Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2007 15.09.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 970
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan
(16/4-son bayonnoma)

2000-yil 2-sentabrda
479-son bilan

“TASDIQLANGAN”

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi bosh arxiv
boshqarmasi boshligʻi
P.N. Nigʻmatov

2000-yil 18-avgust

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMIDA ELEKTRON ARXIV IShLARINI YURITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-sentabrda 970-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 14-apreldagi 11/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1685, 02.06.2007y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “EHM dasturlar taʼminoti va maʼlumotlar bazasini huquqiy muhofazalash toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-sonli “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi banklarida, Markaziy bank Hisob-kitob-kassa markazlarida hamda Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazida va Hududiy axborotlashtirish markazlarida elektron arxiv ishlarini yuritish, arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning umumiy tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxiv — elektron koʻrinishda boʻlgan hujjatlar, elektron toʻlov tizimi maʼlumotlari, EHM dasturlari va boshqa elektron maʼlumotlarni kompyuter xotirasiga va tashqi saqlovchi vositalarga yozib, maʼlum muddatga olib qoʻyish, saqlash va ulardan foydalanish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishlarini olib boruvchi maʼmuriy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatish xususiyatlariga koʻra arxiv ishlarini yuritish tartibini mazkur Yoʻriqnomaga binoan ishlab chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida va ularning filiallarida, Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlarida (keyingi oʻrinlarda HKKM), Axborotlashtirish Bosh Markazida (keyingi oʻrinlarda ABM) va Hududiy Axborotlashtirish Markazlarida (keyingi oʻrinlarda HAM) elektron arxiv ishlarini yuritishni amalga oshirish va ularni takomillashtirish boʻyicha javobgarlik tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKM, ABM va HAM rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Tijorat banklari va ularning filiallari, HKKM rahbarlarining yozma buyrugʻiga asosan javobgarlik bosh muhosib yoki uning oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. ABM, HAMlarda rahbarlarning yozma buyrugʻiga asosan javobgarlik masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi. Bu esa ABM va HAMlari rahbarlarini umumiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hamda markaziy bankning hisob-kitob-kassa markazlarida elektron arxiv ishlarini yuritish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Elektron arxiv ishlarini yuritish uchun tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlari rahbarlari tomonidan masʼul javobgar xodim yozma buyruq asosida tayinlanadi va ishdan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Tijorat banklarining Bosh banklari va ularning filiallarida hamda HKKMlari kompyuterlashtirish shuʼbalarida elektron toʻlov hujjatlarini va elektron toʻlov hujjatlari boʻlmagan elektron hujjatlarni arxivlashtirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Tijorat banklarida va ularning filiallarida hamda HKKMlarida quyidagi elektron maʼlumotlar arxivga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq bank amaliyoti kuni elektron maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kiruvchi va chiquvchi toʻlov hujjatlari fayllari, shifratsiya kalitlari bilan birgalikda (shifrlangan va shifrlanmagan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tarzidagi meʼyoriy-soʻrov maʼlumotlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni boʻyicha elektron jurnal-bayonnomalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlari elektron arxiv ishlarini yuritishlari uchun kerakli dasturlar va texnik vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Tijorat banklarining filiallari elektron arxiv hujjatlarining nusxalarini saqlashlari uchun kamida ikkita (bir binoda boʻlmagan) elektron arxiv hujjatlarini saqlash punktlari tashkil etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchisi — oʻsha bank boʻlimida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchisi — viloyat hududiy boshqarmasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining viloyat hududiy boshqarmalari yigʻilgan elektron arxivlarni har olti oyda oʻzining Bosh banklariga belgilangan tartibda topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Tijorat banklarining Bosh banklari, HKKMlar va filiallari boʻlmagan tijorat banklari oʻz binosida bir-biridan ajratilgan alohida xonalarda ikkita elektron arxiv punktlarini tashkil etadilar. Bu xonalarning yonma-yon joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. 2.3-bandda koʻrsatilgan elektron toʻlov maʼlumotlar har kuni dasturiy ravishda arxivlanib, ikki nusxada tashqi saqlovchi vositalarga yoziladi hamda masʼul javobgar xodim birinchi shaklda koʻrsatilgan koʻrinishda maxsus yuritilgan daftarga qayd qilib boradi. Maxsus daftar sahifalari raqamlangan, ish oʻtkazilib tikilgan, rahbar tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Sana‎

