O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
DONNI SAQLASH, QURITISH, TOZALASH, TASHISH VA QAYTA ISHLASH JARAYONIDAGI KAMAYISH VA YO‘QOTISHLARNI QOPLASH UCHUN MOLIYAVIY ZAXIRANI SHAKLLANTIRISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1683-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
41-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2006-45-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) qaroriga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ehtiyojlari uchun donni xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) tatbiq etiladi. Ushbu korxonalar tarkibiga don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, un-yorma yanchadigan va boshqa korxonalar ham kiradi.
2. Sotib olish, joylashtirish va saqlash jarayonida don doimiy ravishda namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha o‘z sifatini o‘zgartiradi, bu esa uning fizik og‘irligi yo‘qotilishiga olib keladi. Donning og‘irligini yo‘qotilishi, shuningdek quritish, tozalash, ishlov berish va tayyor mahsulotni qayta ishlashda ham yuzaga keladi.
3. Donning fizik og‘irligidagi o‘zgarishlar miqdori, asosan inventarizatsiya, shuningdek ishlab chiqarish hamda saqlash joylarini tozalash vaqtida aniqlanadi. Bunda yo‘qotishlar faqatgina donning butun partiyasi sarflab bo‘linganidan va tozalash dalolatnomalari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin hisobdan chiqarilishi mumkin.
4. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini, shuningdek donni qabul qilish, tozalash, ishlov berish, saqlash, tizim ichida boshqa joyga o‘tkazish va sotish bo‘yicha xarajatlarni bir me’yorda shakllantirish maqsadida don mahsulotlari korxonalarining don qabul qilish faoliyati bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan kamayishlari va yo‘qotishlarini qoplash uchun moliyaviy zaxirasi tashkil etiladi.
5. Moliyaviy zaxirani shakllantirilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobotida aks ettirish uchun alohida 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” balans hisob raqami ochiladi. Ushbu hisob raqam don va don mahsulotlarini hisobga olish (1000, 2900) hisob raqamlariga qarshi kontraktiv hisob raqam hisoblanadi va moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) don va don mahsulotlarining qiymati hisobga olinadigan hisob raqamlardagi balans qiymatini korrektirovka qilish uchun xizmat qiladi. Mazkur hisob raqamning debet qoldig‘i summasiga don va don mahsulotlarining balans qiymati ko‘payadi, kredit qoldig‘i summasiga esa kamayadi.
II. Moliyaviy zaxirani shakllantirish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari
6. Moliyaviy zaxirani shakllantirish manbalari bo‘lib:
a) davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishda donning haqiqiy sifat ko‘rsatkichlarini bazis konditsiyalaridan farqiga pul ko‘rinishida hisoblanadigan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga hisoblanadigan natura va pul ko‘rinishidagi chegirmasi;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan donni saqlash, quritish, tozalash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarning hisob-kitobi;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida boshqa don mahsulotlari korxonalaridan olingan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha chegirmalar;
g) yuklab jo‘natilayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha ustamalar hisoblanadi.
7. Moliyaviy zaxira mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat ehtiyoji uchun donni sotib olish vaqtida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga to‘lanadigan natura holidagi (donning fizik va hisobga olingan og‘irligi o‘rtasidagi farqlar) va pul ustamalarini to‘loviga;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga yomonlashgan sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan donni saqlash va tashish jarayonidagi fizik og‘irligi oshganligining hisob-kitob summasini qoplashga;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida olingan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi bo‘yicha pul ko‘rinishidagi hisoblangan, yuklab jo‘natuvchi tomonidan donning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanganda taqdim etiladigan donning yo‘qotilishi va kamayishiga hisoblanadigan ustama hisob-kitob summasini qoplashga;
g) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida yuklab jo‘natilayotgan haqiqiy hajmdagi donning sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namligi va iflosligi aralashmasi bo‘yicha chegirmalarni berishga;
d) mexanizatsiyalashgan usulda donga ishlov berish (tozalash) vaqtida donning yo‘qotilishi va kamayishini qoplashga;
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan barcha tugallangan don partiyalarini tozalash dalolatnomalari bo‘yicha haqiqatda aniqlangan donning yo‘qotilishi va kamayishini qoplashga.
