Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.07.2006 yildagi PQ-420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YILGAChA DAVRDA JEROY-SARDARA KONI NEGIZIDA TARKIBIDA FOSFOR BO‘LGAN O‘G‘ITLAR IShLAB ChIQARISh VA EKSPORTGA YETKAZIB BERIShNI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda respublikada fosforit xomashyosining mahalliy bazasini shakllantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Bu o‘z navbatida uni import qilishdan voz kechish imkonini berdi. Jeroy-Sardara koni fosforit xomashyosidan fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning muqobil texnologiyasi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishiga qaramay, hozirgi kungacha Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini foydalanishga topshirish ta’minlanmagan, buning natijasida fosforli o‘gitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda uskunalar va kommunikatsiyalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi va energiya sarfini kamaytirishni ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni takomillashtirishga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga, mashina- uskunalarni yangilashga, shuningdek konsentratlangan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ularning yig‘ilib qolgan uyumlarini qayta ishlashning sanoat usullarini tadbiq etishga yetarli e’tibor berilmayapti. Tarkibida fosfor bo‘lgan mineral o‘g‘itlarni eksportga yetkazib berish hajmlarini o‘stirish sur’atlari yetarli darajada emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jeroy-Sardara koni zaxiralari negizida tarkibida fosfor bo‘lgan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish va eksport potensialini o‘stirish, shuningdek fosfor ishlab chiqarishidagi texnogen chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevga, Navoiy KMK Bosh direktori N.I.Kucherskiyga Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini o‘z vaqtida foydalanishga topshirishni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar qabul qilinmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir hafta muddatda vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning ijrosiga mas’uliyatsizlarcha yuzaki munosabatda bo‘lish faktlarini ko‘rib chiqsin va prinsipial baho bersin. Zarurat tug‘ilganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy KMK tomonidan 2006-yilning VI choragida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 30 foizgacha R2O5 bo‘lgan yiliga 400 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosfor konsentrati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 18-19 foiz R2O5 bo‘lgan yiliga 200 ming tonna yuvilgan fosfor konsentrati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida 16-18 foiz R2O5 bo‘lgan yiliga 200 ming tonna fosfor uni hajmida fosforit mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” DAKning “Samarqandkimyo” OAJda boyitilmagan Jeroy fosforitlarini azot kislota usuli bilan qayta ishlash orqali tarkibida azot-fosfor-kalsiy bo‘lgan yangi o‘git (nitrokalsiyfosfat) sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan yiliga 250 ming tonna quvvatga ega korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 250 ming tonna nitrokalsiy fosfat o‘g‘iti (NKFO‘) ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan yangi korxona 2008-yil oxirida ishga tushirilishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2010-yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish chora-tadbirlari Dasturining asosiy yo‘nalishlari hamda 2006—2010-yillarda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli parametrlari 1—3-ilovalarga muvofiq* ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” DAK rahbariyati zimmasiga Dasturda belgilangan asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5–7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-iyuldagi PQ-677-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 316-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlasin hamda Dasturning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining har chorakdagi majlislarida muntazam tinglab borishni amaliyotga tadbiq qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” DAKning fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalar manziliga fosforit xomashyosi ortilgan yo‘nalishlarda harakatlanish, shuningdek tarmoq korxonalaridan boshqa xomashyo va mineral o‘g‘itlarni belgilangan tartibda yetkazib berishning normativ muddatlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qo‘qon superfosfat zavodi” OAJga fosforit xomashyosini yetkazib berish uchun Tojikiston temir yo‘lining So‘g‘d uchastkasini kesib o‘tish kodlari Navoiy KMKga zarur miqdorda milliy valyutaga sotilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi kichik band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAK hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi hukumat qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-420-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 400-modda; 2007-y., 31-32-son, 316-modda)