03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1708
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom Prezidentning 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
ushbu Nizomning IV bobga muvofiq hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlarni davriy ravishda yangilash va mulkchilik shakli o‘zgarganda yoki begonalashtirilganda ularni Reyestrdan chiqarish.
8. Davlat korxonasi yoki muassasasi Reyestrga kiritish uchun tegishli ravishda Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Guvohnoma rasmiylashtiradi;