8. Natura holidagi ustamalar yoki chegirmalar (bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha tegishlicha farqi) miqdori hisobiga oshgan yoki kamaygan donning fizik og‘irligi, belgilangan sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari bo‘yicha to‘lanadigan va kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishni bajarish hisobiga o‘tkaziladigan hisobga olish og‘irligi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga pul ko‘rinishida hisoblanadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani shakllantirish (foydalanish), donning fizik og‘irligi va uning hisobga olingan og‘irligi o‘rtasidagi farqni belgilangan (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlar bo‘yicha qiymatini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, ya’ni namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari bazis normalaridan past bo‘lgan har bir foizi uchun fizik og‘irlikka natura holidagi ustamalar qo‘yiladi hamda aksincha namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori bo‘lgan har bir foizi uchun fizik og‘irlikdan natura holidagi chegirmalar qo‘llaniladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarining yig‘indisi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
9. Pul ko‘rinishida hisoblanadigan, pullik chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani tashkil qilish (foydalanish) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilinayotganida sotib olish narxlariga chegirmalar (ustamalar) qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat ko‘rsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli milliy standartlar bilan belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
11. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
12. Donning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi natijasida kamayishlar va yo‘qotishlar miqdori amalda omborxonalar, ishlab chiqarish sexlari (uchastkalari)ni inventarizatsiya qilish va tozalash vaqtida aniqlanadi. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlarini teng miqdorda shakllantirish maqsadida donni saqlash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni omborxonalar va boshqa saqlash joylarini inventarizatsiya qilish va tozalash natijalari bo‘yicha emas, balki donni ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi bilan xarajatlarni hisobga olish hisob raqamiga o‘tkazish lozim. Tegishlicha, qayta ishlashga yuborilgan donga tegishli bo‘lgan, donni saqlash va tashish jarayonidagi yo‘qotishlar va kamayishlarning hisob-kitob qiymatini hisobga olish (ulgurji-sotish) narxida aniqlash lozimdir. Bu qiymat ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bo‘yicha tegishli hisob raqamga o‘tkaziladi va bir vaqtning o‘zida moliyaviy zaxira tashkil qilinadi.
13. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda, dastlabki ma’lumotlar sifatida don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab jo‘natishni hisobga olish jurnallaridagi va miqdor-sifatni hisobga olish kitoblarida (36-son shakl) qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati, namlik va iflosligi aralashmasi bo‘yicha o‘rtacha darajadagi sifat ko‘rsatkichlari xizmat qiladi.
14. Sifati o‘zgarishidan kelib chiqib, qayta ishlashga yuborilgan yoki sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning og‘irligi asosli holda o‘zgarganligini aniqlash uchun moliyaviy zaxira summasini shakllantirish (foydalanish)da quyidagilarga amal qilish lozim:
a) namlik pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning og‘irligidagi kamayishlar miqdori qayta ishlashga yuborilgan donning kirim qilinishi va sarflanishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula bo‘yicha qayta hisoblanadi:
| |
X= |
__100 (a – b)__ |
, bunda: | |
| |
100 – b |
|
X — og‘irlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
a — kirim qilinishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %da;
b — sarflanishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %da;
b) yaroqli va yaroqsiz chiqitlarni hisobga olish dalolatnomalari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan ifloslik aralashmasi pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning og‘irligidagi kamayishlar miqdori kirim qilish va sarflash bo‘yicha ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula bo‘yicha qayta hisoblanadi:
| |
U= |
_(v – g) (100 – d)_ |
, bunda: | |
| |
100 – g |
|
U — og‘irlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
v — kirim qilinishi bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %da;
g — sarflanishi bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %da;
d — namlik pasayishidagi kamayishlar miqdori ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan %da.
15. Namligi va iflosligi aralashmasi o‘zgarishidan kelib chiqib, donning og‘irligidagi kamayishlarni hisoblab chiqarish bo‘yicha bu ikki formula qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida donning hisobga olish og‘irligini aniqlash uchun qo‘llanilmaydi.
16. Donni qayta ishlashda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni natura holida va pul chegirmalari hisobiga sotib olish (kelib tushish) vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmi bo‘yicha, bir vaqtning o‘zida donning tannarxini kamaytirish bilan to‘g‘rilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxira to‘liq foydalanilmasligi mumkin. Bunda, donni sotib olish vaqtida ushbu qayta ishlanayotgan don partiyasi bo‘yicha tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan ishlov berish natijalari bo‘yicha donning qiymatidagi yo‘qotishlar kam bo‘ladi.
17. Qayta ishlashga yuborilgan donning og‘irligi uning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligini aniqlash va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) bo‘yicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
18. Agarda donni tizim ichida qayta joylashtirish bo‘yicha yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq, olingan donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan, yetkazib beruvchi tomonidan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) taqdim qilinishi (berilishi) nazarda tutilgan bo‘lsa, moliyaviy zaxira natura holidagi chegirmalar taqdim qilinadigan yoki ustamalar qo‘shiladigan dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida tashkil etiladi va foydalaniladi.
19. Tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun don yuklab jo‘natish vaqtida sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan, taqdim qilinadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tuziladigan yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq belgilanadi. Tizim ichida tashish vaqtida natura holidagi chegirmalar berish yoki ustamalar qo‘yish maqsadida sotib oluvchiga yuklab jo‘natilgan donning og‘irligi o‘zgarishini ularning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli ekanligini aniqlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
20. Sotib oluvchiga tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sotilgan (yuklab jo‘natilgan) don bo‘yicha yaxshilangan sifat ko‘rsatkichlari (sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari kirim qilish vaqtidagidan yoki donga ishlov berishdan keyin yuqori bo‘lsa) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan natura holidagi ustamalarni taqdim qilish vaqtida donni saqlash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni qoplash uchun taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga moliyaviy zaxira tashkil qilinadi. Agarda donni sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari u kirim qilinganidan yoki unga ishlov berilganidan keyingi ko‘rsatkichlarga nisbatan past bo‘lsa, donning yaxshilangan sifat ko‘rsatkichlari farqlari bo‘yicha sotib oluvchiga taqdim qilingan natura chegirmasi summasiga moliyaviy zaxiraning miqdori kamayadi.
21. Donni sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida, sotilayotgan (yuklab jo‘natilayotgan) donning haqiqiy hajmi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni sotib olish (kelib tushish) vaqtida natura holida va pul chegirmalari hisobiga hosil bo‘lgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini, bir vaqtning o‘zida donning sotilish tannarxini kamaytirish bilan to‘g‘rilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxira to‘liq foydalanilmasligi mumkin, masalan:
a) normativ ko‘rsatkichgacha tozalanmagan yoki umuman tozalanmagan don partiyasi yuklab jo‘natilsa;
b) ishlov berish natijalari bo‘yicha donning qiymatidagi yo‘qotishlar ushbu donni partiyasi bo‘yicha uni sotib olish vaqtida tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan kam bo‘lsa.
22. Qayta ishlashga yuborilgan donning og‘irligini aniqlash uning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligi va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) bo‘yicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
23. Moliyaviy zaxira, shuningdek ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berishdan keyin olingan asosiy mahsulotlar (sifatli don), qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarning hisobga olish narxi bo‘yicha qiymati o‘rtasidagi farqlar summasini qoplash uchun ishlatiladi. Bunda, donning fizik og‘irligini kamayishiga sabab bo‘lgan ishlov berish natijalari bo‘yicha kamayishlar va yo‘qotishlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Moliyaviy zaxira hisobidan qoplanadigan yo‘qotishlar summasi ishlov berishga hisobga olish (ulguji-sotish) narxlarida topshirilgan donning qiymati, shuningdek ishlov berishdan olingan asosiy mahsulotlar (ishlov berilgandan keyingi sifatli don), qo‘shimcha mahsulotlar (don aralashmasi) va yaroqli chiqitlar (turli toifadagi don chiqitlari)ning hisobga olish (ulgurji-sotish) narxlarining qiymati o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha aniqlanadi. Yaroqsiz chiqitlar baholanmaydi va aktivlarni hisobga olish hisob raqamida hisobga olinmaydi. Yaroqsiz chiqitlarni hisobga olgan holda ishlov berishdan olingan mahsulotlar og‘irligi ishlov berishga topshirilgan donning og‘irligiga teng bo‘lishi lozim.
25. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya bo‘yicha turli xildagi ekinlar donlarining partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar o‘tkazadigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda har bir partiyadagi ifloslik va don aralashmasining kamayishi miqdoriga mutanosib ravishda chiqitlarni hisobdan chiqarish amalga oshiriladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib ko‘riladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar bo‘yicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Qo‘shimcha mahsulotlarga (tarkibida don ko‘p bo‘lgan don aralashmasi) ishlov berish natijasida asosiy ekin doni olinsa, 2312 “Elevatorlar va omborxonalarda donni mexanizatsiyalashgan tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish” hisob raqamida kredit qoldiq yuzaga kelishi mumkin va bu qoldiqni 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamining kreditiga olib borish yo‘li bilan moliyaviy zaxira oshiriladi.
26. Donni mexanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish bo‘yicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi).
27. Mexanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati o‘rtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlari asosida amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 4-ilovasi).
