OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-iyunda 1692-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 27-dekabrdagi 2006-16 , 284-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bekor qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-aprel,
2007-04-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-aprel,
290-V-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom emissiya jarayonidan va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarga (bundan keyingi oʻrinlarda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlar egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish hamda ular bilan bogʻliq boshqa harakatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) (bundan keyingi oʻrinlarda HKP deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlar bitimlari boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (investitsiya instituti);
investitsiya instituti — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida oʻzining qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiradigan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdolarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradigan va Markaziy depozitariy va HKP bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
xizmat koʻrsatuvchi bank — chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, HKP aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarining hisobini yuritish va saqlashga moʻljallangan HKPning chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan vakolatli bank;
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarning kotirovka narxlarini belgilash, savdolar tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarni savdoda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibini, axborotlarni oshkor qilish tartibini va qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni oʻz ichiga oluvchi savdolar tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish qoidalari.
§ 2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasiga Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
4. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning majburiy rekvizitlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
5. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun olinadigan yigʻim qonun hujjatlarida milliy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlar uchun belgilangan tartibda emitentlar tomonidan emissiya nominal qiymatining 0,1 foizi miqdorida toʻlanadi.
Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni chiqarishni roʻyxatga olishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish uchun olinadigan yigʻim qonun hujjatlarida milliy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlar uchun belgilangan tartibda emitentlar tomonidan eng kam ish haqining besh barobari miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati chet el valyutasida yaxlit oʻlchamlarda koʻrsatiladi.
7. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitentlar tomonidan faqat naqdsiz shaklda chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularning hisobini yuritish va chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash, shuningdek chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar zimmasiga yuklangan majburiyatlarni va bunday yuklashlarni tugatish holatlari hisobi Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasi va ularni joylashtirish, shu jumladan ularni Markaziy depozitariyda hisobga qoʻyish faqat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida ularni chiqarish davlat roʻyxatiga olingandan soʻng amalga oshiriladi.
10. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida muomalada boʻlishi mumkin.
11. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisi boʻyicha birlamchi bozordagi bitishuvlari birja bozorlarida kabi birjadan tashqari bozorlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitishuvlari faqat birja va tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq boshqa operatsiyalar birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin va ular qonun hujjatlarida milliy valyutada muomalaga chiqaralayotgan qimmatli qogʻozlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda albatta investitsion institutda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlarni chet el valyutasida toʻlash holatlaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
§ 3. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari chiqargan qimmatli qogʻozlarni norezidentlar tomonidan sotib olinishi
14. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlari norezidentlarga ushbu qimmatli qogʻozlarga egalik qilishni taqiqlamagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishga yoʻl qoʻyilgan har qanday qimmatli qogʻozlarni norezedent xorijiy valyutada sotib olishi mumkin.
15. Norezident tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar birja va birjadan tashqari bozorlarda qonun hujjatlarida milliy valyutadagi qimmatli qogʻozlar sotilishi uchun belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlarni rezidentlarga sotish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
16. Norezidentlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish tartibi, shuningdek toʻlov muddatlari HKP va savdolar tashkilotchilarining qoidalari bilan belgilanadi.
17. Tashkillashtirilgan birja bozorida rezidentlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar norezident tomonidan sotib olinayotgan yoki sotilayotganda, uning tomonidan vakolat qilingan investitsiya instituti topshiriq (komissiya) shartnomasiga asosan, savdoda qimmatli qogʻozlarni sotib oladi yoki sotadi va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan bitishuv toʻgʻrisida norezidentga hisobot beradi.
Rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarni tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorda sotib olinayotganda yoki sotilayotganda, norezident bitishuvni xuddi shu tartibda yoki mustaqil amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Norezidentning “depo” hisobvaragʻiga kelib tushgan qimmatli qogʻozlar hisobi norezident bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzilgan depozitariyda yuritiladi.
19. Norezidentlar tomonidan davlat aktivlarini aksiya koʻrinishida sotib olishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Norezident tomonidan aksiya koʻrinishida sotib olingan davlat aktivlari Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylarning faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Depozitar hisob va hisobotining yagona qoidalarida (standartlarida) (1999-yil 1-dekabr, roʻyxat raqami 844) va qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, norezidentning depozitariydagi “depo” hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 4. Tijorat banklari aksiyalarini sotib olishning oʻziga xos xususiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bank-rezidentlar aksiyalarini sotib olish boʻyicha bitishuvlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan ruxsati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi bank-rezidentlari aksiyalarini sotib olish uchun quyidagi shaxslar (bundan keyingi oʻrinlarda oluvchi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;
ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining egaligida, foydalanuvida va(yoki) tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari.
23. Oluvchilarning mablagʻlarini tasarruf etuvchilari (ishonchli vakillari) boʻlib hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek, oluvchilar uchun bank-rezidentlarning aksiyalarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Offshor zonalarda roʻyxatga olingan oluvchilar — yuridik shaxslar banklar-rezidentlar aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatnomasini olish uchun bank-rezidentning aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etiladi.
Arizada oluvchilar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
yuridik shaxsning toʻliq firma nomi yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
joylashgan joy (pochta manzili) yoxud turar joyi;
roʻyxatga olinish sanasi, joyi va roʻyxatga olgan organ koʻrsatilgan holda yuridik shaxsning huquqiy maqomi yoxud jismoniy shaxsning fuqaroligi (tabaaligi);
aksiyalar miqdori va turi koʻrsatilgan holda oluvchining bank-rezident ustav kapitalidagi moʻljallanayotgan ishtirokining miqdori.
