Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 22 SENTYABRDAGI 365-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “AUDITORLIK TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA ULAR KOʻRSATAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 4 APRELDAGI PQ-615-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
99-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band chiqarib tashlansin.
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida nizomda (2-ilova):
a) 5-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash xoʻjalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanishiga olib keladi. Xoʻjalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash xoʻjalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlangan taqdirda xoʻjalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xoʻjalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xoʻjalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq boʻlgan yalpi jarima xoʻjalik subyektiga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilgan holda undirib olinadi”;
v) 7-banddagi jadvalning “Jarima miqdori” ustunidagi “100 baravari”, “300 baravari” va “500 baravari” soʻzlari tegishli ravishda “50 baravari”, “75 baravari” va “100 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida nizomda (3-ilova):
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra litsenziya auditorlik tekshiruvlarining quyidagi turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
faqat oʻz tashabbusiga koʻra auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga;
xoʻjalik subyektlarini oʻz tashabbusiga koʻra va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga, ustav kapitali 500 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno;
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga”;
b) 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning, ularning ushbu Nizomda belgilangan eng kam soniga muvofiq boʻlgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining toʻliq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi”;
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qoʻydirgan holda auditorlik tashkiloti rahbariga yoxud boshqa shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda belgilangan tartibda saqlanadi”;
g) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki yaroqsiz holga kelib qolgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
litsenziya olinayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega boʻlish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter sertifikatining boʻlishi;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning sir saqlanishini taʼminlash;
auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi organda attestatsiyadan oʻtishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqillikni taʼminlash;
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlari mavjudligi;
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organni xabardor qilish;
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yarim yilda bir marta belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi boʻyicha taqdim etish”;
e) quyidagi mazmundagi 26-1-band qoʻshilsin:
“26-1. Quyidagilar:
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega boʻlishi;
ustav kapitali 500 mln. soʻmdan koʻproqni tashkil etgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi;
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 ming baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi kerak”;
j) 27-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishini tekshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi”;
z) 34-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“auditorlik tekshiruvlarni oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilmaslik;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik masʼuliyati sugʻurta polisining yoʻqligi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organning tekshiruvlaridan boʻyin tovlash”;
i) 35-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda” soʻzlari “uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
______ “_______________________________ ni oʻtkazish boʻyicha auditorlik __________(auditorlik tekshiruvining turi) | ||
| faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza”; | ||
| | | |
l) 2-ilovada:
“(pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va auditorlik tashkilotining boshqa rekvizitlari)” soʻzlari “(auditorlik tashkilotining pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
|
____“Oʻzbekiston Respublikasi hududida” soʻzlaridan keyin “_________________________ ni oʻtkazish boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin. | ||
|
______(auditorlik tekshiruvining turi) |
| |
| | | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 199-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)