28. Namlik va iflosik aralashmasi bo‘yicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil bo‘lgan donning fizik og‘irligidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni qoplashda moliyaviy zaxiradan foydalanish donni saqlash va qayta ishlash joylarini tozalash bo‘yicha tasdiqlangan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunda, saqlash vaqtida donning haqiqiy og‘irligidagi tabiiy yo‘qotishlar normalari doirasidagi kamomad moliyaviy zaxiraning kamayishiga tegishli bo‘lmaydi, balki kelib chiqishi va mo‘ljallanganligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga tegishli bo‘ladi.
29. Ko‘p komponentli omixta yem komponentlari me’yoriy dozatorlari bilan ishlovchi omixta yem sexlari va korxonalari bo‘yicha bunday hisoblar tuzilmaydi va zaxiralar yaratilmaydi.
30. Agar, donning barcha partiyalari tugaganidan va u bo‘yicha namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil bo‘lgan kamomad qiymati hisobdan chiqarilganidan, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga moliyaviy zaxira mablag‘lari ishlatilganidan keyin 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamida yil yakunida foydalanilmay qolgan mablag‘lar qolsa, ular maxsus hisob-kitob bo‘yicha keyingi yilga o‘tayotgan don zaxiralarining kelgusida oqlanadigan kamomadlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy zaxira mablag‘lari chiqarib tashlangan holda 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim.
31. Tugagan don partiyalari bo‘yicha moliyaviy zaxiraning haqiqatda bo‘lgan qoldig‘i faqatgina ijobiy (kredit) qoldiqqa ega bo‘lishi lozim va salbiy (debet) qoldiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
III. Yakuniy qoidalar
32. Ushbu Nizom “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘i R. AKBAROV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga misollar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Milliy standartlar bilan quyidagi %da bazis tayyorlov konditsiyalarining normalari nazarda tutilgan:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
| | Yumshoq bug‘doy | Sholi doni | Arpa |
| 1. Namlik | 14,0 | 14,0 | 14,5 |
| 2. Ifloslik aralashmasi | 1,0 | 1,0 | 2,0 |
| 3. Natura (g/l) | 750 | - | 590 |
| 4. Don aralashmasi | 3,0 | 2,0 | 2,0 |
| 5. Sarg‘aygan donlar (sarg‘aygan endospermali don) | - | 0,3 | - |
| 6. Qizil donlar | - | 2,0 | - |
2. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past bo‘lgan har bir foizi uchun 1% miqdorida fizik og‘irlikka natura holidagi ustamalar qo‘yiladi hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori bo‘lgan har bir foizi uchun o‘sha miqdorlarda fizik og‘irlikka natura holidagi chegirmalar beriladi. Natura holidagi ustamalar va chegirmalar 0,1% gacha aniqlikda hisoblab chiqiladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarining yig‘indisi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
3. Bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lganda quyidagi miqdorlarda narxga pul ustamasi yoki pul chegirmasi hisoblanadi:
Ustamalar:
a) bazis normalaridan yuqori don naturasining har 10 g. uchun — 0,1%;
b) sholi donida bazis normalaridan past qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%;
g) sholi donida bazis normalaridan past sarg‘aygan donning har 0,1% uchun — 0,13%;
Chegirmalar:
a) bug‘doy bo‘yicha bazis normalaridan past don naturasining har 10 g. uchun — 0,1 %;
Oldingi tahrirga qarang.
b) bazis normalaridan yuqori sifatsiz va shikastlangan donning (milliy standartlar bo‘yicha don aralashmasiga kiruvchi) har bir foizi uchun — 0,1%;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sholi donida bazis normalaridan yuqori qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%; sholi donida 0,5% dan 2% gacha yuqori sarg‘aygan donning har 0,1% uchun — 0,13%; 2% dan 5% gacha — 0,30%. Milliy standart talablariga javob beruvchi 1, 2 va 3 sinf qattiq bug‘doy hamda pivo tayyorlanadigan arpa navlari bo‘yicha natura holidagi pul ustamalari va chegirmalari amalga oshirilmaydi.
(3-bandning to‘qizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Bazis normalari naturadan farq qilish ko‘rsatkichlari 5 g. dan kam bo‘lganida hisobga olinmaydi, 5 g. va undan ko‘p bo‘lganida butun 10 g. sifatida qabul qilinadi.
4. Don aralashmasi bo‘yicha pul chegirmasining miqdorini aniqlashda haqiqiy sifat ko‘rsatkichlari butun qilinadi: 0,5% dan kam ulush hisobga olinmaydi, 0,5% va undan ko‘p ulushlar 1% (bir foiz) deb hisobga olinadi.
