Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.03.2007 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOShAVTOBUSTRANS” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI KORXONALARINING DAVLATGA QARAShLI AKSIYALARI PAKETLARINI XUSUSIY MULK ETIB SOTISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 3 IYuLDAGI PQ-396-SON QARORI BAJARILIShINI TAʼMINLASh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, kompaniya tarkibiga kiruvchi avtobus parklarining joriy moliyaviy ahvolini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarorida “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini ikki bosqichda sotish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 30 foizi birinchi navbatda “Mersedes-Bens” avtobuslarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 40 foizi 2010-yil oxirigacha qaytarish asosida besh yil muddatga avtobus parklarining harakatlanuvchi tarkibini yangilashga, shu jumladan lizing asosida yangilashga maqsadli foydalanish uchun “Toshshahartransxizmat” uyushmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, tushgan mablagʻlarning qolgan qismi (30 foizi), “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalarini nominal qiymati boʻyicha uning ustav fondini saqlab turish uchun yoʻnaltiriladigan hamda 2519-son avtojamlanmaning harakatlanuvchi tarkibini yangilash va “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasining “Mersedes-Bens” servis markazi” shuʼba korxonasi asbob-uskunalarini renovatsiya qilish uchun foydalaniladigan 3051,5 mln soʻmni chegirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 362 ta “Mersedes-Bens” avtobuslari qiymatini qoʻshish hisobiga “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 9 ta avtobus parkining ustav fondi koʻpaytirilgandan keyin birinchi bosqichda (2007-yil mobaynida) ular ustav fondlarining 40 foizi miqdoridagi aksiyalar paketlari sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtobus parklari, ular ustav fondlari 362 ta “Mersedes-Bens” avtobuslari qiymatini qoʻshish hisobiga koʻpaytirilganda emissiya prospektlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarini xizmatlar haqi undirmasdan hisobga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 118-modda)