25.10.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1098-4
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 25.10.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1098-4
Кучга кириш санаси
04.11.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ–100-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-sonlar, 168-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 6 va 2002-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1098 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 5-son 62-modda; 2004-y., 26-son, 305-modda; 2005y., 5-6-son, 42-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.