5. 1-misol. Haqiqiy og‘irligi 150000 kg. bo‘lgan 3 sinf yumshoq bug‘doy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan. 1 tonna bazis konditsiyasi uchun preyskurant sotib olish bahosi 75100 so‘m, preyskurant erkin ulgurji-sotish bahosi 96800 so‘m. Yuk xo‘jalik transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berish uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda QQS deb yuritiladi) bilan birga 258041 so‘m hisoblangan. Xo‘jalikdan shartnomada ko‘zda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1750 so‘m ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 8-iyunda PK-10-sonli shakl bo‘yicha 278-sonli qabul qilish kvitansiyasi yoziladi.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| a) namlik (%) | 14,0 | 12,3 | + 1,7*1,0 = + 1,7 |
| b) ifloslik aralashmasi (%) | 1,0 | 3,4 | – 2,4*1,0 = – 2,4 |
| Jami | X | X | – 0,7% |
Natura holidagi chegirma 150000 * 0,7:100 = 1050 kg
Hisobga olingan og‘irlik 150000 – 1050 = 148950 kg
Preyskurant sotib olish narxi bo‘yicha hisobga olingan og‘irlikning qiymati 148950 * 75,1=11186145 so‘m
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| a) natura (g/l) | 750 | 782 | + 32 yoki 30 g * 0,01 = + 0,3 |
| b) don aralashmasi (%) | 3,0 | 4,2 | – 1,2 yoki 0 * 0,1 = – 0,1 |
| Jami | X | X | + 0,2% |
Pul ustamasining qiymati 11186145 * 0,2:100 = 22372 so‘m.
Tozalaganlik uchun to‘lov 1750 * 150 = 262500 so‘m.
Xo‘jalikning o‘z avtomototransporti bilan yetkazib berish QQS bilan birga 258041 so‘m, QQSsiz 215034 so‘m.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga to‘lanadigan summa 11186145 + 22372 + 258041 = 11 466 558 so‘m, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilardan tozalaganlik uchun olinadigan summa 262 500 so‘m.
Preyskurant erkin ulgurji-sotish narxiga qo‘yiladigan natura holidagi chegirma qiymati 1050 * 96,8 = 101640 so‘m.
Erkin ulgurji-sotish va sotib olish narxlari o‘rtasidagi farq
(96,80 – 75,10) * 148950 = 3232215 so‘m (ijobiy).
Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan donning hisobga olingan og‘irligi bo‘yicha aniqlanadigan qiymatiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6012 | 11 186 145 s. |
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha don mahsulotlariga korxonalariga yetkazib berilgan donning sifat ko‘rsatkichlaridan farqlari yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadigan donning haqiqiy og‘irligi natura holidagi chegirmalar summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 1710 | 101 640 s. |
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lganda hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6012 | 22 372 s. |
g) donni tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1511 | 6012 | 215 034 s. |
d) ko‘rsatilgan transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha QQS to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4410 | 6012 | 43 007 s. |
e) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan donni normativ ko‘rsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan to‘lov summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9390 | 218 750 s. |
j) donni quritganlik va tozalaganlik uchun to‘lovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 6410 | 43750 s. |
z) davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donni ulgurji-sotish va sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari o‘rtasidagi ijobiy farq bo‘yicha:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6591 | 3 232 215 s. |
haqiqiy og‘irligi 150000 kg 3 sinf yumshoq bug‘doyning ulgurji-sotish bahosi bo‘yicha 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 14520000 so‘mni tashkil etadi.
Tekshirish summasi: 11186145 + 101640 + 3232215 = 14520000 so‘m.
6. 2-misol. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan shartnomaviy sotib olish shartnomasi bo‘yicha 1 tonnasi 112050 so‘mdan 150000 kg sholi doni kelib tushdi. Yuk avtoxo‘jalikning jalb qilingan transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berganlik uchun QQS bilan birga 264000 so‘m hisoblangan.
Xo‘jalikdan shartnomada ko‘zda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1780 so‘m ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 9-iyunda PK-10-sonli shakl bo‘yicha 318-sonli qabul qilish kvitansiyasi yozilgan.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun sholi donining tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| A) namlik (%) | 14,0 | 13,0 | + 1,0 * 1,0 = + 1,0 |
| B) ifloslik aralashmasi (%) | 1,0 | 1,2 | – 0,2 * 1,0 = – 0,2 |
| Jami | X | X | + 0,8% |
Natura holidagi ustama 150000 * 0,8 : 100 = 1200 kg
Hisobga olingan og‘irlik 150000 + 1200 = 151200 kg
Shartnomaviy sotib olish narxi bo‘yicha hisobga olingan og‘irlik qiymati 151,2 * 112050 = 16941960 so‘m.
Natura holidagi ustama qiymati 112050 * 1,2 = 134460 so‘m.
