Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 02.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1685
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ELEKTRON ARXIV IShLARINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda 1685-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Markaziy bank Boshqaruvining 2000-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron arxiv ishlarini yuritish to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16/4-sonli qarori (2000-yil 15-sentabr, ro‘yxat raqami 970) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2007-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11/3-son

Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 14-apreldagi 11/3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO‘RIQNOMA

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2005-y., 51-son, 373-modda), “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2006-y., 14-son, 112-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazida (keyingi o‘rinlarda ABM deb yuritiladi) elektron arxiv ishlarini yuritish, arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektron arxiv deganda bank faoliyatiga tegishli elektron ko‘rinishda bo‘lgan hujjatlar, shu jumladan elektron to‘lov tizimi ma’lumotlari, elektron ma’lumotlari bazasi, EHM dasturlari va boshqa elektron axborot tashuvchi vositalarga yozib, belgilangan muddatga olib qo‘yish, saqlash va ulardan foydalanish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklari boshqaruvchilari va ABM direktorlari buyrug‘iga asosan elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha bo‘lim tashkil qilinadi yoki elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha mas’ul xodim (keyingi o‘rinlarda — mas’ul xodim) tayinlanadi. Mas’ul xodim oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, bank tizimida kamida ikki yil ishlagan bo‘lishi va arxivga olish dasturlari va uskunalaridan foydalanishni mukammal bilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari va ABM elektron arxiv ishlarini yuritish uchun maxsus ish joylariga ega bo‘lishi va ular texnik qurilma-vositalar hamda dasturlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Arxivga olingan elektron ma’lumotlarning ro‘yxati qog‘ozda chop etiladi. Qog‘ozda chop etilgan ro‘yxat 1-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron axborot tashuvchi vositalarning ustiga quyidagi yozuvlar yozilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saqlovchi vositaning shartli raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yozuvning boshlangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron arxivning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) saqlovchi vositaga yozuv yozish to‘xtatilgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) saqlanish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arxiv ishlarini olib boruvchi bo‘lim faoliyat ko‘rsatish xususiyatlariga ko‘ra elektron arxiv ishlarini yuritish tartibini mazkur Yo‘riqnomaga binoan ishlab chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha tayinlangan mas’ul xodim betobligi, mehnat ta’tilida bo‘lganligi va boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan vaqtlarida elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha tijorat banki boshqaruvchisining buyrug‘iga asosan vaqtinchalik boshqa mas’ul xodim tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari boshqaruvchilari, bosh buxgaltyerlari va mas’ul xodim elektron arxiv ma’lumotlarining to‘liqligi, to‘g‘ri arxivlashtirilishi hamda ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklarida quyidagi elektron ma’lumotlar arxivga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron to‘lov ma’lumotlarining bazalari mavjud bo‘lgan Bosh banklarda (filiallarda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank amaliyoti kuni elektron ma’lumotlarining to‘liq bazasi;

b) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal-bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan ko‘rinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron to‘lov hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tijorat banklarining kredit va boshqa bank operatsiyalari borasidagi ma’lumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining boshqaruv tizimiga oid ma’lumotlari ham elektron arxivga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron to‘lov ma’lumotlarining bazalari mavjud bo‘lmagan bank filiallarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal-bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan ko‘rinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron to‘lov hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari elektron arxiv ma’lumotlarining nusxalarini saqlanishi uchun kamida ikkita saqlash joylari tashkil etadilar:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchisi — tijorat bank binosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchisi — tijorat bank binosidan tashqaridagi binolarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 8-bandda ko‘rsatilgan elektron ma’lumotlar har kuni dasturiy ravishda arxivlanib, ikki nusxada elektron axborot tashuvchi vositalarga yoziladi hamda mas’ul xodim 2-ilovada ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi maxsus yuritilgan daftarga qayd qilib boradi. Maxsus daftar sahifalari raqamlangan, ip o‘tkazilib tikilgan, tijorat banki boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektron arxiv yozilgan elektron axborot tashuvchi vositalar yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tijorat banklarining ichki audit xizmati xodimi har oyda kamida bir marta elektron arxiv ishlarini to‘g‘ri yuritilishini tekshirib turadi va bu haqida 2-ilovada ko‘rsatilgan daftarga qayd qilib boradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron axborot tashuvchi vositalarning texnik tavsifiga binoan elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilgan elektron arxiv ma’lumotlari qayta o‘qib, tekshirilib turiladi. Texnik tavsifda elektron axborot tashuvchi vosita o‘qilishini tekshirish davri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, elektron axborot tashuvchi vosita har olti oyda bir marta tekshirib turiladi va ushbu tekshirish natijalarini qayd etish uchun maxsus daftar yuritiladi. Agar elektron arxiv ma’lumotlari tashqi ta’sirlar natijasida qisman yoki umuman yo‘qolib ketganligi aniqlansa, yo‘qotilgan elektron arxiv ma’lumotlari qayta tiklanishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tijorat bank filiallari elektron arxiv ma’lumotlarini har chorakda kamida bir marta o‘z tijorat banklari viloyat filiallarining arxiviga topshiradilar. Joriy yil tamom bo‘lganidan so‘ng, tijorat bankning viloyat filiali elektron arxiv ma’lumotlarini Bosh bank idoraviy arxiv bo‘limiga belgilangan tartibda topshiradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektron to‘lov ma’lumotlari bazalari joylashgan Bosh banklar elektron axborot tashuvchi vositaga yozilgan elektron arxiv ma’lumotlarining bir nusxasini idoraviy arxiv bo‘limiga saqlashga topshiradi va ikkinchi nusxasini pul-hisob-kitob hujjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddatda bank binosidan tashqaridagi binolarda saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Zarur hollarda (Markaziy bank rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan) komissiya tuziladi va tijorat banklari tomonidan elektron arxiv hujjatlari batafsil tekshirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga Markaziy bankning vakolatli xodimlari, tijorat banki bosh buxgalteri va boshqa mas’ul xodimlari kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh bank saqlanish muddati doimiy bo‘lgan elektron arxivni o‘n besh yil mobaynida idoraviy arxivda saqlaydi. Idoraviy saqlash muddati tugagan arxivlar o‘rnatilgan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy saqlovni shartnoma asosida davlat arxivlarida amalga oshirish mumkin.

