Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.07.2007 yildagi PQ-677-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 27.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2011 YILLAR MOBAYNIDA KIMYo SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sanoatini yanada barqaror va mutanosib holda rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik xavfsiz samarali texnologiyalarni joriy etish, eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan raqobatbardosh kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2007—2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy yuqori samarador texnologiyalar, uskunalar va texnologik jarayonlarni boshqarishning eng yangi tizimlarini qoʻllash yoʻli bilan ishlab chiqarishning texnik darajasi va samaradorligini oshirish, kimyo korxonalarining ekspluatatsiyaviy ishonchliligi va ekologik xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki bozorlarda barqaror suratda gʻoyat xaridorgir boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turini kengaytirish, ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini sezilarli darajada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo resurslari va bazaviy kimyo mahsulotlarini chuqur qayta ishlash yoʻli bilan eksportga moʻljallangan hamda import oʻrnini bosadigan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” DAK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007—2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan dastur maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturini amalga oshirish, asosiy turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo sanoati korxonalari tomonidan barqaror xaridorgir boʻlgan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hajmlari va eksportga moʻljallangan hamda import oʻrnini bosadigan kimyo mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha loyihalar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK va tarmoq korxonalari rahbarlari zimmasiga 2007—2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturining maqsadli prognoz parametrlariga erishish hamda unga kiritilgan loyihalarni toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash borasida shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda asosiy turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish boʻyicha belgilangan maqsadli parametrlarning soʻzsiz bajarilishi uchun loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek mazkur qarorning 4-ilovasiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkimyosanoat” DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Fargʻonaazot” OAJda AM-76 ammiaki ishlab chiqarishini kapital-tiklash taʼmirlash elementlari bilan rekonstruksiya qilish va “Chirchiq “Elektrkimyosanoat” OAJda AM-76 ammiakining yirik tonnali agregatini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash” investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” AK mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy manbalardan jalb etiladigan kreditlar boʻyicha qayta moliyalashtiruvchi bank etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2007-2008-yillarda mazkur investitsiya loyihalarini tasdiqlangan DTIAga muvofiq 4-ilovada koʻrsatilgan hajmlarda birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Fargʻonaazot” OAJ va “Elektrkimyosanoat” OAJ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga binoan mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan asosiy texnologik va yordamchi uskunalar (ehtiyot qismlarning normativ komplekti bilan), texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar, dasturiy mahsulotlar, texnik hujjatlar 2009-yilning 1-iyunigacha bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda 2007—2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish, ularning eksport hajmlarini oshirish va import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni nazarda tutilgan holda, unga belgilangan tartibda kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “Oʻzkimyosanoat” DAKning qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha, 2007—2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturiga, eksport qilishga moʻljallangan zamonaviy turdagi kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etishga oid yangi investitsiya loyihalari qoʻshilishini nazarda tutgan holda, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qarorining 5, 6 va 7-bandlari va 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-677-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 316-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda)