Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 12-MARTDAGI PQ-601-SON HAMDA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 22-MARTDAGI PQ-607-SON QARORLARI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-may,
96-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovada:
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash sxemasidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti”ga koʻrsatma “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti”ga koʻrsatma bilan almashtirilsin;
v) qarorga 3-ilovadagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus davlat komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 53-modda) 3-ilovada:
“Ismatov S.X. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari “Asqarov M.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Jalilov T.M. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi (yurist)” soʻzlari “Qosimov S.K. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi (yurist)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Abrorov Z.Z. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Abrorov Z.Z. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Maxsus davlat komissiyasi kotibiyati aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda):
a) 1-ilovaning 14-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-noyabrdagi 515-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 121-modda) 2-ilovadagi “Qurbonov D. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Qosimov M.O. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Malayziya bilan investitsiya hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga ilovada:
“Rozuqulov U.U. — Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Akbarxoʻjayev R.Sh. — Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Qurbonov Sh.E. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Boqiyev F.X. – Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri”, “Barnoyev Oʻ.I. — Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” va “Jabborov A.J. — Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 6-ilovadagi “Ahmadjonov F.M. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari “Ahmadjonov F.M. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 18-ilovada:
birinchi xatboshi ikkita xatboshi tarzida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Sanaqulov Q. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Shaismatov E.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari”; |
oʻninchi xatboshi ikkita xatboshi tarzida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Mamadaliyev R.M. | — | Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
| Badalov S.S. | — | Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”; |
v) 19-ilovadagi “Sultonov Oʻ.T.” va “Ahmadjonov F.M. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Shaismatov E.R.” va “Ahmadjonov F.M. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 21-ilovadagi “Sultonov Oʻ.T.” va “Zokirov K.S. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Shaismatov E.R.” va “Turgʻunov D.A. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarorida:
1-bandning beshinchi xatboshi ikkita xatboshi tarzida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti”;
2-bandning uchinchi xatboshidagi “6” raqami chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif razryadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-oktabrdagi 482-son qaroriga ilovaning V boʻlimi 2-bandidagi “mudiri oʻrinbosari” soʻzlari “shoʻba mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61- modda) 1-ilovaning 1-bandidan ikkinchi — yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qaroriga 3-ilovada:
“Shaismatov E.R.” va “Mamadaliyev R.M. — Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari tegishli ravishda “Sanaqulov Q.” va “Badalov S.S. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 12, 24, 33, 34, 37-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 22-maydagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 33-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2007-y., 23-son, 238-modda; 2009-y., 26-son, 297-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 32-son, 433-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son; 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)