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| A) don aralashmasi (%) | 2,0 | 3,0 | – 1,0 * 0,1 = – 0,10 |
| B) qizil donlar (%) | 2,0 | 1,5 | + 0,5 * 10 * 0,07 = + 0,35 |
| V) sarg‘aygan endospermali don (%) | 0,3 | 0,1 | + 0,2 * 10 * 0,13 = + 0,26 |
| Jami | X | X | + 0,51% |
Pul ustamasining qiymati 16941960 * 0,51 : 100 = 86404 so‘m.
Tozalaganlik uchun to‘lov 1780 * 150 = 267000 so‘m.
Avtoxo‘jalik transporti bilan sholi donini yetkazib berish QQSsiz 220000 so‘m, QQS 44000 so‘m.
Xo‘jalikka jami bo‘lib 16941960 + 86404 = 17 028 364 so‘m, shuningdek transport xarajatlari uchun (220000 + 44000) = 264000 so‘m, agarda ular shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga qoplansa, ya’ni jami to‘lov 17 292 364 so‘m. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan tozalaganlik uchun olinadigan to‘lov 267 000 so‘m.
Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan sholi donining hisobga olingan og‘irligi bo‘yicha aniqlanadigan qiymatiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6012 | 16 941 960 s. |
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha don mahsulotlari korxonalariga yetkazib berilgan sholi donining sifat ko‘rsatkichlaridan farqlari yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadigan donning haqiqiy og‘irligi natura holidagi ustamalar summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 1010 | 134 460 s. |
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar bo‘lganida hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6012 | 86 404 s. |
g) sholi donini tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1511 | 6012 | 220 000 s. |
d) ko‘rsatilgan transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha QQS to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4410 | 6012 | 44 000 s. |
e) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sholi donini normativ ko‘rsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan to‘lov summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9390 | 222 500 s. |
j) sholi donini quritganlik va tozalaganlik uchun to‘lovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 6410 | 44 500 s. |
Haqiqiy og‘irligining qiymati 112050 * 150 = 16807500 so‘m
yoki 16941960 – 134460 = 16807500 so‘m.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning og‘irligi uning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligini aniqlash va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) bo‘yicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga misollar
1. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda dastlabki ma’lumotlar sifatida, don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab jo‘natishni hisobga olish jurnallaridagi hamda miqdor-sifatni hisobga olish kitoblari (36-son shakl)da qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati hamda namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha o‘rtacha darajadagi sifat ko‘rsatkichlari xizmat qiladi. Moliyaviy zaxira summasini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob tuziladi.
2. Joriy oyda haqiqatda qayta ishlangan va sotilgan don miqdoriga moliyaviy zaxirani aniqlash bo‘yicha hisob-kitobga misollar:
| Ekin | Donning namligi (%) | Ifloslik aralashmasi (%) | Jami | ||||
| kirim bo‘yicha | xarajat bo‘yicha | farq | kirim bo‘yicha | xarajat bo‘yicha | farq | ||
| 2 sinf yumshoq bug‘doy | 15,6 | 14,5 | –1,1 | 1,6 | 1,1 | –0,5 | –1,6 |
| 3 sinf yumshoq bug‘doy | 15,8 | 14,5 | –1,3 | 1,8 | 1,2 | –0,6 | –1,9 |
| Iste’molga mo‘ljallangan qimmatroq arpa | 16,0 | 14,8 | –1,2 | 0,2 | 1,4 | –0,6 | –1,8 |
Donning og‘irligi uning miqdori o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:
A) X = 100 (a – b) : (100 – b), bunda:
X — og‘irlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
a — kirim bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %
b — sarf bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %
B) U = (v – g) * (100 – d) : (100 – g), bunda:
U — og‘irlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
v — kirim bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %
g — sarf bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %
d — “a” bandda keltirilgan formula bo‘yicha hisoblangan, namlik pasayishi oqibatida foizlardagi kamomadlar miqdori;
2-sinf yumshoq bug‘doy
X = 100 (15,6 – 14,5) : (100 – 14,5) = 110 : 85,5 = 1,29%
U= (1,6 – 1,1) * (100 – 1,29 ) : (100 – 1,1) = 0,5 * 98,71 : 98,9 = 49,36 : 98,9 = 0,5%
Jami 1,29 + 0,5 = 1,79%
3-sinf yumshoq bug‘doy
X = 100 (15,8 – 14,5) : (100 – 14,5) = 130 : 85,5 = 1,52%
U = (1,8 – 1,2) * (100 – 1,52) : (100 – 1,2) = 0.6 * 98,48 : 98,8 = 59,088 : 98,8 = 0,58%
Jami 1,52 + 0,58 = 2,1%
Arpa
|
X = |
_100 (16,0 – 14,8)_ |
= |
____120____ |
= 1,41% | |
|
100 – 14,8 |
85,2 |
|
|
U = |
_(2,0 – 1,4) * (100 – 1,41) |
= |
_0,6 * 98,59_ |
= |
_59,154_ |
= 0,6% |
|
100 – 1,4 |
98,6 |
98,6 |
Jami 1,41 + 0,6 = 2,01%
2 sinf yumshoq bug‘doy (2000 t * 1,79) : 100 = 35,8 t.