Arxiv
‎faylning
‎nomi‎

Arxiv
‎faylning
‎hajmi‎‎

Saqlovchi
‎vositaning
‎nomi‎

Arxivga
‎oluvchining
‎F.I.Sh‎

Imzo‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Arxiv yozilgan tashqi saqlovchi vositalar yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlar rahbarlari, bosh muhosiblari va masʼul javobgar xodim maʼlumotlarning toʻgʻri arxivlashtirilishi hamda toʻliqligi, ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Barcha kiruvchi va chiquvchi (shifrlangan va shifrlanmagan) elektron toʻlov hujjatlari har kuni tijorat banklari va HKKMlar tomonidan daxl etilishiga ruxsat berilmaydigan koʻrinishda arxivlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklarning sababini aniqlash uchun komissiya tuziladi va tijorat banklari, HKKMlar tomonidan daxl etilishga ruxsat berilmaydigan arxiv hujjatlari batafsil tekshirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga: Markaziy bankning vakolatli vakillari, Tijorat banki (HKKM) rahbari, bosh muhosibi, arxiv ishi uchun javobgar masʼul xodim va lokal tarmoq maʼmuri kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Tijorat banklari va HKKMlar tomonidan daxl etilishiga ruxsat berilmaydigan arxiv hujjatlarini har kuni dasturiy ravishda tashqi saqlovchi vositaga koʻchirilishi (nusxalanishi) va bunda arxivga olingan axborotlar roʻyxatining qogʻozdagi yozuvi chiqarilishi shart. Yozma shaklda chiqarilgan arxiv yozuvi 2-shaklda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va u seyfda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi saqlovchi vositaning ustiga quyidagi yozuvlar yozilgan boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saqlovchi vositaning shartli raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yozuvning boshlangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron arxivning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) saqlovchi vositaga yozuv yozish toʻxtatilgan vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Sana‎

