LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
faoliyat ko‘rsatayotgan auditorlik tashkilotlarini 2001-yil 1-oktabrgacha mazkur qaror talablariga muvofiq belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar va auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yangi namunadagi litsenziya bersinlar;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tmagan auditorlik tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar idoraviy me’yoriy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishini va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilmasligi;
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi.
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun o‘z yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1-mayigacha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom bo‘lgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
6. Jarima qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda undirib olinadi.
Jarima miqdori* | Bir yilda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan yalpi tushum miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari | bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha |
Bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari | bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan 15 ming baravarigacha |
Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari | bazaviy hisoblash miqdorining15 ming baravaridan ortiq |
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
har bir xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkazgan auditorlik tashkilotini ko‘rsatib o‘tgan holda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan jarima sanksiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini olib boradi.
Davlat soliq qo‘mitasi har yili 20-fevralgacha va 20-iyulgacha litsenziya beruvchi organga ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularga nisbatan o‘tgan yil va joriy yilning birinchi yarmi uchun qo‘llanilgan jarima sanksiyalari to‘g‘risida umumlashma axborot taqdim etadi. Bunda har bir majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha mazkur tekshiruvni olib borgan auditorlik tashkiloti ko‘rsatib o‘tiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralarini qo‘llamaganligi uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xo‘jalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish to‘g‘risida” 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizom II bo‘limining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.