35,8 t * 112040 = 4011032 so‘m
3 sinf yumshoq bug‘doy (1500 * 2,1) : 100 = 31,5 t.
31,5 t * 96800 = 3049200 so‘m
Arpa (1000 * 2,01) : 100 = 20,1 t.
20,1 t * 94740 = 1904274 so‘m
3. Donni qayta ishlashga hisobdan chiqarishda, hisob-kitob misolga muvofiq qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan, donni saqlash va tashish jarayonida kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasiga buxgalteriya yozuvi tuziladi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 2010 | 1710 | 7 060 232 s. (shu jumladan 2 sinf yumshoq bug‘doy bo‘yicha 4011032 so‘m va 3 sinf yumshoq bug‘doy bo‘yicha 3049200 so‘m) |
Sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan kelgusida sanoatda qayta ishlash uchun donni yuklab jo‘natishda, yuqorida ko‘rsatilgan hisob-kitob misolga muvofiq, xaridorga dondagi yo‘qotishlar qiymatiga hisob-fakturalarda alohida qator bilan ajratiladigan natura holidagi ustama (qo‘shimcha to‘lov) taqdim qilinadi. Yuk jo‘natuvchining buxgalteriya hisobida ko‘rsatilgan operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) xaridorga yuklab jo‘natilayotgan donning haqiqiy hajmining sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va iflosligi aralashmasi bo‘yicha taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob raqamlar” hisob raqami;
kredit 9020 “Tovarlar sotishdan daromadlar” hisob raqami;
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisob raqami;
kredit 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqami.
Ushbu misolda 1904274 so‘mlik 20,1 tonna arpa yo‘qotilishi qiymatiga yuk jo‘natuvchi tomonidan quyidagi buxgalteriya yozuvi tuziladi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9020 | 1 904 274 s. |
| 9120 | 1710 | 1 904 274 s. |
Yuk qabul qiluvchi (donni qayta ishlovchi korxona) yetkazib beruvchining hisob-fakturasidagi pozitsiya asosida 1904274 so‘m miqdoridagi taqdim qilingan ustamalar summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvini tuzadi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6011 | 1 904 274 s. |
Don tizim ichidagi iste’molchilarga (eksportdan tashqari) yuklab jo‘natilgan holatda, donning sotish qiymati bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi kiritiladi.
debet 4011 “Don uchun xaridorlardan olinadigan hisob raqamlar — tizim ichida” hisob raqami;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisob raqami.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Donni mexanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish bo‘yicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish
TARTIBI
1. Donga elevatorlarda va mexanizatsiyalashgan omborxonalarda ishlov berish uchun operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun 34-son blank shakli qo‘llaniladi. Blank — tarkibida tozalash uchun farmoyish, dalolatnoma hamda ularning summasidan iborat.
2. Farmoyishda qaysi donga, nima maqsadda, qaysi konditsiyagacha, qanday usulda ishlov berilishi, shuningdek ishni tugatish muddati ko‘rsatiladi. Farmoyish 2 nusxada laboratoriya rahbari tomonidan yoziladi hamda korxona va laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi.
3. Ishlov berishga oid dalolatnomalar tozalash, quritish o‘tkazilganidan so‘ng uzog‘i bilan keyingi kunda tuziladi. Katta don partiyasiga ishlov berilgan hollarda, 34-son shakl bo‘yicha dalolatnoma har oyda kamida ikki marta tuziladi. Dalolatnomalarni moddiy javobgar shaxs, laboratoriya rahbari imzolaydi, bosh buxgalter tekshirib chiqadi va korxona rahbari tasdiqlaydi.