Faylning nomi‎

Faylning hajmi‎

‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Tashqi saqlovchi vositaning nomi ‎ ________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi saqlovchi vositaning nomi _______________ Arxivga oluvchining F.I.Sh. ____________ Sana _________ Imzo ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.12. Tashqi saqlovchi vositaning texnik tavsifiga binoan tashqi saqlovchi vositaga yozilgan elektron maʼlumotlarni qayta oʻqilishi tekshirilib turilishi shart. Texnik tavsifda tashqi saqlovchi vositani qayta oʻqilishini tekshirish davri koʻrsatilmagan boʻlsa tashqi saqlovchi vositani bir yilda kamida ikki marta (har 6 oyda) ochib qayta oʻqilishini tekshirib turiladi. Agar elektron arxiv maʼlumotlarning tashqi taʼsirlar natijasida qisman yoki umuman yoʻqolib ketganligi aniqlansa, yoʻqolgan arxiv maʼlumotlar tiklanishi zarur. Bu haqda dalolatnoma tuzilishi va maxsus yuritilgan daftarga qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.13. Elektron arxiv maʼlumotlarni Tijorat bank filiallari tomonidan har chorakning boshida tijorat bankining hududiy boshqarmasi arxiviga va joriy yil tamom boʻlganidan soʻng oʻz arxiv boʻlimiga belgilangan tartibda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.14. Tijorat banklari va HKKMlarning arxiv boʻlinmalari tashqi saqlovchi vositaga yozilgan arxiv maʼlumotlarining butligini tekshirib koʻrib, oʻz arxiv boʻlimiga olib qoʻyadi va oʻn yil saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.15. Tijorat banklari va HKKMlari saqlanish muddati oʻn yildan yuqori boʻlgan elektron arxivni doimiy saqlash uchun belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.16. Tijorat banklarining filiali faoliyati tugatilganda elektron arxivini hududiy boshqarmasiga, hududiy boshqarmasi boʻlmaganlari Bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda topshiradi. Tijorat banki faoliyati tugatilib boshqa tijorat bankka qoʻshib yuborilganda, oʻsha bank arxiviga belgilangan tartibda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.17. Bosh tijorat banklari faoliyati tugatilganda elektron arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki axborotlashtirish bosh markazi va uning hududiy axborotlashtirish markazlarida elektron arxiv ishlarini yuritish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Elektron arxiv ishlarini yuritish boʻyicha ABM va HAMlarda hamda ularning boʻlimlarida rahbarlarning yozma buyrugʻiga asosan masʼul javobgar xodimlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. ABM tarkibida “Elektron toʻlov” tizimi elektron arxivining markazlashtirilgan elektron arxiv ishlari olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. ABM va HAMlarida elektron toʻlov tizimi maʼlumotlari asosida elektron arxiv olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi maʼlumotlari (shifrlangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi maʼlumotlarini qabul qilish — uzatish telekommunikatsion jurnal bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov hujjatlari ishlovi amaliyot kuni elektron maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov hujjatlari ishlovi amaliyot kuni dasturlarining barcha turlari va boshqa alohida dasturlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tarzidagi meʼyoriy-soʻrov maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. ABM va HAMlari elektron arxiv ishlarini olib borishlari uchun asosiy talablarga javob beruvchi yetarli maxsus ish joylari hamda texnik qurilma-vositalari, dasturlar taʼminoti bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. ABM va HAMlari tashqi saqlash vositalarida jamlangan elektron arxiv hujjatlari nusxalarini saqlashlari uchun kamida ikkita (bir binoda boʻlmagan) elektron arxiv saqlash punktlari tashkil etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchisi — ish joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchisi — hududiy uzoqlashtirilgan joylarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. HAMlari bank amaliyot kunining oxirida elektron arxivlarini ABMning markazlashtirilgan elektron arxiviga uzatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Har kuni ABM va HAMlar 3.3-bandda koʻrsatilgan elektron toʻlov tizimi maʼlumotlarini dasturiy ravishda arxivlab (arj.exe dasturining 2.39, 2.41 va undan yuqori turi bilan), ikki nusxada tashqi saqlovchi vositalarga yoziladi va maxsus daftarlarda qayd etiladi. Maxsus daftarlar sahifalari raqamlangan, ip oʻtkazilib tikilgan va muhrlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Elektron arxiv yozilgan tashqi saqlovchi vositalari yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. ABM va HAMlarda elektron arxiv maʼlumotlar bilan ishlash, yaʼni statistik va analitik tahlil hamda elektron toʻlovni aniqlashtirish uchun maʼlumotnomalarni olish boʻyicha soʻrov ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va ABM tomonidan ishlab chiqilgan tartib va qoida hamda yoʻriqnoma va koʻrsatmalarga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. ABM va HAMlarda elektron arxiv maʼlumotlar xavfsizligini va daxlsizligini, toʻliqliligini, ishonchliligini, tozaligini va haqiqiyligini elektron arxiv ishlarini yuritish boʻyicha masʼul javobgar xodimlar tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. ABM va HAMlaridagi jamlangan elektron arxiv maʼlumotlari va ularni tashuvchi tashqi saqlash vositalari davriy ravishda tekshirib boriladi. Ushbu tekshirish natijalari maxsus daftarda qayd etiladi. ABMda ishlab chiqilgan tekshirish uslub va usullardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. ABMda elektron arxivlar saqlash muddati 10 yildan oshishi bilan elektron arxiv hujjatlari doimiy saqlash uchun belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. HAM tarkibiy oʻzgarishi (faoliyati oʻzgarishi, tugatilishi, yangilanishi) roʻy bergan hollarda yuqori tashkilot ABMga elektron arxivini oʻrnatilgan tartib asosida topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.14. Elektron arxiv ishlarini yuritish borasida texnologik jarayonlar oʻzgarishi, texnik qurilma va vositalarni mukammallashib borishi asosida elektron arxiv ishlarini yuritish uslub hamda usullari takomillashtirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron toʻlov tizimi tarkibiga kiruvchi barcha turdagi elektron arxivlarning saqlanishi muddati 10 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma kuchga kirishi bilan Markaziy bankning 1999-yil 21-avgustdagi 147-sonli (Adliya vazirligidan 1999-yil 25-noyabrda 841-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi” qoidasining “7-bob. Bank tizimida elektron hujjatlarni arxivlash va ularni saqlash boʻyicha talablar” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y.,17-son)