26. Oluvchi — yuridik shaxs tomonidan bank-rezident aksiyalari sotib olinayotganda mazkur arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) oluvchining notarial tasdiqlangan taʼsis hujjatlari nusxalari;
b) norezident-oluvchining vakolatli organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalidagi ishtiroki toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
v) norezident-oluvchi yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (yoki undan koʻchirma) notarial tasdiqlangan nusxasi;
g) oluvchi faoliyatining auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan oʻtgan uch yillik balanslari;
d) agar norezident-oluvchining mamlakati qonunlari talab qilsa, norezident-oluvchi joylashgan mamlakat nazorat organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank kapitalida ishtirok etishiga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
e) norezident-oluvchining toʻlovga layoqatliligi toʻgʻrisida birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdigʻi;
j) oluvchining taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
yuridik shaxslar uchun — firma nomi, roʻyxatga olingan sana va joyi, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi;
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili), oxirgi ikki yil uchun ishbilarmonlik yoki professional faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi;
z) oluvchi ustav fondidagi ishtirokchilar (ustav fondining kamida 1 foiziga egalik qiluvchilar) toʻgʻrisida ularning joylashgan joyi va faoliyat yoʻnalishlarining qisqacha mazmuni koʻrsatilgan maʼlumotlar.
27. Oluvchi — jismoniy shaxs tomonidan bank-rezident aksiyalari sotib olinayotganda, arizaga uning toʻlovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi oʻz ulushini toʻlashga layoqatligi) tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdigʻi, shuningdek jismoniy shaxsning ushbu mablagʻlarining qonuniyligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
28. Mazkur Nizom maqsadlarida birinchi darajali xorijiy bank boʻlib IBSA, Moodyʼs yoki Standard & Roorʼs klassifikatsiyasi boʻyicha qisqa muddatli majburiyatlariga AA, rrime-1 dan past boʻlmagan reytingi berilgan xorijiy bank tan olinadi.
29. Bank-rezident aksiyalari oluvchi nomidan ishtirok etayotgan nominal saqlovchi yoki boshqa shaxs tomonidan sotib olinayotganda, arizada va unga ilova qilinayotgan hujjatlar va materiallarda oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilishi shart.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qaror qabul qilinishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni oluvchilar va boshqa shaxslardan talab qilishga va olishga haqlidir.
31. Bank-rezidentning aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza kelib tushgan sanadan boshlab oʻttiz kundan oshmasligi kerak. Arizani koʻrib chiqish muddatidan kechiktirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki arizachini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
32. Bank-rezident aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yozma ravishda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mazkur Nizom va qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bank-rezident aksiyalarini sotib olgan oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bank aksiyadorlari reyestriga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar ishtirokida qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisini amalga oshirishda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
34. Tashkillashtirilgan bozorlarda chet el valyutasida tuziladigan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda chet el valyutasidagi HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Oʻzbekiston Respublikasining tashkillashtirilgan bozorlarida norezidentlar, shuningdek xorijiy hisobvaraqlaridan foydalangan rezidentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan tuziladigan bitishuvlari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi hududida HKP ishtirokida amalga oshiriladi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni norezidentlar tomonidan xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu bitishuvlar investitsiya institutlari tomonidan roʻyxatga olinganidan soʻnggina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Norezident tomonidan xarid qilingan qimmatli qogʻozlar toʻliq qiymatining toʻlov muddatlari milliy valyutadagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar uchun qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Qimmatli qogʻozlarni tashkillashtirilgan bozorda tuzilgan bitishuvlar natijalari boʻyicha aksiyalar shaklidagi davlat aktivlarini norezidentlarga sotishdan tushgan chet el valyutasidagi pul mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻlaligicha sotish majburiyati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan joylashtirilgan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaragʻi orqali milliy valyutada naqd pulsiz shaklda, shuningdek agar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, chet el valyutasida ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 6. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni soʻndirish
40. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha barcha daromadlar toʻlov kuniga, agar ularni chiqarish shartlarida boshqacha shartlar belgilangan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
41. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni soʻndirish, qiymati milliy valyutada ifodalangan qimmatli qogʻozlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni chiqaruvchi emitent emissiya risolasida (chiqarish anketasida) qimmatli qogʻozlarni soʻndirish (sotib olish) valyutasini koʻrsatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Norezidentlarning qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi mablagʻlari zaruriyat boʻlganda, chet el banklarining “loro” vakillik hisobvaraqlariga milliy valyutada kiritilishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun ham.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 7. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha axborotlarni oshkor qilish va hisobotlarni taqdim qilish
44. Investitsiya institutlari va savdolar tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha milliy valyutadagi bitishuvlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida xronologik hisobni yuritadilar, ular boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solishga doir vakolatli davlat organiga maʼlumotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitenti qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga hisobotlarni qimmatli qogʻozlarni milliy valyutada chiqaradigan emitentlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitenti axborotlarni oshkor etilishini, qimmatli qogʻozlarni milliy valyutada chiqargan emitentlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, va oshkor etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni ingliz tilida, shuningdek emitentning xohishiga koʻra har qanday boshqa chet tilida qoʻshimcha ravishda respublika matbuotida chop etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 8. Yakuniy qoidalar
47. Norezidentlar ishtirokidagi bitishuvlarni, shu jumladan, muddatida toʻlovi amalga oshirilmagan bitishuvlarni bekor qilish va ularni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari mazkur Nizom talablariga rioya etmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 274-modda; 2009-y., 6-son, 60-modda; 2014-y., 9-son, 96-modda, 18-son, 204-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1692-4/2871-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)