18. Tijorat banklarining filiallari faoliyati tugatilganda elektron arxiv ma’lumotlari tijorat bankining viloyat filiallariga, viloyat filiallari mavjud bo‘lmagan banklar Bosh bankka belgilangan tartibda topshiradilar. Tijorat bank faoliyati tugatilib boshqa tijorat bankka qo‘shib yuborilganida, elektron arxiv ma’lumotlari o‘sha bank arxiviga belgilangan tartibda topshiriladi. Agar ikkita tijorat bank faoliyati tugatilib yangi tijorat bank tashkil etilsa, elektron arxiv ma’lumotlari yangi tashkil etilgan tijorat bankda saqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1685-1, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 465-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tijorat banki faoliyati tugatilganda elektron arxiv ma’lumotlari belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborotlashtirish bosh markazida elektron arxiv ishlarini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. ABM direktori va mas’ul xodim elektron arxiv ma’lumotlarining to‘liqligi, to‘g‘ri arxivlashtirilishi hamda ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. ABMda elektron to‘lov ma’lumotlarini qabul qiluvchi-uzatuvchi va qayta ishlovchi bo‘linmalar o‘rnatilgan tartibda arxiv ishlarini yuritadilar. Ular ABM tarkibidagi arxiv ishlarini yurituvchi tegishli bo‘limga kunlik arxiv ma’lumotlarini taqdim etadilar. Markaziy bankning integrallashgan Axborot tahliliy tizimi elektron arxivlarini yuritish mazkur tizim hujjatlari orqali tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. ABMda quyidagi ma’lumotlar elektron arxivga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank amaliyoti kuni elektron ma’lumotlarining to‘liq bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektron to‘lov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron to‘lov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarini qabul qilish-uzatish telekommunikatsion jurnal bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank amaliyoti kuni elektron to‘lov hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha elektron ma’lumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bank amaliyoti kuni dasturi va boshqa alohida qo‘llaniladigan dasturlar majmualari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) elektron tarzdagi me’yoriy-so‘rov ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal — bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) integrallashgan axborot-tahliliy tizimi ma’lumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. ABM elektron axborot tashuvchi vositalarda jamlangan elektron arxiv ma’lumotlari nusxalarini saqlash uchun kamida ikkita elektron arxiv saqlash joylarini tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchisi — ABM binosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchisi — ABM binosidan tashqaridagi binoda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har kuni mas’ul xodim 22-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni dasturiy ravishda elektron arxivlab, ikki nusxada elektron axborot tashuvchi vositalarga yozadi va maxsus daftarlarda qayd etadi. Maxsus daftarlarning sahifalari raqamlangan, ip o‘tkazilib tikilgan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektron arxiv ma’lumotlari yozilgan elektron axborot tashuvchi vositalar yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. ABMda elektron arxiv ma’lumotlarining xavfsizligi, daxlsizligi, to‘liqliligi, ishonchliligi va haqiqiyligi mas’ul xodimlar tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron axborot tashuvchi vositalarning texnik tavsifiga binoan elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilgan elektron arxiv ma’lumotlari qayta o‘qib, tekshirilib turiladi. Texnik tavsifda elektron axborot tashuvchi vosita o‘qilishini tekshirish davri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, elektron axborot tashuvchi vosita har olti oyda bir marta tekshirib turiladi va ushbu tekshirish natijalarini qayd etish uchun maxsus daftar yuritiladi. Agar elektron arxiv ma’lumotlari tashqi ta’sirlar natijasida qisman yoki umuman yo‘qolib ketganligi aniqlansa, yo‘qotilgan elektron arxiv ma’lumotlari qayta tiklanishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mas’ul xodimlar elektron axborot tashuvchi vositaga yozilgan elektron arxiv ma’lumotlarining to‘liqligini tekshirib ko‘rib, idoraviy arxiv bo‘limiga saqlashga topshiradi va pul-hisob-kitob hujjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddatda o‘z binosidan tashqaridagi binoda saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. ABM saqlanish muddati doimiy bo‘lgan elektron arxiv ma’lumotlarini o‘n besh yil mobaynida idoraviy arxivda saqlaydi. Idoraviy saqlash muddati tugagan arxivlar o‘rnatilgan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy saqlovni shartnoma asosida davlat arxivlarida amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tijorat banklari va ABMning bank sirini tashkil etuvchi elektron arxiv ma’lumotlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil

O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga
1-ILOVA

№‎ Sana‎ Faylning nomi‎ Faylning hajmi‎
‎‎Tashqi saqlovchi vositaning nomi ______________
‎Arxivga oluvchining F.I.Sh. __________
‎Sana __________ Imzo __________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Sana‎ Arxiv faylning nomi‎ Arxiv faylning hajmi‎ Saqlovchi vositaning nomi‎ Arxivga oluvchining F.I.Sh. ‎ Imzo‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 243-modda; 2010-y., 49-son, 465-modda)