokchi ham ushbu savdo obyektini sotib olishni rad etsa yoki mazkur baho boʻyicha bittadan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlsa mazkur savdo obyekti yopiq kimoshdi savdolariga takroran qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar obyekti yopiq kimoshdi savdolariga ularning oʻtkazilish shartlari oʻzgartirilmasdan takroran qoʻyilganda, mazkur yopiq kimoshdi savdolarida qatnashish uchun takliflar tegishli nomzodlarga savdolar tashkilotchisi tomonidan takroriy yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yopiq kimoshdi savdolari natijalari boʻyicha bayonnoma yopiq kimoshdi savdolari gʻolibi va sotuvchi tomonidan yopiq kimoshdi savdolarining oʻtkazilish kunida imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolari gʻolibi mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortsa kiritilgan zakalat summasi qaytarilmaydi. Savdolar tashkilotchisi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, toʻlangan zakalat summasini ikki barobar miqdorda qaytarishi, shuningdek yopiq kimoshdi savdolari gʻolibiga yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishi tufayli yetkazilgan zararning zakalat summasidan ortiq boʻlgan qismini toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yopiq kimoshdi savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan bayonnoma asosida sotuvchi va savdolar obyektini sotib oluvchi oʻrtasida 10 kungacha muddatda tegishli oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldi-sotdi shartnomasini roʻyxatga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yopiq kimoshdi savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan teng miqdorda toʻlanadigan komission toʻlovlar hisobidan amalga oshiriladi. Komission toʻlovlar miqdori yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi tomonidan Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda savdolarni tashkil qilish va oʻtkazish xarajatlaridan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Zakalat summasi savdolar tashkilotchisi tomonidan uch bank ish kuni ichida yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilariga quyidagi hollarda qaytarib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) arizachi yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan oldin savdolar tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qilish orqali oʻz arizasini qaytib olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Komissiya tomonidan arizachining yopiq kimoshdi savdolarida ishtirok etishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yopiq kimoshdi savdolari oʻtkazilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari oʻtkazilgan savdolarda gʻolib boʻlmaganida. Bunda yopiq kimoshdi savdolarida gʻolib boʻlmagan ishtirokchilar toʻlangan zakalat summasi bilan boshqa lotlar boʻyicha oʻtkaziladigan keyingi yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishlari mumkin. Bunday holda, yopiq kimoshdi savdosida qatnashayotgan ishtirokchi tomonidan toʻlangan zakalat summasi boshqa lotlar boʻyicha oʻtkaziladigan yopiq kimoshdi savdolarida qatnashish uchun yetarli boʻlmasa, ishtirokchi etmay qolgan zakalat summasining qolgan qismini tegishlicha toʻldirib, yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Savdolar obyektlarining sotib olinish qiymatini toʻlash, mazkur savdolarda qatnashish uchun toʻlangan zakalat summasini hisobga olgan holda, savdolar obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab mazkur shartnoma va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Savdolar obyektining oldi-sotdi shartnomasi shartlari yopiq kimoshdi savdolari gʻolibi tomonidan bajarilmagan taqdirda, sotuvchi toʻlov shartlari bajarilmaganligi haqida rasmiy xabarnoma yuboradi. Savdolar obyektining qiymati shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlanmasa, tegishli yopiq kimoshdi savdolari natijalari bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq kimoshdi savdolarining natijalari bekor qilinganda, sotib olingan savdolar obyekti mazkur Nizomda belgilangan tartibda yopiq kimoshdi savdolariga takroran qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sotuvchi, yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi, Komissiya va ishtirokchilari mazkur Nizomda oʻrnatilgan yopiq kimoshdi savdolarini oʻtkazish qoidalarining aniq va bir xilda qoʻllanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yopiq kimoshdi savdolarida tuziladigan shartnomalarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yopiq kimoshdi komissiyasining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi SH. MUHAMEDJANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 375-modda)