Odatda donning og‘irligini o‘lchash orqali, alohida hollarda esa miqdor-sifatni hisobga olish (36-son shakl) ma’lumotlari bo‘yicha aniqlashadi. Tozalashdan keyin albatta qo‘shimcha mahsulotlar, chiqitlar va agar saralab olinsa, tozalanayotgan donning mayda qismi tortib ko‘riladi. Odatda, tozalashdan keyin donning og‘irligi tozalashgacha bo‘lgan vaqtda donning og‘irligi va olingan qo‘shimcha mahsulotlar, chiqitlar, mayda qismlar og‘irligi o‘rtasidagi farqqa qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Olingan qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi:asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan milliy standart bo‘yicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan milliy standartlar bo‘yicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy o‘simliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Agarda laboratoriya qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarning namligini aniqlamasa, ular qaysi ekindan olingan bo‘lsa, o‘sha tozalangan ekinning shaxsiy hisob raqamidan hisobdan chiqariladi.
5. Tozalashga oid dalolatnoma asosida toifalari bo‘yicha qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlar miqdor-sifatni hisobga olish jurnalida (36-son shakl) donning og‘irligi hisobdan chiqariladi va saqlash joyi bo‘yicha kirim qilinadi.
6. Elevatorlarda (omborxonalarda) ishlov berish va keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida olinadigan yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2 % gacha don bo‘lgan) yig‘ilib qolganda, korxona rahbarining farmoyishi bilan yo‘q qilib tashlanadi.
Chiqitlarni yo‘q qilib tashlash ulardan yem sifatida foydalanishga yaroqsiz ekanligi, shuningdek yo‘q qilib tashlash usulini tasdiqlovchi, chiqitlarning sifati ko‘rsatilgan 23-son shakl bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Yo‘q qilib tashlash uchun korxona hududidan tashqariga chiqitlar olib chiqilganida, har bir avtomototransportga moddiy ruxsatnoma yozib beriladi. Chiqitlar tortib ko‘riladi va ularning og‘irligi 28-son shakl bo‘yicha og‘irlik jurnalida avtomototransport (va pritsep) raqami ko‘rsatilgan holda 23-son shaklda qayd qilinadi. Agar yaroqsiz chiqitlarni yoqilg‘i sifatida yoki boshqa ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun bepul chiqarilganda, ularni olib chiqish tovar-transport nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi.
7. Un ishlab chiqaruvchi korxonaning don tozalovchi bo‘linmasida yoki yorma tayyorlovchi bo‘linmada olingan chiqitlar mexanik yo‘qotishlar bilan birgalikda tozalash dalolatnomasida (117-son shakl) hisobga olinadi. Omixta yem korxonalarida yaroqsiz chiqitlar dalolatnoma asosida (121-son shakl), dalolatnoma-hisobot tuzilishi bilan ishlab chiqarish sexining boshlig‘i hisobidan chiqariladi.
8. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya bo‘yicha turli xildagi ekinlar doni partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar o‘tkaziladigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda chiqitlar har bir partiyadagi donning iflosligi va aralashmasi miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib ko‘riladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar bo‘yicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Mexanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati o‘rtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettiruvchi namunaviy buxgalteriya yozuvlari bo‘yicha misol
1. Donning tozalashgacha bo‘lgan og‘irligi 500000 kg, 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 48400000 so‘m. Tozalashdan keyin 480500 kg sifatli don kirim qilinadi, 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 46512400 so‘m. Qo‘shimcha mahsulotlar kirim qilinadi: 6300 kg narxi 43580 so‘mdan 274554 so‘mlik tarkibida 70% dan 85% gacha don bo‘lgan don aralashmasi; 6900 kg narxi 33250 so‘mdan 229425 so‘mlik tarkibida 50% dan 70% gacha don bo‘lgan don aralashmasi; 2650 kg narxi 20630 so‘mdan 54670 so‘mlik tarkibida 30% dan 50% gacha don bo‘lgan I-toifali don chiqitlari; 2450 kg narxi 9090 so‘mdan 22271 so‘mlik tarkibida 10% dan 30% gacha don bo‘lgan II-toifali don chiqitlari; 1200 kg yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2% gacha don bo‘lgan) baholanmaydi va kirim qilinmaydi.
2. Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
| Debet | Kredit | Summa | |
| 2312 | 1010 (2911) | 48400000 | Ishlov berishgacha (tozalashgacha) donning qiymati |
| 1010 (2911) | 2312 | 46512400 | Ishlov berishdan (tozalashdan) keyin sifatli donning qiymati |
| 1010 (2911) | 2312 | 274554 | Don aralashmasi (70% dan 85% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 229425 | Don aralashmasi (50% dan 70% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 54670 | I-toifali don chiqitlari (30% dan 50% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 22271 | II-toifali don chiqitlari (10%dan 30%gacha foydali don) |
| 1710 | 2312 | 1306680 | Ishlov berish (tozalash) da donning qiymatidagi yo‘qotish |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 22-son, 230-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)